Mavzu: Sfen Epidot Kobaltin Bazalt Porfirit Alevrolit Reja


Download 45 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi45 Kb.
#1133918
Bog'liq
Sfen Epidot Kobaltin Bazalt Porfirit


Mavzu: Sfen Epidot Kobaltin Bazalt Porfirit Alevrolit
Reja:

  1. Sfen

  2. Epidot

  3. Kobaltin

  4. Bazalt

  5. Porfirit

  6. Alevrolit

Titanit (sfen) - titan rudasi bo'lgan ko'p nomga ega mineral. Titanit o'zining asosiy nomini 1795 yilda mineralog M. Klaprothdan kimyoviy xossalari tufayli oldi. Shuningdek, marvarid sfen deb ataladi, bu uning kristallarining xanjar shaklidagi konfiguratsiyasini tavsiflaydi va qadimgi yunoncha "xanjar" degan ma'noni anglatadi. Kundalik hayotda siz yashil va ligurit nomlarini kamroq topishingiz mumkin. Tarkibi bo'yicha mineral silikatlar sinfiga tegishli bo'lib, unda asosiy ulush titan va kaltsiy oksidi hisoblanadi. Uning sof shaklida u deyarli uchramaydi, temir, magniy, rux, marganets, niobiy, xrom yoki tsirkoniy aralashmalar sifatida ishlaydi. Sfen soyalarining rangi va to'yinganligi kompozitsiyadagi aralashmalarga bog'liq. Masalan, sariq, jigarrang va yashil ranglar temirdan, pushti marganetsdan, zumraddan xromdan, ko'k va binafsha ranglar nitriy va seriydan olinadi. Olmos yorqinligi va mukammal yorilishi bilan mo'rt mineral, u konkoidal notekis sinishi bilan ajralib turadi. Shaffof kristallar kamdan-kam uchraydi, ko'pincha - shaffof yoki biroz shaffof namunalar. Toshda titanitning hamroh bo'lgan minerallari granit, apatit, adulariya, dala shpati, sirkon va siyenitdir. Tosh qisman xlorid kislotada parchalanadi va sulfat kislota ta'sirida butunlay parchalanadi.
Epidot (frans.— oʻsmagan) — orolli silikatlar kenja sinfiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy tarkibi Sa2[A1,Gʻe,Mp]3[8YU4][81207]0(ON). Monoklin singoniyada kristallanadi. Prizmatik, ignasimon shaklda boʻlib, donador, nursimon agregatlar hosil qiladi. Rangi pushtisimonzangori, baʼzan malla va pushti. Kattiqligi 6—7; Mineral tarkibida temir va marganets salmogʻining oshishi bilan zichligi 3,3 dan 3,5 g/sm3gacha oshib boradi. Shishadek yaltiroq. E. Ohakli skarnlar uchun xos mineral hamda Sa ga boy past va oʻrtacha trali metamorfik jinslarda uchraydi. E.ning hosil boʻlishi genetik jihatdan plagioklazlarning albitlanishi bilan bogʻliq. Sinonimi: alloxit, beustit, delfinit, orendalit, tallit, esherit va boshqalar Yasama tosh sifatida ishlatiladi. E. konlari juda koʻp mamlakatlarda boʻlib, shundan Janubiy Uraldagi Kusinsk konida uning kristallari 15 sm gacha yetadi. Oʻzbekistonda E. koʻp tarqalgan: Turangli, Langar, Oqtosh, Qoʻytosh, Qoʻrgʻoshinkon, Chodak konlarida koʻplab uchraydi.
Kobaltin, kobalt yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga oid mineral, kimyoviy formulasi: CoAsS (Co — 35,4%, As - 45,3%, S - 19,3%). Ni, Fe aralashmalari ham mavjud. Kub sistemada kristallanadi. Rangi oq, pushti donador agregat va kristallardan iborat. Metallsimon yaltiroq. Qattikligi 5,5; zichligi 6,2 g/sm3. Moʻrt. Elektrni yaxshi oʻtkazadi. Gidrotermal, kontakt-metasomatik konlar temir rudali skarnlar va gidrotermal tomirlarda uchraydi. Oksidlanish zonasida eritringa aylanadi. K. kobalt olinadigan asosiy xom ashyo hisoblanadi. Oʻzbekistonda Chaqilkalon togʻlarida uchraydi, shuningdek, Oqtepa konida ham bor.
Bazalt (lot. basaltes, yun. basanos — sinov toshi) — magmatik togʻ jinsi. Rangi boʻz va qoramtir. S.ogʻ. 2,5 — 3. Tarkibi asosan plagioklaz (labrador)dan iborat; shuningdek piroksenlar, olivin hamda magnetit, titanit, apatit va hokazo ham boʻladi. Kimyoviy tarkibi uning chuqurlikdagi analogi boʻlgan gabbroga yaqin. Vulkan shishasi donador kristallar oraliqlarini toʻldirib turadi. Toʻla kristallangan B.lar dolerit deyiladi. B.ning okean tubida paydo boʻlgan, temir va magniyga boy turi okeanit, tektonik yoriqlardan quruklikka oqib chiqib qotib qolgan turi esa platobazalt deyiladi. B. okean tubi va quruqlikda juda katta maydonni egallagan. Hozirgi vulkanlardan ham bazaltli lavalar oqib chiqadi. Tarkibida qaysi mineral borligiga qarab analsimli B., leysitli B., nefelinli B., magnetitli B., gayuinli B., apatitli B. va h.k. deb ataladi. B. kislotaga chidamli kimyoviy asboblar, quvurlar, elektroizolyatorlar yasashda, toshdan quyma buyumlar ishlab chiqarishda hamda qurilishda qoplama bezak materiallari sifatida ishlatiladi. Yaxshi silliqlanishi tufayli juda qadimdan haykaltaroshlikda Misr, Assuriya, Rim, Vizantiya, Armaniston va boshqa joylarda qoʻllanilib kelingan. Kamchatka, Zabaykalye, Armaniston, Ukrainada va Oʻzbekistonning Qurama, Turkiston, Tomdi togʻlari (paleozoy qatlamlari)da bor (yana q. Magmatik tog jinslari).
Porfirit — tarkibida kvars boʻlmagan effuziv paleotip togʻ jin-si; andezitta oʻxshash. P.da 60—65% SiO2 boʻladi. Shishadan iborat asosiy massa orasida plagioklaz, andezin, baʼzan piroksenning yirik kristallari uch-raydi. Tarkibiga qarab bazaltli, plagioklazli, piroksenli va boshqa turlarga boʻlinadi. Burmali va platformali oblastlardagi turli geologik yoshdagi yotqiziqlar orasida keng tarkalgan.
Alevrolit (yun. aleuron – un va litos – tosh) – qattiq chaqiq jins. Aso-san oʻlchami 0,01–0,1 mm gacha boʻlgan donalardan tuzilgan (alevrit). Suglinokning sementlashgani.
Foydalanilgan adabiyotlar:

https://fayllar.org
https://uz.wikipedia.org 
https://aim.uz ›
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling