Mavzu. Shahar yo‘llari va ko‘chalari, shahar yo‘llari va ko‘chalari tasnifi, shaharlarni rejalashtirish sxemalari
Metropoliten va uning ahamiyati. Shaharlarda transport qatnovini tashkil qilishning asosiy xususiyatlari
Download 1.69 Mb.
|
number one 13-mavzu ]
3. Metropoliten va uning ahamiyati. Shaharlarda transport qatnovini tashkil qilishning asosiy xususiyatlari.
Harakat tezligini keskin oshirish maqsadida ayrim shahar yo`lovchi transportlari ko`cha yo`llaridan tashqarida ishlatiladi. Bularga metropoliten, yer osti tramvayi, vertolet, monorels transporti kiradi. Dunyoning 50 dan ortiq shahrida metropoliten mavjud. Hamdo`stlik mamlakatlari ichida metropoliten Moskva, Sank-peterburg, Kiev, Toshkent, Xarkov, Tbilisi, Boku va Yerevan shaharlarida ishlab turibdi. Metropoliten transporti yordamida xozir Toshkentda umumiy shahar yo`lovchilarining 12,6 % tashilayotir. Metropoliten inshootlarini qurish jo`da katta kapital mablag` talab etadi. Shuning uchun ham metropoliten axolisi 1 mln. dan ortiq shaharlarda va bir soatdagi yo`lovchilar oqimi 25-30 ming kishi bo`lgan yo`nalishlardagina quriladi. 13-rasm. A.Navoiy metro bekati. Metropoliten yo`llari asosan yer ostida quriladi. Ayrim joylarda metropoliten yo`llari yer ustida bo`ladigan bo`lsa, ular shahar qurilishlari va ko`cha harakatidan mutlaqo ajratib quyiladi. Metropoliten izlari oralig`i temir yo`llardagi kabi 1520 mm bo`lib, ular avtomatik blokirovka bilan jihozlanadi. Metropoliten harakatlanuvchi tarkib birligida 4 ta dan 8 ta gacha vagon bo`lib, u ertalabki va kechqurungi «dolzarb» vaqtlarda 90 sekundli interval bilan ishlashi mumkin. Moskva shahridagi metropoliten bir soat ichida 48 juft poezdni aniq va muntazam ravishda tez xarakat bilan o`tkazishi mumkin. Agar Frantsiya poytaxtidagi metro poezdi xarakat tezligi 26 km/soat bo`lsa, Moskvadagi metro poezdlari 60- yilda 48 km/soat tszlik bilan harakat qilgan. Toshkent metropoliteni bugungi kunda uchta «Chilonzor», «O`zbekiston» va «Yunusobod» yo`nalishlariga ega. 14-rasm. Toshkent shahar metropoliteni sxemasi. Shahar yo`lovchi transporti bir-biridan hajmiga, transport vositalarining qarashligi, o`lchamiga va yuk tashish turiga qarab quyidagilarga bo`linadi: Ommaviy (elektrlashtirilgan temir yo`l, metropoliten, monorels, tramvay, trolleybus, avtobus); shaxsiy (yengil avtomobillar, mototsikl, velosiped). Ommaviy shahar transportiga ehtiyoj yirik shaharlar maydoni ancha kengaygan davrda sezila boshlandi. Shahar transporti (ot-arava), ot kuchi bilan harakatlanuvchi transportdan hozirgi zamonaviy shahar transportlariga (metropoliten, tez yurar tramvay va boshqalar) bo`lgan rivojlanish davrini o`tadi. Yengil avtomobil bilan ommaviy shahar transporti o`rtasidagi raqobat shundan iboratki, yengil avtomobil qulayligi, tezligining yuqoriligi, eshikdan eshikka xizmat ko`rsatishidir. Shuningdek yo`lovchi tashish hajmining kichikligi bilan va foydali transport maydonining ko`pgina qismini egalash bilan birga samarali ishlayotgan ommaviy transportdan yo`lovchilarning bir qismini o`ziga og`diradi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling