Mavzu: shahar yo‘llari va ko‘chalari tarmog‘I. Reja


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana02.12.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1780372
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-ma\'ruza



MAVZU: SHAHAR YO‘LLARI VA KO‘CHALARI TARMOG‘I. 
Reja: 
1. Shahar yo’llari tarmog‘i, asosiy sxemalari.
2. Shahar yo’llari va ko’chalari tasnifi.
3. Shahar yo‘llari va ko‘chalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar 
  
Tayanch iboralar: Shahar yo’llari, ko‘chalar, tarmoq, shaharlarni 
rejalashtirish, radial, xalkasimon, aralash, transport, iqlim. harakatlanish jadalligi.
Shahar ko‘chalari tarmoqlarining rejasi ishlab chiqarish korxonalari, turar joy 
mavzelari, jamoat binolari, vokzallar, pristanlar, shuningdek, shahar tashqarisidagi 
yo‘llarning tutashishlarini joylashtirish bilan belgilanadi. 
Eski 
shaharlarning 
rejalashtirilishi 
ijtimoiy, 
topografik 
va 
iqlim 
sharoitlarining ta’sirida tarixan yuzaga kelgan (tarkib topgan). Yangi shaharlarni 
rejalashtirishda aholi uchun eng yaxshi qulayliklar yaratishdek asosiy tamoyildan 
kelib chiqiladi. Yangi shaharlarni rejalashtirish, mavjud shaharlarni rivojlantirish va 
qayta qurish kabi, sanoat, transport aloqalarini joylashtirishni, turar joy mavzelari 
uchun eng yaroqli uchastkalar tanlashni va yashil massivlar yaratishni har 
tomonlama o‘rganishga asoslanadi. 
Jahon shaharsozligi tajribasida transport infrastrukturasini rivojlanganlik 
darajasini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bu – shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i 
(KYT)ning zichligi (δ)dir. Bu ko‘rsatkich KYT uzunligining shahar maydoniga 
nisbati bilan tavsiflanadi. Shaharning umumiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘i zichligini 
quyidagi formula orqali aniqlash mumkin[3]:
𝛿
𝑢𝑚
=
𝐿
𝑢𝑚
𝑆
(1) 
bu yerda: δ
um 
– shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining umumiy zichligi, km/ km
2

L
um
 –ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining umumiy uzunligi, km; 
S – shaharning umumiy maydoni, km
2

Shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining umumiy uzunligi 66,7 km ni tashkil etadi. 
Shahardagi barcha ko‘chalarning umumiy maydoni – 258,54 ga. Urganch shahrining 
asosiy (jamoat transporti yuradigan) ko‘cha yo‘l tarmog‘i uzunnligi-65,6 km. 
Urganch shahridagi barcha ko‘chalarning uzunligini shahar umumiy 
maydoniga nisbatidan – shaharning umumiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘i zichligi (δ
um

kelib chiqadi, ya’ni: 
𝛿
𝑢𝑚
=
66,7
29
= 2,3 𝑘𝑚/𝑘𝑚
2
(2) 
bu yerda: 
δ
um
– Urganch shahrining umumiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘i zichligi; 


L – umumiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining uzunligi; 
S – Urganch shahrining umumiy maydoni. 
Huddi shunday, Urganch shahridagi asosiy (jamoat transporti qatnaydigan) 
ko‘chalarning uzunligini [2] shahar umumiy maydoniga nisbatidan – asosiy 
ko‘chalarga nisbatan shaharning asosiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘i zichligi
as
) kelib 
chiqadi: 
𝛿
𝑎𝑠
=
𝐿
𝑎𝑠
𝑆
=
65,6
29
= 2,3 км/ 𝑘𝑚
2
Amaldagi normalar bo‘yicha KYT zichligi ular orasidagi masofa 0,5-1,0 km 
bo‘lgani holda δ
as 
= 2.2-2.4 km/km
2
ni tashkil etadi [2]. Bundan ko‘rinadiki, Urganch 
shahrida hozircha δ
as 
qiymati normadan o‘rtacha hisobda 0,1 ko‘p. 
Shaharsozlikda KYT zichligining ko‘rsatkichi yana bir muhim faktorga 
bog‘liq bo‘lib, bu ko‘rsatkich KYTning nochiziqlilik koeffitsienti (K
n
)dir. Mazkur 
koeffitsientning kattaligi shahar KYTning sxemasiga bog‘liqdir. Jahon 
shaharsozligi tajribasidan ma’lumki, bu borada eng maqbul sxema – bu diagonalli 
to‘rtburchakli sxema bo‘lib (1-rasm), u AQShning bir qancha yangi va kichik 
shaharlarida amalda qo‘llanilgan. Mazkur sxema bo‘yicha K
n
=1.1-1.2. Xalqasimon 
sxemada bu ko‘rsatkich K
n
= 1.5 ni tashkil etadi. 
2.1-rasm. KYTning rejaviy sxemalari. 
a-erkin sxema; b-radial; v-radial-xalqasimon; g-uchburchakli; 
d-to‘g‘riburchakli; ye-to‘g‘riburchakli-diagonal. 
 


Urganch shahri KYTda esa kombinatsiyalashgan sxemani ko‘rishimiz 
mumkin, ya’ni markaziy hiyobon zonasi radial-xalqasimon bo‘lsa, shaharning 
nisbatan yangi zonalari to‘g‘riburchakli sxema asosida tashkil etilgan.
KYTning zichligining kattaligi shaharda transport vositalarining o‘tkazish 
qobiliyatini oshirsa, ikkinchi tomondan juda katta kapital mablag‘larni talab qiladi 
hamda shaharsozlikda qimmatli bo‘lgan yer maydonlaridan unumli foydalanish 
koeffitsientini kamaytirib yuboradi.
Bundan tashqari, shaharsozlik tajribasidan ma’lumki, shahar aholisi bilan 
KYT zichligi o‘rtasida ham bog‘liqlik mavjud. Ya’ni kichik shaharlarda, aholisi
100-250 ming kishi bo‘lgan shaharlarda KYT zichligi δ=1.6-2.2 km/km

atrofida 
bo‘lsa, aholisi 2 mln.dan ortiq shaharlarda bu ko‘rsatkich δ=2.4-3.2 km/km
2
ni 
tashkil etadi. Bundan kelib chiqadiki, shahar aholisiga nisbatan KYT zichligi 
shahardagi har bir aholi soniga nisbatan proporsional ravishda oshib boradi.
Yuqorida tahlil etilgan masalalardan quyidagilarni xulosa qilamiz: 
• Urganch shahri uchun KYT zichlik ko‘rsatkichi jahonning boshqa yirik 
shaharlariga nisbatan juda ko‘p bo‘lib, u o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham ancha ko‘p, 
ya’ni, [δ
o‘r
]
= 1.6-2.2 km/km
2
< 8.2 km/ km
2
(aholisi 100-250 ming kishi bo‘lgan 
shaharlar uchun); 
Ko‘pgina qadimiy shaharlar-qal’alar uchun radial-halqasimon rejalashtirish 
tizimi xosdir. Bunday rejalashtirishga eski Farg‘ona shahri misol bo‘la oladi. 
XVII...XVIII asrlarda asos solingan shaharlar, odatda, to‘g‘ri to‘rtburchakli 
rejalashtirishga ega. 
Radial-xalqaviy sxema harakatni tashkil qilishda ixcham va qulay 
sxemalardan biridir. Lekin, bu sxemada shaharning kengayishi bilan shahar 
markaziga bosim ortadi, natijada xavfsiz harakatlanishda yuzaga kelgan to‘siqlar 
qo‘shimcha yechimlar izlashni, ya’ni shaharning hayotiy funksiyasi bo‘lgan 
transport harakatni tartibli va havfsiz tashkil qilishni talab etadi.
Aralash rejalashtirish tizimida muntazam to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirish 
diagonal ko‘chalar-nurlar yotqizish bilan qo‘shib olib boriladi, ular to‘g‘ri 
to‘rtburchakli rejalashtirishdagi biroz birxilliklarni buzadi va chiroyli maydonchalar 
hamda ko‘chalar perspektivasini vujudga keltiradi. 
Yangi shaharlarni loyihalashda ko‘chalar tarmog‘i rejasi shahardagi 
harakatlanish oqimlarining ko‘zda tutilgan yo‘nalishlariga asoslanib belgilanadi. 
Ishlab chiqarish korxonalari, muassasalar, vokzallar, pristanlar va jamoat 
foydalanadigan joylarning joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, yuk 
oqimlarining yo‘nalishi va miqdori belgilanadi. Birinchi navbatda, eng qisqa 
yo‘nalish bo‘yicha asosiy magistrallar loyixalanadi. Qolgan ko‘chalar turar joy 
mavzelarini sanoat korxonalari, muassasalar, vokzallar va hokazolar bilan qulay 


transport aloqasi bilan bog‘lash shartiga ko‘ra asosiy magistrallarga yordamchi 
yo‘llar tarzida joylashtiriladi. 
Shahar ko‘chalari tasnifi ularning belgilari (alomatlari) ni nazarda tutishga 
asoslanadi: imoratlarning xarakteri, istiqboldagi harakat jadalligi va turlari, yer osti 
xo‘jaligining rivojlanish darajasi, ko‘chalarning ko‘cha tarmog‘i planidagi va shahar 
atrofi yo‘llarining kirib kelishiga nisbatan vaziyati. 2.1-jadvalda shahar ko‘chalarini 
loyihalash me’yorlarida qabul qilingan tasnifi keltirilgan (ShNK. 2.07.01-03).
2.1-jadval 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling