Mavzu: shahar yo‘llari va ko‘chalari tarmog‘I. Reja
Tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuk transporti harakati uchun yo‘llar.
- Turarjoy ko‘chalari.
Tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar.
Shaharning ikkita yoki undan ortiq turarjoy tumanlarini, sanoat zonalari guruhlarini yoki alohidagi korxonani bir nechta turarjoy tumanlari bilan yoki mahalliy dam olish zonalari bilan bog‘laydi. Tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar soatiga 300dan 1500 gacha avtomobillarni utkazish qobiliyati bilan xarakterlanadi. Tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar yana turarjoy tumanlarini shahar ahamiyatidgi magistrallar bilan yoki bevosita sanoat tumanlari bilan bog‘lash uchun loyihalanadi. Tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalarda qatnov qismining o‘qlariga nisbatan egrilik radiusi 250 m bo‘lib, eng katta bo‘ylama qiyalik 6% ni tashkil etadi. Tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalarda hisobiy tezlik 80 km/s ni tashkil etadi. Yuk transporti harakati uchun yo‘llar. Yuk transporti harakati uchun yo‘llar, sanoat va qurilish yuklarini tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, turarjoy zonalaridan tashqarida utkaziladi. Boshqa turdagi ko‘cha va yo‘llar bilan bitta sathda kesishib, asosan, sanoat zonalarida, kommunal-omborxona hududlaridan utkaziladi. Turarjoy zonalarida, yuk transporti harakati uchun yo‘llar turarjoyni kesib utmasdan, aksariyat hollarda aylanma yo‘llar bilan, temir yo‘llarga parallel holatda utkaziladi (2.3-rasm). 2.3-rasm. Maxsus shovqindan himoyalovchi ekran bilan ajratilgan yuk transporti uchun ajratilgan yo‘llar. Turarjoy ko‘chalari. Mikrorayon va turarjoy dahalarining shahar magistrallari bilan bog‘lashda transport va piyodalar uchun xizmat qiladi. Turarjoy ko‘chalarida harakat hajmi 100-200 avto/soatga teng. Odatda bunday ko‘chalarda jamoat transporti harakati yo‘lga quyilmaydi. Turarjoy ko‘chalarida qatnov qismining o‘qlariga nisbatan egrilik radiusi 125 m bo‘lib, eng katta bo‘ylama qiyalik 8% (tog‘li xududlarda 10%) ni tashkil etadi. Bunday ko‘chalarda hisobiy tezlik 60 km/s ni tashkil etadi. Turarjoy ko‘chalariga alohidagi yoki turarjoy binolari guruhiga olib boruvchi ichki yo‘laklar bevosita qushiladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling