Mavzu: Shamsul millat-turkiy adabiyot gultoji Kun shiori


Boburning yagona maqsadi yirik va mustahkam markazlashgan davlat tuzishdan iborat edi. Bu maqsad amalga osh di


Download 438.77 Kb.
bet16/22
Sana26.02.2023
Hajmi438.77 Kb.
#1231869
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Alisher Navoiy (dars ishlanma[1]

Boburning yagona maqsadi yirik va mustahkam markazlashgan davlat tuzishdan iborat edi. Bu maqsad amalga osh di.

Boburdan bizga uning devonlari, «Boburnoma»si, bir qator ilmiy, tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy-ta’limiy ruhdagi asarlaridan iborat meros qoldi. U Xoja Ubaydullohning «Risolayi volidiya»sini o‘zbekchalashtirdi, musulmon axloqiga oid «Mubayyin» nomli masnaviyni yaratdi, «Xatti Boburiy»ni ixtiro qildi.Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 1530-yil 26-dekabrda, 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi.
Keyinchalik, 1539-yil, vasiyatiga muvofiq, xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.Bobur O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Andijon shahrida Bobur nomida universitet, teatr, kutubxona, milliy bog‘ («Bog‘i Bobur») bor. Bobur milliy bog‘i majmu asida «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi, shoir-ning ramziy qabr-maqbarasi buny od etilgan. Shahar markazida va Bob ur bog‘idagi yodgorlik majmuyida shoirga
haykal o‘rnatildi. Andijondagi markaziy ko‘chalardan biriga, shun ingdek, Toshkentdagi istirohat bog‘i va ko‘chaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bog‘iga Bobur nomi berildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi.

1993-yil 23-dekabrda tashkil etilgan Xalqaro Bobur jamg‘armasi Bobur ijodini o‘rganishda katta ishlarni amalga oshird i. Jamg‘armaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari bo‘ylab ilmiy safarlar uyushtirib, Bobur va bo buriylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi
ma’lumotlar to‘plab, ularni ilmiy iste’molga kiritdi.
Bomiyonga yaqin yetganlarida biz ning ortda qolgan uruq chodirlarini ko‘radilar. Ularni biz deb xay ol qilib tezda, qaytadilar. O‘rdalariga borib, hech narsaga qaramay ko‘chadilar. Orqalariga qaramay o‘zlarini Yakka o‘lang yerlariga tortishadi.Shayboniyxon1 Balxni2 qamal qilgan edi. Balxda Sulton Qulichoq qo‘rg‘onbegi edi. Shayboniyxon ikki-uch sultonni uch-to‘rt ming kishi bilan Badaxshonga3 hujum qilish uchun yubordi. U payti Muborakshoh va Zubayr4 kelib yana Nosir mirzoga5 qo‘shilgan edilar. Burunroq qasos va keklari bor edi. Kishmning pastida Shohidonda Kishm daryosining sharqiy tarafda lashkar tortib o‘tirganlarida o‘zbaklar tong otmayoq tungi qirg‘inga yopirilib kelib, Kishm daryosini kechib o‘tib, Nosir mirzoning ustiga yurdi. Nosir mirzo darhol o‘zini qirga tortdi. Qirdagi odamlarini yig‘ishtirib, karnay chaldirib, olg‘a siljigancha o‘zbaklarni surib qochirdi. Kishm daryosi katta edi. O‘zbaklar shu suvdan kechib kelgandilar. Ularning ko‘pchiligi o‘q yedi, qilich ostida qoldi. Juda ko‘p kishisi qo‘lga tushdi. Suvda ham ko‘p kishi o‘ldi.Muborakshoh va Zubayr (Nosir) mirzodan yuqoriroqda – Kishm tarada edilar. Ularning ustiga yuborilgan o‘zbaklar ularni qirga qochirdi. Nosir mirzo yovni qochirayotganida bundan xabar topib, o‘sha odamlar ustiga yurdi. Yuqoridan Ko‘histon6 beklari (Mubor akshoh va Zubayr) ham otliq-yayovini yig‘ib jangga kirishlari bilan, o‘zbaklar turish bera olmadilar, qochdilar. Bu jamoatdan ham ko‘p kishi qo‘lga tushdi, ko‘p kishi o‘q yedi, qilichda chopildi va suvda oqdi. Chamasi ming-ming besh yuz o‘zbak o‘ldi. Nosir mirzoning bir yaxshi zafari mana shu edi. Bu xabarni Kohmard sayxonligida ekanligimizda Nosir mirzoning kishisi keltirdi.



Download 438.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling