Mavzu: sharq mevaxo‘ri grapholitha molesta Busck morfologiyasi va biologiyasi. Reja


Download 20.77 Kb.
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi20.77 Kb.
#1044625
1   2   3   4
Bog'liq
SHARQ MEVAXO‘RI Grapholitha molesta Busck morfologiyasi va biologiyasi.

Karantin tadbirlar. Sharq mevaxo‘ri aniqlangan hududlarda o‘simliklar karantini davlat xizmati tomonidan karantin e’lon qilinadi va zararkunandani boshqa hududlarga tarqalmasligi va uni yo‘qotish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi.

Xulosa
Sharq mevaxo‘rining lichinkalari pishiq ipak-pilla ichida daraxtlar tanasida, po‘stloqlar orasida tuproqdan 5-50 sm balandlikda qishlaydi ba’zan tuproqdagi o‘simlik qoldiqlari orasida ba’zi chirigan mevalar ichida ham qishlab chiqadi. Bahorda (shaftoli va o‘rik gullagan davrda) Sharq mevaxo‘rining lichinkasi g‘umbaklanadi. Havo xarorati o‘rtacha 15 0S bo‘lganda kapalaklar ucha boshlaydi. Bir necha kundan keyin urg‘ochi zot tuxum qo‘yishga kirishadi. Har bir zot bir nechtadan 100 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. 7-12 kundan keyin (bahorda) tuxumdan qurt chiqib, novdaning o‘sish nuqtasiga kemirib kiradi va o‘zagidan pastga qarab 6-11 sm li yo‘lak ochadi. Qattiq qismga kelgach kemirib tashqariga chiqadi va boshqa novdaga (yoki mevaga) kirishga harakat qiladi. Novdaning zararlangan qismi so‘lib quriydi, u «chekanka» qilingandek shoxlab ketadi. Sharq mevaxo‘rining qurtlari novdalardan tashqari olma qurti singari daraxt mevalarini ham shikastlashi mumkin. Bunda danakli mevalar ichida (9-14 kun) urug‘lik mevalar ichidan ko‘ra (16-24 kun) kamroq vaqt bo‘ladi. Oziqlanishni tugatgach tashqariga chiqib turli panaroq joy topadi va zich pilla yasab ichida g‘umbakka aylanadi. 8-17 kundan keyin yangi avlod kapalaklari paydo bo‘ladi. Sharq mevaxo‘rining bir avlodning rivojlanishi uchun turli iqlim-sharoitda 24 kundan 65 kungacha vaqt talab etiladi. O‘zbekiston sharoitida (Farg‘ona viloyati) Sharq mevaxo‘ri 3 tadan 5 tagacha avlod berishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar

  1. SHeraliev A.SH.,O‘lmasbaeva R.SH. Qishloq xo‘jalik ekinlari karantini, Talqin, Toshkent, 2007. (darslik)

  2. Raximov U.X.,SHeraliev A.,Jumaev R.A.,Xayitbaeva N O‘simliklar karantinida fitoekspertiza. Toshkent.Navruz 2020y.

  3. M.T.Arslanov, A.U.Sagdullaev, SH.K.Aliev., O‘simliklar karantini zararkunandalari tarqalishining oldini olish. Toshkent 2017 (o‘quv qo‘llanma).

  4. Pospelov.S.M., SHestiperova.Z.I., Doljenko.I.K – Osnovы karantina rasteniy. Moskva., Agropromizdat. 1985. (darslik)

  5. David L. Ebbels. Principles of Plant Health and Quarantine.CABI Publishing. 44 Brattle Street 4 th Floor Cambridge, MA 02138.USA.2003.


Download 20.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling