Mavzu: Shashmaqom Reja: Buxoro musiqa madaniyati Shashmaqomning shakllanishi


Download 96.52 Kb.
bet3/7
Sana23.04.2023
Hajmi96.52 Kb.
#1391101
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shashmaqom

Shashmaqomning mushkilot qismi

  • Cholg’u yo’lining tuzilishi

  • Iboralari haqida (tasnif, tarjie', gardun)

  • Xona va bo'zguy

  • Muxammaslar, usullar

Maqomlar to'la va yahlit etiladigan bo’lsa, dastlab ularning cholg’u (mushkilot) yo'llari birin - ketin ijro etilib, so'ngra ashula (nasr) bo'limi sho'bolariga o'tildi. SHashmaqom jadvaliga nazar solsak ma'lum bo'ldiki, maqomlarning cholg’u bo'limidagi bir hil nom bilan ataluvchi kuy yo'llari-tasnif, tarje', gardun, muhammas, saqillardan tashqari, har bir maqomning o'ziga mansub bo'lgan qismlari ham uchraydi.
Cholg’u bo’limidagi kuy yo'llarining har biri mustaqil cholg’u qismlari hisoblanadi va o'zlariga mansub bo'lgan maqomlar nomi bilan qo'shilib aytiladi.
Masalan: tasnifi Buzruk, tarjsi Buzruk, saqimi navo, samoi Dugoh, Garduni Segoh , Muhamasi Iroq va hk.
Yuqorida aytilib o'tilgan maqomlarda bir qil nom bilan aytilgan kuy yo'llarining lad asosi va kuy mavzulari boshqa - boshqa bo'lsada doira yo’li bir qil bo'lishi bilan tasniflanadi. SHashmaqom cholg’u yo'llarining hammasi uchun yana bir hos narsa shuki, ular asosan “Xona” va ”Bozgo’y” deb atalgan kuy bo'laklaridan tuzilgan. Ular bir yoki bir necha kuy jumlasidan tashkil topishi mumkin.
Xona - uy, xona ma'nosida , ya'ni kuyni tashkil etgan tavushlar ma'nosini bildiradi.
Bazgo’y - qaytarim, ya'ni kuyning qaytarma bo'lagi, xonaning har bir aylanishidan so'ng qaytariladi.
Tasnif - arabcha so'z bo'lib , yaratilgan asar kuy demakdir.
Tasnifi Buzruk - 8 xona va 8 bozgo’ydan iboratdir
Tasnifi Rost - 7 xona va 8 bozguy
Tasnifi Navo - 17 xona va 3 bozgo’y
Tasnifi Dugoh - 7 xona va 8 bozgo’y
Tasnifi Segoh - 4 xona va 4 bozgo’y
Tasnifi Iroq- 8 xona va 9 bozgo’y
Tarje' - arabcha so'z bo'lib, qaytarish, takrorlash ma'nosida keladi.
Gardun - osmon gardishi , aylanma taqdir ma'nosida keladi.
Shashmaqom eng ko'p uchraydigan cholg’u yo'llaridan biri Muhammasdir. Ular quyidagicha:

  • Buzruk maqomida - Muhammasi Buzruk , Muhammasi Nasrulloyi.

  • Rostda - Muhammasi Rost, Muhammasi Ushshoq, Muhammasi, Panjigoh.

  • Navoda - Muhammasi Husayniy, Muhammasi Navo, Muhammasi Bayot.

  • Dugohda – Muhammasi Dugoh, Muhammasi Chorgoh, Muhammasi Hojiho'ja, Muhammasi Chorsarxona.

  • Segohda - Muhammasi Segoh, Muhammasi Ajam, Muhammasi Mirzo Haqim, Muhammasi Basstanigor.

  • Iroqda - Muhammasi Iroq deb nomlanadi.

Muhammas - beshlik ma'nosida bo'lib, bu nom juda qadim zamonlardan mav'lumdir. Dastlab bu ibora doira usulining bir turi, she'riyatda esa besh misradan tuziladigan she'r shakli ifodalangan.
har bir maqomning cholg’u qismidagi nomlari bilan tanishamiz.

  1. Buzrukda - tasnif, tarje', gardun, Muhammasi Buzruk, Muhammasi Nasrulloyi, Sahimi ilm, Sahimi Sulton.

  2. Rostda - tasnif, gardun, Muhammasi Rost, Muhammasi Ushshoq, Muhammasi Panjigoh, Sahimi vazmin, Sahimi pan - pak.

  3. Navoda - tasnif, tarje', gardun, nahmai orazi navo , Muhammasi Navo, Muhammasi bayot, Muhammasi Husayni, Sahimi navo.

  4. Dugohda - Tasnif, Tarje', Gardun, Peshravi Dugoh, Samoiy Dugoh, Muhammasi Dugoh, Muhammasi Chorgoh , Muhammasi Hojiho'ja, Muhammasi Chorsana, Sahim ashula.

  5. Segohda - Tasnif, Tarje', Gardun, Hafifi Segoh, Muhammasi Segoh, Muhammasi Ajam , Muhammasi Mirzo Haqim , Sahimi Bastanigor. Iroqda - tasnif, tarje', Muhammasi Iroq, Saqil I, Saqil II, Sahimi kalon.


Download 96.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling