Mavzu: Shashmaqom Reja: Buxoro musiqa madaniyati Shashmaqomning shakllanishi
Download 96.52 Kb.
|
Shashmaqom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shashmaqomning nasr(ashula) yo’li
Cholg’u yo'lida
Maqomlar siklda ma'lum qismlarni tashkil qiluvchi Gardun, Muhammas, Hafif va Saqillar ayni vaqtda doira usullarining ham ifodasidir. Bu tasodifan qabul qilingan bo'lsa kerak, chunki Buxoro maqomlarida saqillardan so'ng ularning ashula qismi , ya'ni sarahborga o'tiladi. Ashula bo'limi ya'ni nasr bo'limi og’ir temp(harakat) bilan boshlanadi. Maqomlarning cholg’u yo'llari tinglab ko'rilsa ular mungli, ham muloyim, orombahsh va kishiga shijoat bahsh etuvchi kuylardan iboratdir. Maqomlarni ular asosida yaratilgan yuzlab cholg’u yo’llari bilan qushib olganda , ular halqimiz musiqa merosining juda katta qismini tashkil etadi. Shashmaqomning nasr(ashula) yo’li Shashmoqom tizimiga kirgan har bir maqomning cholg’u bo'limi ijro etilgandan so'ng uning ashula bo'limiga o'tiladi. Maqomlarning ashula bo'limida bir necha sho’bolar mavjud. Bu sho’bolarni ikki qismga ajratib alohida - alohida tarzda ko'rib chihamiz. Maqomlarning ashula bo'limidagi birinchi qismiga kirgan sho’bolar qismiga quyidagilar kiradi. Sarahbor, Nasr va Talqinlar o'zidan keyin ijro etiladigan, ya'ni har biridan keyin taronalarga egadir. Ashula bo'limining ikkinchi qismiga kirgan sho’bolar guruhiga - savt - mug’ulchalar va turli maqomlarning uziga hos bo’lgan ba'zi ashula yo’llari kiradi. Ikkinchi qismga kirgan sho’bolarning talqiniga tashqariga soqiynoma va Ufor nomlangan shahobchari bo’lib, Savt va Mug’ul kabilar o'zining shu shahoblari bilan birin - ketin yahlit ijro etiladi. Birinchi qismni tashkil etgan Sarahbor , Nasr talqin kabi sho’bolar va bu qismning Uforlari shashmaqom ashula bo’limining asosiy ashulayo’llaridan hisoblanadi. Savt, Mug’ulga kabi Sho’bolar esa shashmaqom shakllangandan so'ng yaratilgan. Shashmaqom ashula bo’limidagi sho’bolarning yuzaga kelishida XV asrlarda kuchaygan va hozirgi kunga ham davom etib kelayotgan bastakorlik san'ati ananalari hal etuvchi ahamiyat kasb etilgan orqali yuzaga keladi. Taronalar shakliga kelsak, o'tmishda ular to'rtlik ya'ni ruboiy she'rlarini va shu she'rlarga hos kichik shakldagi ashulalarning ifodalagan. SHashmaqomda taronalar yirik hamda kichik shakllarda uchraydi, hamda Sarahber, Talqin va nasr deyilgan sho’bolardan keyin ijro etiladi. Ohirgi tarona suporish vazifasini bajaradi. Suporish - topshirish , maqomlar va ularning sho’bolarni tugallaydigan hotima qismidir. Shunday qilib shashmaqom uzoq o'tmishga bastakordik ananalarining mahsuli sifvatida, maqomchilikdag uztoz - sorzanda va xonandalarning boy tajribasiga asosslangani holda yuzaga keladi. Shashmaqom ashula bo’limlari ko’pgina turli shakldagi ashulani o'z ichiga oladi lekin uning asosida yuzlab yaratilgan kuy va ashula yo’llari mavjud. Download 96.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling