Mavzu: Shashmaqom Reja: Buxoro musiqa madaniyati Shashmaqomning shakllanishi
Shashmaqom nasr (ashula) bo'limining birinchi guruh sho’balari
Download 96.52 Kb.
|
Shashmaqom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarona
Shashmaqom nasr (ashula) bo'limining birinchi guruh sho’balari.
Sarahbor Talqin Nasr, tarona Usullar (ritm) haqida Shashmaqomning cholg’u qismidagi kuylar birin - ketin ijro etilgandan so'ng uning ashula bo’limidagi sho’bolarga o'tiladi. Maqomlarning birinchi guruh Sho’bolarga - Sarahborlar, talqinlar, nasrlar va ularning taronalari hamda uforlar birin - ketin ijro etiladi. har bir maqom turkumlari Sarahborlar bilan boshlanadi. Sarahbor - Sar - toshiga bosh, ahbor - arabcha so'zidan olingan bo’lib, habar beruvchi ma'nosida keladi ya'ni Sarahbor - maqom ashula qismitning boshlanishi demakdir. Ularning doira usuli: Sarahborlar vazmin doira usulida ijro etiladi. Ularning taronalari oltitagacha bo’lib ohirgi tarona suparish vazifasini o'taydi. Ya'ni suparish Sarahbor taronalaridan talqinlariga, talqin taronalaridan nasrlarga va ulardan uforlarga utishda vosita bo’ladi. Suparishlarning yana bir vazifasi - maqom sho’bolarning yakunlovchi qismi bo’lib ham hizmat qiladi. Talqin - nasihatguy ma'nosida keladi, lirik she'rlar bilan ijro etiladi. Doira usuli: Talqin nomli sho’bolar Iroqmaqomidan tashqari birga maqomlarda uchraydi va talqinni uzzol, talqinni Ushshoq, talqin bayyod, talqin goroh va talqin Segoh deyiladi. Tarona - qisqa kuy, ashula. SHashmaqom ashula bo’limlarining birinchi guruhiga kirgan sho’bolarga ular aytiladigan kichik shakldagi ashula yo’llaridir. Nasr - sochma, ko'mak zafar ma'nosida keladi, ular shashmaqomda o'nto'rtdadir: Buzruk - Nasrulloyi, Nasri uzzol Rost - Nasri Ushshoq, Navroziy Saboq Navo - Nasriy bayot, Oraziy Navo, Husayniy Navo Dugoh - Nasriy garoh, Orazimy dugoh, Dugoh Husayniy Segoh - Nasriy Segoh, Navroziy Horo, Navroziy Ajam Iroq- Muxayyari Iroq deb nomlanadi. Ular 6/4 o'lchovidagi doira usulida ijro etiladi. Doira usuli: Ularning taronalari uch yoki to’rttadan oshmaydi. Shashmaqom ashula bo’limining qismiga uforlar esa talqin va nasrlar asosida ishlangan, ularning ma'lum ritmik variyaciyasidir. Ufor – lug’aviy ma'nosi nama'lum, maqomlarning sho'hroq ijro etiladigan mashhur qismlarining uforlar. Shashmaqom ashula bo’limining birinchi qismi tamomlanishida aytiladi. Uforlar olti maqomining har birida ijro etiladi. Uforlarning doira usuli: Shunday qilib, shashmaqom ashula bo’limining birinchi qismiga kirgan sho’bolar birin - ketin, uzluksiz ravishda ijro etilgan butun bir turkumni tashkil etadi. Bu sho’bolar ufor va suparishlar bilan tuziladi. Download 96.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling