Mavzu: Shashmaqom Reja: Buxoro musiqa madaniyati Shashmaqomning shakllanishi
Download 96.52 Kb.
|
Shashmaqom
1.Mushkilot – cholg’u yo'li
2.Nasr - ashula yo'li Maqomlarni notaga yozib olish kup asrlar oldin olimlarimiz tomonidan harakat qilingani haqida yo’qorida, ya'ni oldingi mavzularda aytilib o'tildi. Bizga ma'lumki maqomlar asosan an'anaviy holatda ya'ni og’izdan-og’izga , ustozdan shogirdiga o'tib keladi. Halq kuy qo’shiqlarini birinchilardan bo'lib Avgust, Eyghon, va Leysiklar notaga tushira boshladi. Eyhgorn Toshkentda harbiy dirijyor lavozimi davomida (1870-1883) halq qo’shiqlari hamda Turkiston musiqa madaniyati tarihi haqida materiallar yig’a boshladi. 1885-yili o'zbek halq cholg’u asboblarining tuzilishi sozlanishi haqidagi maqolalari e'lon qilindi. Shunday qilib XIX asrning ohiridan boshlab halq kuy va qo’shiqlarini notaga yozib olinishi boshlandi . 1918-yilda Toshkent halq kosevatoriyasi ochildi, unda V.Uspeniskiy dars bera boshladi va shu bilan birgalikda ko'p halq qo’shiqlarini hamda maqomlarini notaga tushira boshladi. Uspenskiy maqomlarni yozib olmasdan oldin Romanovskaya bilan birgalikda ko'p halq qo’shiqlarini notaga tushirdi. Mashhur o'zbek sozanda va xonanadasi SH.Shoumarov bilan yaqinligi ko’p natijalar berdi . A.Fitrat 1923-yili Uspeniskiyni Buxoroga taklif etib Buxoro shashmaqomni notaga yozib olishni iltimos qiladi. Shu davrda mashhur sozanda va xonandalar Ota Jalol, Ota G’iyos va boshqalar o'z faoliyatlarini davom etardilar. Aynan 1923-yillari Uspeniskiy shu ustozlardan shashmaqomni yozib notaga tushiradi. Bu maqomlar sikli 1924-yili A.Fitratning tahriri ostida Maskvada nashrdan chiqqan. N.N.Mironov rahbarligida 1928-yil Samarqandda “musiqa va horeografiya instituti” ning tashkil etilishi falklorshunoslik ishlarining tashkiliy markaziga aylandi. Institut o'zining Samarqand ishlagan davri davomida (1928-1932) nusha kuchiruvchi valiklarda 500 dan ortiq halq ijodi asarlarini yozib oldi, hamda qancha kitoblarni nashirga tayyorladi. Institut milliy san'atini o’rganish bilan birga mahalliy yoshlarda musiqa nazariyasi, sal'fedjano, dirijyorlik qilish, hamda ijod bilan shug’ullanishni o'rgatardi. Bu dargohda M.Ashrafiy, T.Sodiqov, M.Leviev, M.Burhonov, SH.Ramazonov, D.Zokirov va boshqalar ta'lim olganlar. O'zbek halq kuyi va qo’shiqi hamda maqomlarining notaga tushirishga katta hissa qo'shgan YU.Rajabiyning ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo'ldi. (bu haqda keyingi mavzularda tanishamiz) Download 96.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling