Mavzu: Shaxs tarbiyasi Reja


Download 26.6 Kb.
bet1/7
Sana14.12.2022
Hajmi26.6 Kb.
#1004249
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4. Shaxs tarbiyasi


        1. Mavzu: Shaxs tarbiyasi



Reja

  1. Shaxs xaqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik.

  2. Shaxsningtuzilishi. Frustratsiya va shaxsning kelajak rejalari. Konformizm. Dunyoqarash va e’tiqod.

  3. Shaxs taraqqiyotini xarakatga keltiruvchi kuchlar. Shaxsni eksperimental tadqiqqilish metodlari.

  4. Shaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari.



1.Shaxs haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik.
Mustaqillikka erishgan O`zbekistonda kelajagi buyuk davlat qurayotgan ekanmiz, uning faol quruvchisi bo`lgan shaxsning psixologiyasi masalalarini o`rganish va ishlab chiqish goyat katta ahamiyatga egadir. Bu masalani o`rganish yangi kishini kamol toptirish nazariyasi va praktikasi ilmiy jihatdan ishlab chiqishda muxim o`rin tutadi.
SHaxs ijtimoiy munosabatlar sistemasining, ijtimoiy xayotning ko`p qirrali, murakkab zvenosidir. U bir tomondan ijtimoiy – tarixiy taraqqiyotning maxsuli bo`lsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy taraqqiyotni ta’min etuvchidir.
Biz psixologiyani o`rganar ekanmiz, individ, shaxs, individuallik tushunchalarini bir-biridan farq qilishmiz kerak. Odamning inson jinsiga mansubligi inivid tushunchasi bilan ifodalanadi.Biz kata yoщdagi normal odamni ham, chaqalokni ham, tilni va oddiy malakalarni o`zlashtira olmaydigan telalarni ham individ deb atay olamiz. Biroq, bulardan faqat birinchisigina shaxs, ijtimoiy mavjudot xisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchi odamgina shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsga aylanadi.
SHaxs jamiyat a’zosidir. U ommaning sinfning ajralmas qismidir. U omma bilan xarakatlanib tarixni yaratadi. SHaxs ijtimoiy boyliklar yaratuvchidir.
SHaxsning shaxs bo`lishligi uchun u faollikka ham ega bo`lishi kerak. CHunki faoliyatdagi faollik shaxsning muxim belgisidir. Faollik hamisha yaxshi yashashga yo`naltirilgan bo`ladi. Kishi yaxshi yashashi uchun, jamiyatni rivojlantirish uchun ataylab faollik ko`rsatadi. Bu shaxsning onglilik belgisidir.
SHaxsning xarakterli belgilaridan biri individuallikdir. Individuallik xar bir shaxsning o`zigagina xos bo`lgan, takrorlanmaydigan shaxsdir. Individuallik kishining xarakteri, temperamenti, psixik kechinmalarining o`ziga xos xususiyatlari, xissiyoti va faoliyatining motivlarida ko`rinadi. Ana shunga ko`ra kishilar bir-birlaridan farq qiladilar. Dunyoda qancha odam bo`lsa, shuncha individuallik mavjuddir. Xech kim bir-birini o`rnini bosa olmaydi. «O`nta bo`lsa, o`rni boshqa» maqoli individuallikka ham nisbatan aytilgandir.

Download 26.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling