Idrok va uning xususiyatlari. Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo'lib hisoblanganligi sababli, barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko'nikmalar bir davrning o'zida namoyon bo'ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Narsalar yoki hodisalarning sezgi a 'zolariga bevosita ta 'sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishi idrok deb ataladi. Sezgilardan farqli o'laroq, idrokda narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks etadi. Idrokning muhim xususiyatlari quyidagilar: Idrok va uning xususiyatlari. Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo'lib hisoblanganligi sababli, barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko'nikmalar bir davrning o'zida namoyon bo'ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Narsalar yoki hodisalarning sezgi a 'zolariga bevosita ta 'sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishi idrok deb ataladi. Sezgilardan farqli o'laroq, idrokda narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks etadi. Idrokning muhim xususiyatlari quyidagilar: - predmetlilik;
- yaxlitlilik;
- strukturalilik;
- barqarorlik;
- anglanilganlik.
Idrokning predmetliligi obyektivlashtirish hodisasi deb ataladigan hodisa bo'lib, tashqi dunyodan olinadigan axborotning o'sha dunyoga mansubligmi ifoda etadi. Idrokning yaxlitligi deyilganda, sezgi a'zolariga ta'sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o'laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. Tafakkur atrof muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog'lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va oldindan bashorat qilishga yo'naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Tafakkur operatsiyalari quyidagilardan iborat:
Analiz va sintez
Tasniflash
Aniqlashtirish
Taqqoslash
Tizimlashtirish
Abstraksiya
Umumlashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |