Mavzu: Shaxsiy moliya va shaxsiy moliyaviy rejalashtirish. Reja


Download 11.08 Kb.
bet1/4
Sana23.11.2023
Hajmi11.08 Kb.
#1795689
  1   2   3   4
Bog'liq
2-МАВЗУ МОЛИЯВИЙ САВОДХОНЛИК

Mavzu: Shaxsiy moliya va shaxsiy moliyaviy rejalashtirish.

REJA:

kapital NIMA?

Investitsiyalashtirish yo‘li bilan daromad olish uchun foydalaniladigan mol-mulk, boylik yoki mablag‘ kapital (kapital) deyiladi

Insoniy kapital. Nima u?

Har bir shaxs va mamlakat barcha aholisining intellekti, salomatligi, tabiiy iste’dodi va qo‘lga kiritgan qobiliyatlari-

ning majmui insoniy kapital deyiladi. Muvaffaqiyatga

erishish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan musiqaviy eshitish qobiliyati, chiroyli tovush, kuchli bilim, baland bo‘yi-bast, tabiatan oslashuvchanlik, o‘tkir ko‘z, chiroyli qosh (kiprik, soch, lab, xol va b.) rivojlangan muskullar va ko‘plab boshqa individual (alohida) sifatlarning barchasi insoniy kapital hisoblanadi.

O‘z insoniy kapitalidan qanday foydalanish mumkin? Uni qanday qilib qo‘llasa bo‘ladi?

    • Agar biz vaqtimiz, energiyamiz, aqliy qobiliyatimiz va h.k.larimizni o‘z ma’lumotimiz uchun investitsiyalaydigan bo‘lsak, u holda, shubhasizki, bizning insoniy kapitalimiz oshadi (ko‘payadi).

Kapitalni ko‘paytirib bormoq lozim.
    • Olingan bilim va ko‘nikmalarni boshqa inson yoki kompaniyalarga sotish (realizatsiya qilish), buning evaziga esa pulga ega bo‘lishning iloji bor. Buning natijasida insoniy kapital (bilim, ko‘nikma va h.k.)ning moliyaviy kapital (pul)ga konvertatsiyalanishi yoki almashinuvi sodir bo‘ladi.

Kapitalni konvertatsiya qilish (almashtirish) mumkin.
    • Har qanday kapitalning nihoyasi bo‘ladi. Xalqimizda “Yotib yeganga – tog‘ ham chidamas”,-deb bekorga aytilmagan. Bu insoniy kapital (vaqt, sog‘lik, bilim, qobiliyat, salohiyat va h.k.), moliyaviy kapital (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va h.k.), jismoniy kapital (xonadon, hovli, kompyuter, avtomashina, telefon va h.k.) va sotsial kapital (do‘stlar, tanishlar, suhbatdoshlar va h.k.)ga ham bir xilda tegishlidir.


Download 11.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling