Mavzu: Shaxsiy moliya va shaxsiy moliyaviy rejalashtirish. Reja

Qarorni qanday qabul qilmoq lozim?

Download 11.08 Kb.
bet3/4
Sana23.11.2023
Hajmi11.08 Kb.
#1795689
1   2   3   4
Bog'liq
2-МАВЗУ МОЛИЯВИЙ САВОДХОНЛИК

Qarorni qanday qabul qilmoq lozim?

Mutaxassislar, odatda, qaror qabul qilishning quyidagi uch asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatishadi:

•maqsadni aniqlash;

•muqobil variantlarni qidirib topish;

•eng yaxshi variantni tanlash.

Maqsad qanday aniqlanadi?

Moliyaviy maqsad aniq, real (haqqoniy) va bajarilishi muddati oldindan aniq belgilangan bo‘lmog‘i lozim. Masalan, 6 oydan so‘ng bahosi 5,0 mln. so‘m5 bo‘lgan bazaviy modelli smartfonga ega bo‘lishni xoxlayman. Bunda maqsad to‘g‘ri qo‘yilmoqda. U – aniq: smartfonga ega bo‘lishni xoxlayman. U – haqqoniy: menga smartfonning aynan bazaviy modeli kerak (zo‘r, ajoyib va yanada qimmatroq bo‘lgan smartfonlar juda ko‘p; lekin men ularni o‘zimga ep ko‘rolmayman). Uning bajarilish muddati ma’lum – 6 oy.

Qisqa muddatli maqsadlar. Eng oddiy maqsadlar shu guruhga kiradi. Ularning muddati – bir yilgacha. Odatda, ular joriy to‘lovlar va uncha qimmat bo‘lmagan mavsumiy xaridlardan iborat bo‘ladi. Bu oralikdagi davrda o‘z daromadlarini bashorat va qilinishilozim bo‘lgan xarajatlarini hisob-kitob qilish unchalik katta mehnat va aql talab etmaydi. Albatta, bunda ham nimadir o‘zgarishi mumkin. Lekin u unchalik sezilarli yoki ta’sirchan darajada bo‘lmaydi.

O‘rta muddatli maqsadlar. Bir yildan uch yilgacha bo‘lgan muddatlarni o‘z ichiga qamrab oluvchi o‘rta muddatli maqsadlarga erishish ancha murakkabdir. Bunday muddat oralig‘ida Siz yangi ixtisoslik olishingiz, ishingizni o‘zgartirishingiz, boshqa shaharga ketib qolishingiz, oilalik bo‘lishingiz, salomatingizni yo‘qotishingiz, mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolishingiz va h.k.lar bo‘lishi mumkin. Jamg‘arilmalaringiz esa muvaffaqiyatli investitsiyalashtirishingiz evaziga bir necha barobarga ortishi yoki... yuqori inflyatsiya natijasida shunchaga qadrsizlanishi mumkin.

Download 11.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling