Mavzu: Shaxsiy moliya va shaxsiy moliyaviy rejalashtirish. Reja
Download 11.08 Kb.
|
2-МАВЗУ МОЛИЯВИЙ САВОДХОНЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarorlar. Ularning qanday tur (ko‘rinish)lari bo‘lishi mumkin
- •Ongli ravishda (o‘ylab) qabul qilinadigan qarorlar.
Kapitalni asrash kerak.
QAROR(LAR) QABUL QILIShSotsiologlarning hisob-kitoblariga ko‘ra zamonaviy odam har kuni 10 000 ga yaqin qaror qabul qiladi. Ular inson hayotining hamma jabhalariga tegishli.Inson o‘zi uchun eng kerakli va eng asosiy bo‘lgan qarorlarni 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan oraliqda qabul qilishi umume’tirof etilgan. Muhimligi shundaki, bu qarorlarning barchasi u yoki bu darajada, baribir, pul bilan bog‘liq. Buning ustiga, pulning o‘zi ham, va yanada aniqrog‘i, bizning moliyaviy kapitalimiz ham puxta o‘ylab qaror qabul qilishning doimiy ob’ektidir.Qaerdadir muvaffaqiyatli biznesni ko‘rdingizmi, biling: kimdir o‘z vaqtida dadil va to‘g‘ri qaror qabul qilgan. Qarorlar. Ularning qanday tur (ko‘rinish)lari bo‘lishi mumkin?Biz qabul qiladigan barcha qarorlarni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin:•Lahza (soniya, daqiqa yoki zudlik)da qabul qilinadigan qarorlar;•Ongsiz ravishda (o‘ylamasdan) qabul qilinadigan qarorlar;•Ongli ravishda (o‘ylab) qabul qilinadigan qarorlar.Strategik menejment maktabi asoschilaridan biri bo‘lgan professor Genri Minsberg ularni mana bunday atagan edi: · “oldin bajaraman”; · “oldin ko‘raman”;· “oldin o‘ylayman”.1. Oldin bajaraman. Lahza (soniya, daqiqa...)da qabul qilinadigan qarorlar. Bunday qarorlarni ikkilanmasdan, o‘ylamasdan, birdaniga qabul qilmoq lozim. Yapon samuraylarini shunday o‘qitishgan. Hozirgi “maxsus mo‘ljallangan bo‘lim xizmatchilari” (“spesnaz”chilar)ni ham shunday Oldin ko‘raman. Bu intuitsiya, his etish va hatto sezish orqali ongsiz qaror qabulqilishdir. Buni, qachonlardirxuddi D.I. Mendeleevga o‘xshab, uyquda ham qabul qilish mumkin. Har qanday holatda ham bunday qarorlar tajribaga suyanib yoki oldin uzoq o‘ylaganlik asosida qabul qilinadi. Oldin o‘ylayman. Ongli qaror doimo ma’lumotlarni yig‘ish va ularni mantiqan tahlil qilishning natijasidir. U butunlay boshqacha vaqt va kuchning sarflanishini taqozo etadi. Biroq, faqat ana shunday qarorgina u yoki bu darajada bashorat qilinishi mumkin bo‘lgan natijalarni berishi mumkin. Download 11.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling