Mavzu: Shaxsiy tarkib, qurol yaroq va harbiy texnikalarni temir yo‘l transportiga ortish, tushirish jarayonida havo hujumidan mudofaa qilish va qo‘riqlashni tashkillashtirish Qo‘qon 2022
Joyda joylashgan qo‘shinlarni himoya qilishda Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarinin harakati
Download 0.65 Mb.
|
1 2
Bog'liqreferat TBB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’llanilgan adabiyotlar
Joyda joylashgan qo‘shinlarni himoya qilishda Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarinin harakati
Qo‘shilmalar (bo’linmalar) joyda joylashgan paytda zenit bo‘linmalari ularni jamlanish hududida, dastlabki hududlarda, kutish, dam olish hududlari va boshqa hududlarda himoya qilinadi. Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining pozitsiyalari himoya etilayotgan bo‘linmalarining joylashgan hududida yoki ularni bo‘sag‘asida, ularning joylashgan hududdan bo‘lajak xaraktlar hududiga siljish marshurtlarini hisobga olgan holda, dushman aviatsiyasi zarba berish extimoli ko‘proq bo‘lgan yo‘nalishlarda tanlanadi. Pozitsiyalarning himoya etilayotgan bo‘linmalardan uzoqligi quyidagicha bo‘lishi mumkin: zenit raketa bo‘linmalari uchun – 1.5 - 3 km; zenit artilleriya bo‘linmalari uchun – 0.5 - 2 km. Rasm 3. Motoo’qchi brigadasi HHM bo’linmalarining joylashuv joyida jangovar saflanishi Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa vositalarining bir qismi pistirmalardan harakatlanishi va ko‘chib yuruvchi tarzida bo‘lishi mumkun. Joylashuv hududida Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari start (otish) pozitsiyalarini dushmanning samolyot, vertolyot va boshqa havo nishonlarini o‘qqa tutish imkonini beradigan joylarda egallaydi, u yerlarda jangovar navbatchilik tashkillashtiriladi. Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining elektruzatish simlari ostida, gaz va neft o‘tkazish quvurlari yaqinida joylashishiga ruxsat etilmaydi. Batareyaning belgilangan xududga chiqqunga qadar uning rekognossirovkasi o‘tkaziladi. Yuqori komandir tomonidan jo‘natiladigan rekognossirovka guruhi tarkibiga odatda, batareyadan bir ofitser va har bir guruhdan bittadan serjant kiritiladi. Ular, himoya etiladigan bo‘linmalrning, start (otish) pozitsiyalarining, qo‘mondonlik (boshqaruv punktlarining) joylashish yerlarini aniqlab oladi, borish yo‘llarini ko‘zdan kechirib va belgilab chiqadi, o‘z bo‘linmalirini kutib olib tayinlangan yerga olib boradi. Bo‘linmalarning raqamlari va ularning komandirlari familiyalari ko‘rsatilgan yozuvlar yozish yoki ko‘rsatkichlar o‘rnatish taqiqlanadi. Batareya dushmandan ozod etilgan yerda joylashganda, komandir xududning obdon ko‘zdan kechirib chiqilishini tashkillashtiradi. Aniqlangan minali maydonlar, minalashtrilgan obyektlar va joyning zaxarlangan hududlariga belgilar o‘rnatilib qo‘riqlanadi. Sanitariya-epidemologik jihatdan ko‘ngildagidek bo‘lmagan punkt va joylarni belgilab qo‘yish uchun tegishli belgilar o‘rnatiladi. Ajratilgan hududda joylashish uchun kutib turish maqsadida bo‘linmalar kolonnalarni yo‘llarda to‘xtatib turishga yo‘l qo‘yilmaydi. Joyda (belgilangan hududda) joylashgan qo‘shinlarni himoya etish uchun vazifa qo‘yishda zenit batereyasi komandiri jangovar buyrug‘ida quyidagilarni ko‘rsatadi: havodagi dushman zarba berish ehtimoli ko‘proq bo‘lgan yo‘nalishlarni; himoya etiladigan bo ‘linmalar joylashgan hududlar (joylar)ni; start (o‘t ochish) pozitsyalari, ularni egallash va muxandislik jixatidan jixozlash tartibini; jangovar shaylik vaqti va darajasini; o‘zini - o’zi qo’riqlash bo‘yicha vazifalar va tarkibni; boshqaruv va xamkorlik signallarini; komandirlik punkti joylashish eri va o‘rinbosarini. Guruh (seksiya, hisob) komandiri vazifa qo‘yishda joylashih eri, start (otish) pozitsyalari hududi, o‘t ochishga tayyorgarlik ko ‘rish tartibi, muxandislik jixatidan jixozlash bo‘yicha ishlar ko‘lami va vaqti, hisobining o‘zini - o‘zi qo‘riqlash va himoyalanish tartibini ko‘rsatib o‘tadi. Vazifa qo‘yilgach va har tomonlama ta’minlash tashkillashtrilganidan so‘ng Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi komandiri joylashish hududi, start (otish) pozitsyalarini muxandislik jixatidan jixozlash, qurol yarog‘ va texnikalarga texnik xizmat ko’rsatilishi, bo‘linmalarda sarflangan o‘q - dori va boshqa moddiy vositalar o‘rnining to‘ldirilishi va yuqori darajadagi jangovar shaylikni ushlab turilishi ustidan nazoratni olib boradi. Batareyada o‘zini - o‘zi qo‘riqlash va himoyalanish tashkilashtriladi, boshqaruv punktlari o‘rtasida simli aloqa o‘rnatiladi, dushman tomonidan ommaviy qirg‘in quroli, nishonga yuqori aniqlik bilan teguvchi qurol qo‘llanishi bevosita mumkinligi va qo‘llanishi boshlanganligi, havo va yerdagi dushman haqida xabardor etish, radioaktiv, kimyoviy va biologik zaxarlanish, yondiruvchi qurol qo’llanishi haqida ogohlantirish bo’yicha tadbirlar o’tkaziladi, hamda shaxsiy tarkib va texnika harakatlari cheklab qo‘yiladi, niqoblanish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi. Pozitsyalar hududida bo‘linma hududini aylanib yurgan holda xizmat olib boradigan patrullar tomonidan bevosita himoyalanish, hamda havoni kuzatish postlaridagi kuzatuvchilarning doimiy navbatchiligi tashkillashtriladi. Undan tashqari, shaxsiy tarkib, qurol - yarog‘ va texnikani ximoyalash uchun sutkalik naryad tayinlanadi. Mashina yaqinida usti ochiq va yopilgan xandaklar, vaqt yetarli bo‘lsa, dala istehkomlari va pana joylar jixozlanadi. Qurol yarog‘ va texnika, raketa va o‘q dorilar, yoqilg‘i va boshqa moddiy vositalar uchun okoplar va yashirish uchun joylar jixozlanadi. Bo‘linmalar joylashgan joy, qurol-yarog‘ va texnika, mashinalar izi qunt bilan niqoblanadi. Axoli yashovchi punklarda bo‘linmalar chekkalarga yaqin joylashadi. Pana joy sifatida binolar yer to‘lalari, maxalliy istehkomlar va yerni o‘yib qurilgan inshootlardan foydalaniladi. Radio va issiqlik tarqatuvchi obyeklar maxsus qoplamalar (ekranlar) bilan niqoblanib ular yaqinida soxta obyektlar (issiqlik tarqatuvchi jixozlar) jixozlanadi. Joylashish hududi va uning bo‘sag‘alarida bo‘linmalarning manyovr qilishi va uni tashlab chiqib ketish uchun yo‘llar tayyorlab qo‘yiladi. Joylashish hududida Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari havodagi dushman zarbalarini qaytarish uchun belgilangan darajadagi shaylikda bo ‘lishi kerak. Joylashish hududini almashtirishni Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari yuqori komandirning (boshliqning) ko‘rsatmasiga ko‘ra amalga oshirishi kerak. Kutilmagan holatda dushman tomonidan ommaviy qirg‘in quroli, nishonga yuqori aniqlik bilan teguvchi, yondiruvchi qurol yoki uzoq masofadan turib minalashtirish sistemasi qo‘llanilgan holda va bu haqida yuqori komandirga (XXM boshlig‘iga) bildiruv berish imkoni bo‘lmasa, joylashish hududini almashtirishni bo‘linma komandiri qarori bilan amalga oshirilishi mumkun. Uzoq masofadan turib minalashtirilgan to‘siqlar hududini Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmalariing chiqishi himoya etilayotgan bo‘linmalar tomonidan ochilgan yo‘lakchadan amalga oshiriladi. Tog‘da joylashgan paytda Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining start (otish) pozitsiyalari havodagi dushman zarba berish ehtimoli ko‘proq bo‘lgan yo‘nalishlarda tanlanadi. Bo‘linmalarni tosh yoki qor ko‘chiklari, suv toshqinlari va sel oqimlari bo‘lishi mumkun bo‘lgan yerlarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Joyning past balandliklari, tunellar, kovlayotgan konlar va g‘orlardan shaxsiy tarkib, qo‘rol - yarog‘ va texnikalar uchun panalar sifatida foydalaniladi. Cho‘l hududlarida Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining start (otish) pozitsiyalari ularning jangovar imkoniyatlaridan imkon qadar foydalanishga imkon beriladigan yerlarda tanlanib, kunt bilan niqoblaniladi. Zenit bo‘linmalari odatda oazislarda, barxanlar, qum tepaliklar, butazorlar orasida va tabiiy to‘siq vazifasini o‘taydigan boshqa yerlarda, iloji boricha, quduqlar, ariqlar va boshqa manbalari yaqinida joylashadi. Asosiy e’tibor niqoblanish, suv manbalarining dozimetrik va kimyoviy nazorati va ko‘chib yuruvchi kuslarni razvedka qilish, yuqumli kasalliklarni oldini olish, suv va yoqilg‘idan tejamli foydalanish hamda, suv bilan ta’minlanish punktlarini qo‘riqlashga qaratiladi. Qo‘riqlovchi bo‘linma sifatida harakat qilayotgan umumqo‘shin bo‘linmalarni havodagi dushman hujumidan himoya uchun Quruqlikdagi Qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarning (guruh, seksiya, hisob) bir qismi qo‘riqlovchi otryadlar (zastavalar) tarkibiga kiritilishi mumkun. Qo’llanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2019 yil 14 mart kunidagi 217 – sonli buyrug’i; 2. Qo’shinlarni temir yo’l va havo transporti vositasida tashish bo’yicha qo’llanma – Toshkent 2013; 3. O’zbekiston Respublikasi Quruqlikdagi Qo‘shinlarni Jangovar nizomi, II qism. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling