Mavzu. Shaxsni o’zgartiruvchi asosiy manbalar reja: Kirish I bob. Insonning faolligi shaxs sifatida shakllanishining asosiy omili


Download 184 Kb.
bet12/13
Sana09.05.2023
Hajmi184 Kb.
#1449366
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
SHAXSNI O’ZGARTIRUVCHI ASOSIY MANBALAR (2)UUUUU

Tarbiya mazmuni. Aqliy tarbiya – ta’lim oluvchilarni fan asoslariga oid bilimlar tizimi bilan qurollantiradi. Aqliy tarbiya barkamol inson tarbiyalashning yetakchi tarkibiy qismi bo’lib, o’quvchilarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirib olishlari, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik xislatlarini tarbiyalash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobliyatlarini o’stirishni maqsad qilib qo’yadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o’zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko’maklashadi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi:
- ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o’zlashtirish;
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish
- aqliy kuch, qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish;
- bilishga bo’lgan qiziqishlarni rivojlantirish;
- bilishga bo’lgan faollikni kuchaytirish;
o’z bilimlarni muntazam ravishda to’ldirib borish, umumiy o’rta ta’lim va maxsus kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga bo’lgan ehtiyojni rivojlantirish.
Muhammad alayhissalom o’z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo’li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo’lsa ham o’rganinglar. ... Ilm egallang. Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh baxtsiz daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir» deydi.
SHuningdek, hadisi SHarifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» deydilar.
Axloqiy tarbiya. Axloq - ijtimoiy ong shakllarida bo’lib, insonlarning o’zi, do’st-birodarlari, jamoa a’zolari va tabiatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi xulq-odob qonun-qoidalarining majmuidir. Ana shu xulq-odob qonun-qoidalarini o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko’rsatilayotgan ta’sir axloqiy tarbiya deb nomlanadi.
Alisher Navoiy o’zining «Farhod va SHirin» dostonidan Farhodning aqlu-idrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli bo’lganligini tasvirlaydi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq ko’ngillik, millatidan qat’iy nazar odamlarga xayrihohlik bilan munosabatda bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi – kishilar o’rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, o’z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom O’zbekiston aholisiga xos fazilatlardir».
Qur’oni Karim va Hadisi SHariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlar mazmunida o’z ifodasiga ega bo’lgan. SHarq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad YAssaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Sa’diy SHeroziy Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o’z ifodasini topgan.
Shaxsning faoliyati ijtimoiy muhit va moddiy omillar ta'sirida shakllanadi. Faollik bo'lmagan joyda shaxs rivojlanmaydi va uning imkoniyatlari ro'yobga chiqmaydi. Shaxsning faolligi aniq maqsadga yo'naltirilgan pedagogik jarayonda tarkib topadi. Shaxs faolligining rivojlanish tendensiyalari mehnat, o'qish, o'yin, muloqot jarayonida amalga oshadi.
Har bir inson jamiyat a'zolari bilan o'zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Jamiyatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlar, ularning mazmuni, g'oya va yo'nalishlari shaxsning shakllanishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. SHaxsning faoliyati,
ijtimoiy borliqqa munosabati, hayotiy yondashuvlari, faolligi, o'z navbatida, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. SHunga ko'ra shaxs ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi va mahsuli hisoblanadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida hech qachon ijtimoiy munosabatlardan ajralgan holda yashay olmaydi.
Ma'lumki, «faollik» tushunchasi ba'zi hollar, xususan shaxs va uning faoliyatini tadqiq etuvchi fan sohalarida faoliyat tushunchasi bilan qorishtirib yuboriladi. Masalan, «Psixologiya»ga oid lug'atda mazkur tushuncha «tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak atrofdagi muhit bilan o'zaro ta'sirida namoyon bo'ladi. Psixik faollik bu o'zaro ta'sir, shu asosda faoliyat ko'rsatish bilan xarakterlanadi» - deyiladi.
Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug'atida «Ijtimoiy faollik - ijtimoiy sub'ektlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokining, mehnat hamda madaniy-ma'rifiy faoliyatining kuchayishi, qonunda belgilab qo'yilgan huquq va burchlarini to'liq amalga oshirishga intilishi», - deya ta'riflangan.
«Politologiya»dan ensiklopedik lug'atda shaxs faolligi siyosiy faollik tarzida talqin etiladi. Ushbu lug'atda faollik shunday izohlanadi: «SHaxs faolligi ob'ektiv voqelikka bo'lgan munosabatda aniq namoyon bo'ladi. Bu munosabat har bir shaxsning jamiyatda o'z mavqeiga ega bo'lishi, o'zining xilma-xil ehtiyojlarini qondirish yo'lidagi ijtimoiy munosabatlarda qanchalik erkin ishtirok etsa, bu uning siyosiy faolligining o'sishiga shunchalik ta'sir ko'rsatadi», - deyilgan.
Faollik - «O'zbek tilining izohli lug'ati»da [90, 326] mehnatda yoki biror harakatda, jarayonda jadallik, jonbozlik ko'rsatish, ishchanlik, ta'sirchanlik deb ta'riflanadi. Bizning tadqiqotimiz nuqtai nazaridan mazkur izoh mohiyatan e'tiborlidir.
Faol (lot. «activus» so'zidan olingan bo'lib), biror ishga g'ayrat bilan kirishadigan, astoydil ishlaydigan, ishchan, aktiv deb izohlanadi.

Jahon ta'limi tizimida shaxs ijtimoiy faolligi masalalari bo'yicha tatqiqotlar Germaniyadagi Frontiers in Psychology (FIP)da, ta'lim jarayonida shaxs faolligini oshirish interfaol o'qitish tizimidan (interactive e-learn) foydalanish bo'yicha tadqiqotlar BMTning International Institute for Sustainabie Devolopment (IISD) va Buyuk Britaniyadagi Carl Wieman Science education Initiative (CWSEI) kabi dunyoning etakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tatqiqot markazlarida olib borilmoqda.


YUrtimizda mazkur sohadagi yig'ilgan tajribalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, demokratik jamiyatda o'quvchilar ijtimoiy faolligi o'z-o'zidan yuzaga kelmaydi, balki muntazam tarzda maqsadli ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida shakllantiriladi. O'quvchi-yoshlarga nazariy-amaliy bilimlarni berish, ularda ijtimoiy faollik ko'nikma va malakalarini hosil qilish pedagogika nazariyasi va amaliyoti uchun ham o'ziga xos ahamiyatga ega ekanligi bilan dolzarblik kasb etadi.
Avstriyalik psixolog va faylasuf V.Frankl individuallikning ahamiyati, inson shaxsining qadr-qimmati va mazmuni hamma vaqt u yashayotgan jamiyatga bog'liqligini ta'kidlaydi. Amerikalik sotsiolog T.Parkinsonning fikricha, chinakam
shaxsiy qadr-qimmat insonning o'rab turuvchi muhit bilan munosabatida, ya'ni uning faolligida ifodalanadi.
Psixologlar R.Plomin va X.Xermanslarning (1997) ta'kidlashicha, aslida shaxsning to'laqonli, barkamol shakllanishiga uchta asosiy omil ta'sir etadi:
1. Shaxsda mavjud bo'lgan biologik imkoniyatlar - bunda odamlarning o'zaro munosabatlari jarayonlariga temperament tipining ta'siri nazarda tutiladi.
2. Shaxsning sub'ektiv, ya'ni psixologik imkoniyatlari - bunda mazkur imkoniyatlar shaxslararo munosabatlar jarayonining strategiyasini tuzadi, o'zaro munosabatga kirishishni shaxsan o'zi tanlaydi hamda ijtimoiy turmushda ularni to'ldiradi va takomillashtiradi.
3. Bevosita shaxslararo munosabatlar jarayonining o'zi bo'lib, ular ijtimoiy madaniy muhitda amalga oshiriladi. Ijtimoiy madaniy muhit shaxslararo munosabatlar uchun bosh mexanizm sifatida shaxsning shakllanishini ta'minlaydi. Ammo har uchchala omil ham o'zaro uzviy bog'liqlikda bir-biriga ta'sir etadi. Bu uzviyliksiz shaxsning barkamol taraqqiyoti yuzaga kelmaydi.
Bob yuzasidan xulosa
Shaxs psixologiyasidagi ta'lim nazariyasi turli xil ta'lim yondashuvlari inson rivojlanishiga qanday ta'sir qilishini va uning individual xususiyatlariga hissa qo'shishini o'rganadi. U shaxslarning turli xil ta'lim uslublariga ega ekanligini va o'qituvchilar o'z ta'lim uslublarini shunga mos ravishda moslashtirishlari kerakligini tan oladi. Shaxs psixologiyasidagi ta'lim nazariyalari samarali o'rganishda ijobiy mustahkamlash, o'z-o'zini samaradorlik va motivatsiyaning muhimligini ta'kidlaydi. Bundan tashqari, nazariya shaxs rivojlanishini shakllantirishda ijtimoiy-madaniy omillarning rolini e’tirof etadi va ta’limni uzluksiz va umrboqiy jarayon sifatida qaraydi. Umuman olganda, shaxsiyat psixologiyasidagi ta’lim nazariyasini tushunish o‘qituvchilarga o‘z ta’limini individual o‘quvchilarning o‘ziga xos ehtiyojlarini qondirish va ijobiy ta’lim natijalarini ta’minlashga moslashtirishga yordam beradi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish joizki har qanday kasbiy faoliyat insonga muayyan talablar qo‘yadi hamda uning shaxsi va butun turmush tarzida o‘ziga xos iz qoldiradi. Ichki ishlar xodimlarii shaxsini faoliyat samaradorligini belgilab beruvchi har qanday shaxsiy hislatlarga ega bo‘lishi lozimligini aniqlash uchun ushbu faoliyatning o‘zini psixologik jihatdan tahlil qilish, uning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, tarkibiy tuzilishini ochib berish zarur. Ichki ishlar xodimlari shaxsining psixologik tuzilishini aniqlashda kasbiy faoliyatning odob-axloq qonuniyatlarini aniqlash uni nafaqat o‘rganishga, balki takomillashtirishga ham qaratilgan tashkiliy tadbirlar tizimini ishlab chiqishga imkon beradi
1. Ichki ishlar xodimlarining shaxsining psixologik tuzilishini o‘rganishda kasbiy jihatdan muhim бўлган odob-axloq hislatlariga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu faoliyat xodimlarda hissiy-irodaviy barqarorlikni, stress holatlarini vujudga keltiruvchi omillar ta’siriga qarshi psixologik immunitet shakllantirishni talab etadi.
2. Ichki ishlar xodimlari faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri xodimlarni psixologik jihatdan tayyorlash bo‘lib uning
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– xodimlarning ichki ishlar idoralari uchun mavjud bo‘lgan stress omillar va ularning ta’siriga psixologik chidamliligini oshirish;
– ichki ishlar xodimlarda psixologik ҳislatlarni rivojlantirish, har qanday vazifani operativ xizmat faoliyatining turli murakkab va xavfli sharoitlarida ham muvaffaqiyatli bajarishlariga yordam beruvchi uquv va ko‘nikmalarning o‘ziga xos jihatlarini shakllantirish.
3. Тo‘plangan ma’lumotni analizi shuni ko‘rsatadiki, har qanday nizoli vaziyatdan qochishning eng oson yo‘li bu shaxsga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishdir. Shu bilan bir qatorda, asosiy urg‘uni qonun tomonidan belgilab berilgan huquq va burchga qaratish lozim bo‘lади.
5. Нatija shuni ko‘rsatadiki, ҳар ички ишлар ходими шахсини тузилишига хос муаммоли вазиятни бартараф этишга ҳаракат қилади Lekin uning uddasidan chiqish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Buning uchun esa, nizoli vaziyatlardan chekinish yoki qochish usullariga psixologik yondashishni ilmiy jihatdan etnopsixologoik yondashuv orqali tadqiqotlarni amalda ko‘proq ilmiy izlanishlar olib borish kerak bo‘ladi.
Ichki ishlar xodimlarining xulqi og‘ishiga eng salbiy holatlarga olib keluvchi - bu stress holatidir. Stress holatida turli xil nizoli vaziyatlar yuzaga kelaди, psixologlar oldida turgan dolzarb muammolardan biri stressni bartaraf etish va bu holatdan shaxsni muvaffaqiyatli chiqib ketishini ta’minlash, ayniqsa, yuridik sohada mazkur muammo o‘z yechimini kutmoqda. Kelgusi ishlarimizda mazkur muammoga batafsilroq to‘xtalishga, har tomonlama uni mexanizmlarini ishlab chiqishga harakat qilamiz
Ichki ishlar xodimlari shaxsini tuzilishi va uning huquqiy psixologiyada o‘rni va ahamiyati muhim ahamiyatga ega bo‘lib uning psixologik jihatlariga jihatlariga e’tibor qaratishda quyidagi psixologik tavsiyalarni berish mumkin:



Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling