Mavzu: Shaxsning hissiy-irodaviy sohasi hissiyot haqida umumiy tushuncha iroda haqida umumiy tushuncha


Emotsional buzilishlar. Emotsiyani amaliy jihatdan tadbiq etish


Download 74.28 Kb.
bet6/15
Sana17.06.2023
Hajmi74.28 Kb.
#1537008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
hissiy-irodaviy soha

Emotsional buzilishlar. Emotsiyani amaliy jihatdan tadbiq etish


Hissiyot patologiyasi ruhiyatning har xil buzilishlari orasida, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda psixologlar XXI asrni depressiya asri deb bong urishmoqda. Xo‘sh, depressiya o‘zi nima? Depressiya — bu hozirgi kunga va kelajakka ishonch- sizlik bilan qarash, doimo past kayfiyatda bo‘lish, horg‘inlik, biror faoliyatga intilmaslik va fikrlashning sustlashuvidir. Albatta, fikrlashning sustlashuvi og'ir depressiv holatlar uchun xosdir. Ko‘rib turganingizdek, depressiya inson uchun xos bo'lgan barcha ijobiy faoliyatni yo'qqa chiqaradi yoki susaytirib yuboradi. Bunda bemorlar atrofdagilarga befarq bo‘lib qoladilar, kamgap, ma’yus, ko‘pincha ko‘zyoshi qiladilar. Ularning ongi ma’yus, g‘amgin kechinmalarga to‘lib ketadi. Hozirgi, o'tgan zamon va kelajak ularga qayg‘uli bo‘lib tuyuladi. Ular olamga go‘yo qora ko‘zoynak taqqan holda qaraydilar. Og‘ir kechuvchi kasalliklarda bemorlar uzoq vaqt davom etadigan tushkunlikka tushib, ovqat yeyishdan bosh tortishadi, o‘z joniga(ayniqsa, o‘smirlar orasida) suiqasd qilishga urinadilar. Ba’zan o‘z joniga qasd qilish uchun arzimagan sabab turtki bo‘ladi. Masalan, ota-onasi uning xohlagan kiyim-kechagini sotib olib bermasa yoki diskotekaga ruxsat bermasa, sevgan kishisi bilan uchrashgani qo‘ymasa va hokazo. Umuman olganda, o‘smirni qattiq nazoratga olish og'ir oqibat- larga olib kelishi mumkin. Ota-ona, ayniqsa, 14—17yoshdagi farzandlari bilan ehtiyotkorlik bilan muloqotda bo‘lishi, nazoratni tergovga aylantirib yubormasliklari kerak. Rossiyada o'smirlar orasida bo‘lib o‘tgan bir-ikkita o‘z joniga qasd qilishlarning sababini keltirib o‘tamiz. Barcha yoshlarning sevimli estrada qo‘shiqchilari Viktor Soy, Igor Sorin hayotdan ko‘z yumganlaridan keyin Rossiya yoshlari orasida o‘z joniga qasd qilish juda ko‘p kuzatilgan. Ular, ayniqsa, 15—17 yoshli o‘smirlar edi. Igor Sorin o‘zi yashaydigan uyning 6- qavatidan sakrab o‘ladi. Biroz vaqt o‘tgach, 15 yoshga hali to‘lmagan qiz dugonasi bilan birga 9-qavatning tomiga chiqib, ikkalasi ham yerga sakrashadi va jon berishadi. Ularning yon daftarlarida shunday misralar bitilgan edi. «Igor! Bizga sensiz hayotning ne keragi bor. Biz ham sening ortingdan, sening bag'ringga, yulduzlarga ravona bo‘lamiz! Bizni kechiringlar». Nima uchun o‘z joniga qasd qilishadi? Buning psixologik mexanizmlari nimalardan iborat? Olz joniga qasd qilishni 3 turga bo‘lish mumkin: haqiqiy, yashirin va tantanavor. Haqiqiy suiqasd hech qachon to‘satdan bo‘lmaydi. Unga doimo past kayfiyat, depressiya hamroh bo‘ladi. Bunday shaxslar tez-tez hayotning mantig‘iga murojaat qilib turishadi. O'smirlar suiqasdning bu turiga javobsiz sevgidan, yorining bevafoligidan murojaat qilishsa, qariyalar farzandlaridan keskin xafa bo'lgan paytlarida o‘limning ushbu turini tanlashadi. Odam o‘zining muammolariga boshqalarning e’tiborini qaratmoqchi bo'lsa, o‘z joniga qasd qilishning yashirin turini tanlaydi. Bunday odamlar ba’zan o‘z joniga qasd qilajagini eng yaqin odamlariga aytib ham yurishadi. Lekin bunga e’tibor berilmaydi yoki kulib javob berishadi. Suiqasdning bu turi, ko‘pincha, iqtisodiy qiynalgan odamlar orasida uchraydi. Tantanavor tarzda hayotdan ko‘z yumuvchilar o‘smirlar orasida ko‘p uchraydi. Bunga misol, yuqorida keltirganimizdek, sevimli qo‘shiqchisi o‘lganidan keyin o‘z joniga qasd qilgan qizlardir. Keltirgan misollarimizning barchasi, eng awalo, hissiy qo‘zg‘aluvchanlik darajasiga tegishlidir. Bu daraja individual ravishda xilma- xil bo‘ladi. Depressiya, ko‘pincha, nevrasteniya va psixoasteniyalarga hamroh bo'ladi. Og‘ir darajada ifodalangan depressiyalar shizofreniya kasalida uchraydi. Depressiya holatlari bosh miyaning qon-tomir kasalliklarida, toksik ensefalopatiyalarda, uzoq davom etuvchi anemiyada va qiyin tuzaluvchi somatik kasalliklarda ham uchraydi. Kayfiyatning turli xil buzilishlaridan bo'lmish eyforiya va disforiya ham keng tarqalgan simptomlardir. Eyforiya — bu ko‘tarinki, quvonchli kayfiyat bo‘lib, patologik belgi hisoblanadi. Ularga atrofdagi barcha narsalar quvonchli, jozibali bo‘lib ko‘rinadi. Ular o‘zlarini dunyoda eng baxtiyor kishidek his qilishadi (bunga hech qanday asos bo‘lmasa-da). Disforiya esa ortiqcha jizzakilik, o‘z-o‘zidan va atrofdagilardan xafa bo‘lish, arzimagan narsaga asabiylashaverish bilan ifodalanadi. Bunga badqovoqlik, yoqtirmaslik va badjahllik qo'shilishi ham mumkin. Disforiya epilepsiyada ko‘p uchraydi. Ba’zi bir ruhiy xastaliklarda hissiy ambivalentlik kuzatiladi: bemorlarda bir vaqtning o‘zida bir-biriga qarama-qarshi, aql bovar qilmaydigan tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Onasini juda ham sevgan o‘smir bola, unga ko‘p mehribonlik va g‘amxo‘rlik qila turib, begonalar oldida o‘z mushtiparini qattiq haqorat qilishi yoki aybini aytib, ustidan xaxolab kulishi mumkin. Shuni e’tiborga olish kerakki, ambivalentlikning ayrim xususiyatlari soppa-sog‘ odamlarda ham uchrab turadi. Chunonchi, bemor durust kayfiyatda bo'la turib, arzimagan narsadan jirkanadi. Ba’zan his-tuyg‘ularning nomunosib ko‘rinishlari ham uchrab turadi. Masalan, shizofreniyaga chalingan bir bemor yerda yotgan papiros qoldig‘ini ko‘rib qolib, yig‘lab yuborgan va shunday degan: «Bechoraginam, yolg‘izginam, bir o‘zing yotibsan-a, hech kim senga qaramaydi ham, hech kim senga achinmaydi ham, yur ketdik».

Download 74.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling