Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi Reja


Download 65.67 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi65.67 Kb.
#1350729
  1   2   3   4
Bog'liq
umumiy pedagogika 3


3-Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
Reja:
1.“Individ” va “shaxs” tushunchasi.
2.Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi.
3.Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o‘rni.
4.Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari.
Tayanchtushunchalar:individ,shaxs,rivojlanish,ijtimoiylashuv,irsiyat,muhit,
ta’lim,tarbiya.
Individ” va “shaxs” tushunchasi.
Rivojlanish deb odamning anotomik-fiziologik jihatdan o’sishida, nerv sistemasi va ruhiyatida shuningdek bilish va ijodiy faoliyatining takomillashuvida, xulqi, ijtimoiy, siyosiy qarashlarida ro’y beradigan miqdor va sifat o’zgarishlar jarayoniga aytiladi.


Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi

Shaxs ham jismoniy, ham psixik (ya‘ni aqliy), ham ma‘naviy jihatdan rivojlanib kamol topib boradi.Insonda bo’ladigan jismoniy o’zgarishlarga uning bo’yining o’sishi, vaznining og’irlashib borishi, suyak va mushak sistemalarini, ichki organlari va asab sistemasini o’zgarib borishi kiradi.


Psixik o’zgarishlar esa uning aqliy rivojiga aloqador bo’ladi va insonda shaxsning psixik sifatlarini shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. O’z hayoti davomida inson jismoniy va psixik tomondan o’zgarib boradi. Lekin bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy ham psixik jihatdan o’sishi, o’zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, unga berilayotgan tarbiya natijasida u jamiyat a‘zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar sistemasida o’z o’rnini egallaydi. Bola shaxsining rivojlanishi shaxs ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik biologik mavjudot hamdir.
Shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik (tabiiy) va ijtimoiy qonuniyatlar birgadek ta’sir etadi, shu bois ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Shaxsning rivojlanishiga uning faoliyati, hayot tarzi, yoshi, bilimi, turmush tajribasi, hatto fojiali vaziyatlar, turli kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson hayoti davomida doimo o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Zero, rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shu sababli shaxsga xos fazilatlarni to‘g‘ri va obyektiv baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar va shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiya jarayonida uning shaxs rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsata olishi uchun ta’lim oluvchining o‘sishi va rivojlanishiga xos xususiyatlardan xabardor bo‘lish va inobatga olish maqsadga muvofiq. Binobarin, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. “Sog’lom avlod dasturi” ning qabul qilinishi munosabati bilan har bir ota-ona uchun amaliy dastur bo’lishi joiz bo’lgan bir fikrga jamoatchilik diqqatini tortadilar, ya‘ni 6-7 yoshgacha bo’lgan davrda bola jamiki idrok qilinajak ma‘lumotlarning deyarli yarmini qabul qilib bo’ladi. Bu holat tarbiya jarayoniga ham bevosita hayotiga ta‘sir qiladi, bu qonuniyatdan kelib chiqadigan bo’lsak shaxs tarbiyasiga aniq sharoitlarda alohida yondashuvlarni talab qiladi. Umuman psixik rivojlanish tushunchasi ma‘no va mohiyat jihatdan taraqqiyotning har bir bosqichida ham miqdor, ham sifat o’zgarishlarni nazarda tutadi.
Inson mohiyati ikki olamdan iborat. Birinchisi uning ma‘naviyati. Insonning moddiy olamiga uning tanasi,ehtiyojlari, unga kerakli ne‘matlar kiradi.Uning ma‘naviyati esa –ruhiy olami,ong tafakkuri, xis-tuyg’ulari, bilimi, axloqi, iymon-e‘tiqodi, dunyoqarashi va boshqalardir. Ma‘naviyatsizlik insonni vahshiylikka, jaholatga olib boradi.
Taraqqiyotning tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek modelida milliy ma‘naviyatni rivojlantirish va shu orqali barkamol insonlarni tarbiyalash yo’llari ko’rsatib berildi. Shaxsning nutqi, tafakkuri ta‘lim-tarbiya jarayonida rivojlanadi. Til va tafakkur hamisha egizak. Inson uchun ato etilgan aql-zakovat va uning “Tarjimoni” bo’lgan tilni rivojlantirish vazifasini muallimlarimiz amalga oshiradi. Muallim-til va dilni, ong va tafakkurni shakllantiruvchisi, uni mahorat bilan rivojlantiruvchidir.Jahon pedagogika, psixologiya, sotsiologiya fanlarida shaxs to’g’risida o’nlab nazariyalar, qarashlar, yondashuvlar mavjud bo’lishiga qaramasdan inson kamoloti yuzasidan hanuzgacha umumiy bir fikrga kelinganicha yo’q. Insonshunoslikda shaxsga oid bir qator atamalar, tushunchalar qo’llanishi an‘ana tusiga kirgan. Jumladan, individ, odam, inson, shaxs, komil inson kabi atamalar shular jumlasidandir.


Download 65.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling