Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi Reja
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o’rni
Download 65.67 Kb.
|
umumiy pedagogika 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o’rni
Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Pedagogika, psixologiya va faosafa fanlarida individning shaxs sifatida rivojlanishiga irsiyat (biologik omillar), muhit (ijtimoiy omillar) hamda tarbiya kabi omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etadi. Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi yoki biologik (tabiiy) omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? O‘z davrida ulug‘ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ilk bor ilgari inson kamolatida uch narsa – irsiyat, muhit hamda tarbiya muhim rol o‘ynaydi degan qarashni ilgari surgan bo‘lsa, Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma xususiyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar. Shaxs rivojlanishini ta’minlashda ijtimoiy muhit tomonidan ko‘rsatiladigan ta’siri tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. YA’ni: 1) tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi; 2) tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga yetadi; 3) tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish mumkin; 4) tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Shaxsning shakllanishida quyidagi omillarning ta’sir katta: Demak, tarbiya bilan rivojlanish o‘zaro aloqador bo‘lib, shaxsning rivojlanishida tarbiya doimiy va uzluksiz xarakter kasb etadi. Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o‘rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi. Faoliyat o‘zi nima? Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to‘g‘ri tashkil etish lozim. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra belgilanadi. Lekin ko‘p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo‘ladi. Shaxsni shakllantirishda faoliyat samaradorligiga erishish uchun mazkur jarayonini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish talab etiladi. Shaxsning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunki har bir inson o‘z mehnati, g‘ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O‘qituvchi qanchalik yaxshi o‘qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o‘zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, ta’lim oluvchi shaxsida kuzatiladigan kamchilik va xatti-harakatlarida ko‘zga tashlanadigan barcha kamchiliklarning asosiy sababi faoliyatning to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham shaxs faoliyati uning rivojlanishi natijasi sanaladi. Shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish (shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi) orqali faoliyatni rivojlantirish muhim sanaladi. O‘smir va o‘spirinlar faoliyatining asosiy turlari o‘yin, o‘qish va mehnatdan iborat bo‘lib, faoliyatga kirishishning asosiy shakli muloqot sanaladi. Faoliyat yo‘nalishlari shaxs o‘quvchilar tomonidan o‘zlarining qiziqish va ehtiyojlariga ko‘ra tanlanadi. Ayni vaqtda ta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilish (o‘quv fanlari asoslarini o‘zlashtirish), ijtimoiy, sport, badiiy, texnik hamda hunarmandchilikka bo‘lgan shaxsiy qiziqish va ehtiyojlariga ko‘ra turli to‘garak, klublarga jalb etilgandirlar. .Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Zero, bola organizmining o‘sishi, rivojlanishi hamda psixik taraqqiy etishi turli yosh davrlarida turlicha kechadi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Konstantin Ushinskiy va Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar. Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda qiyin. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, anglash tezligi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, tartibsiz ishlashi, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Download 65.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling