Mavzu: Shaxsning turli fanlar nuqtai nazaridan o’rganilish. Shaxs muammosi ba fanning metodologik darajalari


Download 182.79 Kb.
bet1/3
Sana13.01.2023
Hajmi182.79 Kb.
#1091838
  1   2   3
Bog'liq
Shaxsni o\'rganish nazariyalari

Mavzu:Shaxsning turli fanlar nuqtai nazaridan o’rganilish. Shaxs muammosi ba fanning metodologik darajalari.

.

Reja:

Shaxs shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar, shaxsning malaka va odatlari.

  • Shaxsning faoliyatini yo`naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog`liq bo`lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsning yo`naltirilganligi deb ataladi.
  • Shaxs yo`nalganligi – bu barqaror motivlar yig`indisi bo`lib, shaxs faoliyatini belgilaydi. Shaxs yo`nalganligi qiziqishlar, dunyoqarash, e’tiqod, intilish va idealda xarakterlanadi.
  • Qiziqish – bilish ehtiyojini namoyon formasi bo`lib, u yangi faktlar bilan tanishishga, hamda borliqni aniq, chuqur va aniq aks etishiga yordam beradi.
  • Dunyoqarash – insonning qarashlari tizimi bo`lib, unda insonni atrofdagi dunyoga munosabati va bu dunyoda o`zining o`rnini anglash, kishilarga bo`lgan munosabati hayotiy pozitsiyasi, ideallari, qadriyatlari, e’tiqodlari va printsiplari namoyon bo`ladi.
  • E’tiqod – insonni anglangan ehtiyoji bo`lib, u faoliyatga undaydi.
  • Idealbu namuna, intilishlarning eng yuqori cho`qqisi.
  • Intilish – birlamchi qiziqish, ehtiyojni hissiy kechirilishi, ob’ektga intilishidir.
  • Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhit, tabiat, kishilar bilan o`zaro ta’sirga kirishadi. Ularni o`zgaradi, o`z faoliyatini yo`naltiradi. Ijtimoiy qonun-qoidalar, muhit, jamiyat talablariga rioya qilgan tarzda o`z - o`zini yo`altiradi, o`z oldiga maqsad qo`yadi, maqsadga intilish yo`lida uchraydigan qiyinchilik va to`siqlarni engib o`tishga harakat qiladi.

Endopsxika va ekzopsixika haqida tushuncha

  • “Endo” so’zi yunoncha so’z bo’lib, “ichki” degan ma’noni anglatadi. Endopsixika shaxsning ichki his tuyg’ularini o’rganadi. Asosan insonning nerv tizimlari, tasirlanishi, xotira va tafakkur tiimlarining psixologiyasini o’rganadi. Endopsixologiya biologik omillarga tayanadi.
  • “Ekzo” so’zi esa yunoncha “tashqi” degan ma’noni anglatadi. Ekzopsizika shaxsning tashqi muhitga munosabatini o’rganadi. Ekzopsixika asosan ijtimoiy voqeliklarni, atrof muhitning ta’sirini o’rganadi.

Download 182.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling