Mavzu: Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlatida madaniyat va adabiyot


Download 1.9 Mb.
bet2/5
Sana09.01.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1084838
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dilshod Zaripov

Sayido Nasafiy (taxallusi; ismi Mirobid) (1637—Nasaf — 1710) — shoir. Buxoro madrasalarida oʻqigan. Toʻquvchilik bilan kun kechirgan. Turdi bilan yaqin doʻst boʻlgan, uning taʼsirida ijodi kamolga yetgan. "Shahroshub" manzumasida 212 xil kasb-hunar egasi haqida fikr bildirgan, hunar ahlini ulugʻlagan. "Bahoriyot" ("Hayvonotnoma") majoziy munozara asarida, ayrim gʻazallarida oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy muhiti tanqid qilingan. Asarlari nafis, sodda tilda yozilgani uchun tez ommalashgan.

  • Kamoliddin Binoiy (taxallusi; asl ismi Kamoliddin Ali Muhammad Sabz) (1453-yilHirotTemuriylar imperiyasi — 1512QarshiBuxoro xonligi) — shoir, musiqashunos, tarixchi. Forsiyda ijod qilgan.
  • 1487-yilgacha Hirotda adabiyot, sheʼr ilmi, insho, musiqa va tarix fanlarini oʻrgangan. Alisher Navoiy uning "bagʻoyat qobiliyati bor"ligi, xatga ishq paydo qilgani, musiqaga mayl koʻrgizgani va "xele ishlar tasiif" qilganini aytgan ("Majolis un-nafois"). Kamoliddin Binoiy 1487-yilda Tabrizga ketgan, u yerda XurramiyOgahiyMazhariyRuhiyQozi Isolar bilan muloqotda boʻlgan. 1491-yil Hirotga qaytgan, 1495-yilda Samarqandga kelgan.

Hoji MuhammadxonXojimxon (1519-1602, Urganch) - Xorazm davlatida (Xiva xonligi) 1558-1594 va 1598-1602-yillarda hukmronlik qilgan Arabshohiylar oʻzbek sulolasining oʻninchi vakili.
Hoji Muhammadxon Agatayxonning oʻgʻli va oʻzbek ulusi hukmdori Yodgorxonning avlodi edi. Hoji Muhammadxon 1558-yilda Vazirda taxtga oʻtirdi. „Tajribali, adolatli va taqvodor hukmdor„ deb hisoblangan Hoji Muhammadxonning nisbatan uzoq hukmronligi davrida mamlakatni birlashtirish va markaziy hokimiyatning mavqeini mustahkamlashga urinishlar qilingan. Hoji Muhammadxon davrida Xorazm hukmdorlarining bosh qarorgohini Xiva shahriga koʻchirish bosqichma-bosqich jarayoni boshlandi. Hoji Muhammadxon 1602-yilda vafot etdi va uning oʻgʻli Arab Muhammadxon Xorazmda hokimiyat tepasiga keldi.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling