Mavzu: Shekspir asarlari
Download 23.15 Kb.
|
JASMINA
Mavzu: Shekspir asarlari.Valijonova JasminaShekspir Vilyam (1564 – 1616)William Shakespeare
William Shakespeare (Uilyam Shekspir, 1564, Stratford-upon-Avon — 23 aprel (3 may) 1616, Stratford-upon-Avon) — ingliz dramaturgi, shoir va aktyor, dunyoning eng mashhur dramaturglaridan biri, kamida 17ta komediya, 10ta hronika, 11ta fojia, 5ta poema va 154sonetdan iborat siklning muallifi. Taxminan 1585-yilda ona shahrini tark etyb, birmuncha fursatdan so'ng Londonga borgan.
Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580-yildan boshlangan. Shekspirning 1603-yildan keyingi aktyorlik faoliyati to'g'risida biror maʼlumot yo'q. Ammo u o'zining „Lordkamerger xizmatkorlari“ truppasi uchun (mazkur truppa Yakov I ning taxtni egallaganidan keyin qirol truppasi deb atalgan) pyesalar yozishda davom etgan. Taxm. 1612-yilda Stratfordga qaytib kelgan va shu yerda vafot etgan. Shekspirning aktyor sifatidagi faoliyati taxm. 15-yil davom etgan. U Angliyaning eng yaxshi hisoblangan truppasida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan va shu truppa uchun pyesalar yozgan.
Shekspir ijodi. Shekspirning adabiy merosi sheʼriyat va dramaturgiya asarlaridan iborat. Yoshlik yillarida mifologik syujet asosida yozgan „Venera va Adonis“ (1593) hamda Rim tarixiga oid „Lukretsiya“ (1594) dostonlari samimiy kutib olingan. Bu asarlar, ayniqsa, 1592—1600-yillarda yozilgan „Sonetlar“ Shekspirning Uyg'onish davri madaniyati bilan uzviy aloqada maydonga kelganini ko'rsatdi. Jahon lirikasining buyuk namunalari qatoridan o'rin olgan Shekspir sonetlari mavzu jihatidan 2 guruhga ajraladi: dastlabki 126 sonet shoirning yaqin do'stiga bag'ishlangan bo'lsa, 127—152-sonetlarda lirik qahramonning bevafolik qilgan mahbubaga nisbatan muhabbat tuyg'usi va iztiroblari tasvir etilgan. Shekspir yana bir necha dostonlar ham yozgan bo'lsada, ularning muallifi masalasi hamon bahslidir. Download 23.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling