Мавзу: ҚЎшилган қиймат солиғИ


Download 351.87 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi351.87 Kb.
#1402227
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QQS Taqdimot (1)


QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I

REJA

  • Qo‘shilgan qiymat solig‘i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi.
  • Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob‘ekti va soliq stavkalari.
  • Soliq imtiyozlari. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari.

QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I – har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot yetkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar ishlab chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.

TARIX

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat budjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya budjet amaliyotida joriy etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta frantsuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan shaklda qo‘llanildi. Frantsiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i haqiqatda 1968 yildan boshlab joriy etildi.


Iqtisodiy adabiyotlarda, ko‘pchilik hollarda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini «Yevropacha» soliq deb ham atashadi. Buning asosiy sabablari shundaki, birinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i dunyoda birinchi marta Yevropa davlati bo‘lgan Fransiyada joriy etildi; ikkinchidan, 1977 yilda qabul qilingan Direktivaga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘i bir vaqtning o‘zida Yevropaning bir necha davlatlarida joriy etildi; uchinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropadagi integratsion jarayonlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yildan buyon amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga aksiz solig‘i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan farqli ravishda faqat qo‘shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i esa bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i esa ishlab chiqarish va muomala jarayonining har bir bosqichidan olinadi.

Download 351.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling