Mavzu: Shilimshiqlar va ularni tayyorlash. Suyuq va quruq ekstrakt konsentratlardan suvli ajratmalar tayyorlash. Maqsad
Download 17.8 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsni olib borish rejasi (xronoxarita)
- Jami: 120 daqiqa. Topshiriq
- Laboratoriya mashg’ulotini “Loyi h a” usulida o’tkazish uchun KO’RSATMA
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Laboratoriya mashguloti №18. Mavzu: “Shilimshiqlar va ularni tayyorlash. Suyuq va quruq ekstrakt konsentratlardan suvli ajratmalar tayyorlash.
- Лабораторное занятие №18 Тема: Слизи и их приготовление. Приготовление водных извлечений из жидких и сухих экстрактов-концентратов.
18 - Laboratoriya mashg’uloti Mavzu: Shilimshiqlar va ularni tayyorlash. Suyuq va quruq ekstrakt konsentratlardan suvli ajratmalar tayyorlash. Maqsad: Berilgan dorixat bo’yicha shilimshiq tayyorlashni bilish. DF va boshqa normativ hujjatlardan, yordamchi adabiyotlardan foydalanib, shilimshiqni tayyorlash uchun suv va xom ashyo miqdorini xisoblash va shilimshiklarga dori moddalarni qo’shish tartibini urganish. Darsni olib borish rejasi (xronoxarita): O’qituvchining mavzu bo’yicha kirish so’zi – 5 daqiqa; Talabalarning bilimini og’zaki usulda mavzuga tegishli savollar bilan tekshirish – 20 daqiqa; Mavzuni tushuntirish: o’qituvchi talabalarning bergan javoblariga qarab, yo’l qo’yilgan xatoliklarni tuzatib, javoblarni umumlashtiradi – 10 daqiqa; Kundalik daftarni tekshirish: (retseptni lotin tilida to’g’ri yozilishi, pasport qismini hisoblanishi va texnologiyasini to’g’ri yozilishi) – 10 daqiqa; Laboratoriya ishini bajarilishi: (mavzuga tayyor, kundaligi to’g’ri yozilgan talabaga laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun ruxsat beriladi. O’qituvchi tomonidan texnologik jarayon nazorat qilib boriladi) – 60 daqiqa Bajarilgan ishni qabul qilish – 15 daqiqa. Jami: 120 daqiqa. Topshiriq Gulxayri ildizidan shilimshiq tayyorlashni o’ziga xos tomonlari : - gulxayri ildizidan tayyorlash; - gulxayri poroshogidan tayyorlash; - gulxayri ekstraktidan tayyorlash; - Salep tuganagidan shilimshiq tayyorlash . - Zigir urugidan shilimshiq tayyorlash. - Bexi urug’idan shilimshiq tayyorlash. - Shilimshiqlarga dorivor moddalarni qo’shish tartibi. Talabalarni mavzuga tayyorgarligini tekshirish uchun qo’yilishi mumkin bulgan savollar. 1. SHilimshiqlarga qisqacha ta’rif bering? 2. Gulxayri ildizidan damlama qanday tayyorlanadi? 3. Zigir urug’idan shilimshiq tayyorlanish texnologiyasi? 4. Shilimshiq saqlaydigan qanday o’simlik xom ashyolarni bilasiz? 5. Salep tuganagi poroshogidan shilimshiq qanday tayyorlanadi? 6. Sarf koeffitsienti nima va shilimshiq tayyorlaganda uni xisobga olish? 7. Dorixatda Gulxayri ildizi damlamasini ,Zig’ir urugi va Salep tuganagi shilimshiklarini konsentratsiyasi ko’rsatilmagan bo’lsa qanday nisbatda tayyorlanadi? 8. Gulxayri ildizi ekstraktidan shilimshiq qanday tayyorlanadi? Laboratoriya mashg’ulotini “Loyiha” usulida o’tkazish uchun KO’RSATMA “Loyiha” usulida talabalarni mavzu bo’yicha nazariy savollarga tayyorgarligi tekshiriladi. Buning uchun: Guruh 2-3 kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir guruhga 3 tadan retsept beriladi va savolni echish uchun 10 minut vaqt beriladi. Savollar metodik ko’rsatmadagi savollardan beriladi va mustaqil bajarish uchun retseptlardan qo’shimcha retsept pasporti va texnologiyasi so’raladi Har bir guruhdan vakil savolni echimini bayon etadi. O’qituvchi javoblarni tahlil etadi, to’ldiradi va shu guruh talabalarini umumiy baxolaydi. Foydalanilgan adabiyotlar M.M. Mirolimov, X.K. Abdullaeva, Z.YA. Mamatmusaeva, N.A. Azimova. / Farmatsevtik texnologiya asoslari fanidan amaliy kullanma. T.-2004y 2. M.M. Mirolimov.- Farmatsevtik texnologiya asoslari 3. Pod redaksiey T.S. Kondratevoy. Texnologiya lekarstvennыx form.- tom M., -1991g. 4. Pod redaksiey T.S.Kondratevoy. Rukovodstvo k laboratornыm zanyatiem po aptechnoy texnologii lekartsvennыx form. – M.-1986 g. Buyruklar № 195, 582, 583. Uz Rda farmatseetika faoliyati, 2 va 3 kitoblar Laboratoriya mashguloti №18. Mavzu: “Shilimshiqlar va ularni tayyorlash. Suyuq va quruq ekstrakt konsentratlardan suvli ajratmalar tayyorlash.” Олинг: Гулхайри илдизи дамламасидан 100мл Бер.белгила. Олинг:Зиғир уруғи шилимшиғи 90.0 Бер.белгила. Олинг: Салеп туганаги шилимшиғи 100.0 Бер.белгила. Лабораторное занятие №18 Тема: Слизи и их приготовление. Приготовление водных извлечений из жидких и сухих экстрактов-концентратов. 1.Возьми: Настоя корня Алтея 100 мл Дай. Обозначь. 2. Возьми: Слизи семьян Льна 90.0 Дай. Обозначь. 3. Возьми: Слизи клубней Салепа 100.0 Дай. Обозначь. Download 17.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling