Mavzu: Shimoliy Toxaristonning ilk o’rta asrlar arxealogik yodgorliklari. I bob


Download 52.64 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2023
Hajmi52.64 Kb.
#1142602
1   2   3   4   5
Bog'liq
shaxboz2

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston tarixining o’ta qiziqarli va murakkab jarayonlarida Shimoliy Toxaristonnning o’rni va ahamiyati beqiyos bo’lganligi, uni o’rganishda mavjud bo’lgan ko’plab bosqichlar yo’nalishlar mavjudligi va bugun ham o’zini arxeologik yodgorliklari bilan dunyoga mashhur xususan 1905-yil A. fon Le Kok tomonidan Tuyok daryosi (Turfon / Sharqiy Turkiston) vohasidan topilgan “Berlin eftalit parchalari” deb nomlanuvchi baqtriycha hujjatlar, Andre Marik tomonidan 1957 – 1959-yillarda Surx-Kotaldan topilgan kushonlar davriga oid baqtriycha diniy hujjatlar, 1962-yil Eski Termizning Qoratepa ibodatxonasi xarobalaridan topilgan diniy mazmundagi hujjatlar tarixiy Toxariston hududidan XX asrning 90-yillari davomida topilgan baqtriy tilidagi, mutaxassislar tomonidan asosan milodiy III-VII asrlarga oid deb taxmin qilingan hujjatlarning topilishi muhim voqea bo‘ldi. Hujjatlar oldi-sotdi, ijaraga berish, majburiyat, kafolat xati kabi huquqiy masalalarni qamrab olgan. Baqtriy tilli hujjatlarning tuzulishi ham Mug‘ tog‘i sug‘diy hujjatlariga o‘xshashligi bilan diqqatni tortadi. Ularda ham hujjatning kirish formulasi, maqsadi, hujjat tuzilganda guvohlik qilganlar, tuzilgan sanasi kabi tarkibiy qismlari mavjud. Balki, xoqonlik tasarrufidagi devon va mahkama ishlarining bir xilda yuritilishi markaziy hokimiyat tomonidan nazorat qilinganidir mavzumizni dolzarbligi ham shu kabi savollarga javob topishdan iborat xalqimizning uzoq hayotiy tajriba, tushuncha va qadriyatlariga asoslangan o'lmas merosimizni o'rganish ma'naviyat va ma'rifatning ajralmas qismi sifatida ustuvor vazifalarga aylandi.
Mavzuning o’rganilish darajasi: Shimoliy Toxariston va uyerdagi ibodatxonalar O’zbekiston tarixshunosligidagina emas, jahon tarixi fanida ham mashhurdir. Dalvarzintepaning chekkaroq joyidan 1 asrda tiklangan Budda ibodatxonasi, shahristonidan Buddaning boshi, Bodxisatvaning mahorat bilan ishlangan mahobatli haykali, fil suyagidan tayyorlangan shaxmatning‘ ikki donasi topildi.
Buddaning boshi loy va gipsdan yasalgan bo‘lib, balandligi 39 sm, eni 25 sm keladi. Bodxisatvaning (o‘sha davrga oid) haykali ham loy va gipsdan yasalib, rang bilan bo‘yalgan. Uning balandligi 2 metr 18 sm, eni 89 sm. U bir paytlar Budda butxonasida turgan haykallar guruhidan biridir. Bu ko‘hna topilmalar boshqa yodgorliklar bilan birgalikda 1988 yili Yaponiyaning Nara shaqridagi «Ipak yo‘li Naraga boradi» deb nomlangan xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilgan edi. 1995 yili esa ular Parijdagi muhtasham «GrandPales» («Katta saroy»)ning nodir galereyasida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi. Kampirtepaning o‘rganilishi natijasida yozma manbalarda qayd qilingan Oks bo‘yidagi Paradagvi Kampirtepa o‘rnida bo‘lganligi taxmin qilindi. Bu borada Kampirtepadan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan iskandar tangasining topilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xullas, uzoq yillar fanga noma’lum bo‘lgan antik davr, xususan, kushon davri tarixi va madaniyati O‘zSEning tadqiqotlari tufayli dunyoga mashhur bo‘ldi hamda tarix faniga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.
O‘sha davrga oid yana bir yodgorlik Xolchayon bo‘lib, bu yodgorlik Surxondaryo viloyatining Denov tumanida topildi. 1959 yilning bahorida Xolchayon jamoa xo‘jaligining texnik ta’mirlash joyi kengaytirilayotganda buldozer kichik bir tepalikning chetini qirqqanida uchta tosh ustun bo‘laklarini sudrab chiqargan, topilgan narsalar to‘g‘risida arxeologlarga xabar berilgan. 1960 yilda San’atshunoslik institutining professori G.A. Pugachenkova rahbarligidagi ekspeditsiya Xolchayon tepaligini tekshira boshlaydi. Bu еrdan topilgan yodgorliklar olimlarning har qanday tasavvuridan oshib tushdi, fanga yana bir tarixiy boylik Baqtriya badiiy madaniyatining ajoyib yodgorligi qo‘shildi.



Download 52.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling