Mavzu: Shimoliy Toxaristonning ilk o’rta asrlar arxealogik yodgorliklari. I bob
Download 52.64 Kb.
|
shaxboz2
MAVZU: Shimoliy Toxaristonning ilk o’rta asrlar arxealogik yodgorliklari. I BOB Shimoliy Toxaristonning ilk o’rta asrlarda ijtimoiy iqtisodi va madaniy hayoti. Toxariston o’rta sharqning iqtisodiy va madaniy markazi. 1.2 Shimoliy Toxaristonda ijtimoiy hayot va hunarmanchilik. II BOB Shimoliy Toxaristondagi yodgorliklarini o’rganilishi va bugungi kundagi ilmiy ahamyati. 2.1. Bolaliktepa, Kuyovqo‘rg‘on, Yumaloqtepa. Kofirqal’a, Ajinatepa buddizm ibodatxonalari. Qurilish ishlari va me’morchilik.. 2.2 Shimoliy Toxaristondagi yodgorliklarni tadqiq etgan arxeologlar. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I KIRISH Shimoliy Toxariston.Hisor tog‘laridan Amudaryogacha bo‘lgan keng hududdir, Janubiy Tojikiston va O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi. Toxariston antik davri Baqtriyasi chegarasi doirasidagi shimoliy va janubiy qismlardan tashkil topgan yirik tarixiy-madaniy o'lka. Toxariston to’grisidagi dastlabki xabar 383 yilga oid Xitoy manbalarida Tuhola deb tilga olinadi. Uning hududi Baqtriya hududi doirasida bo'lgan. Manbalarda keltirilishicha Toxariston 27 viloyatdan tashkil topgan bo'lib ulardan 8 tasi Shimoliy Toxaristonda joylashgan. Shimoliy Toxariston hududida ilk o'rta asrlar davriga oid madaniy qatlamlarga ega bo'lgan 250 dan ortiq barcha turdagi arxeologik yodgorliklar aniqlanib, ularning ayrimlari yaxshi o'rganilgan. Yunon manbalaridan ma’lum bo‘lishicha, toxarlar mil. av. II asr.o‘rtalarida bir guruh ko‘chmanchi qabilalarning Sharqiy Turkistondan chiqib,janubiy-g‘arbda Yunon-Baqtriya podsholigini bosib olishida ishtirok etadilar va Amudaryoning yuqori havzasida joylashib qoladilar. Ptolemey (mil.I asr) toxarlarni“Baqtriyaning eng katta xalqi” sifatida tilga oladi. Ilk o‘rta asrlarda Baqtriya o‘lkasining Toxariston nomi bilan yuritila boshlanishi ham ularning milodning ilk asrlaridan boshlab Baqtriya aholisining ko‘p sonli va hukmron tabaqasinitashkil etganligini ko‘rsatadi. Baqtriya o‘lkasi qadimiy Xitoy yilnomalarida Dasya shaklida qayd etiladiki,tadqiqotchilar uning toxar so‘zining xitoycha talaffuzidir,deb hisoblaydilar. Toxarlarning ilk vatani masalasi bahsli.Bir qism tadqiqotchilar fikricha, ularning ilk ona yurti ShimoliyQora dengizbo‘yi yoki Volgabo‘yi dashtlari bo‘lib,mil. avv. 3-ming yillikda Old Osiyo orqali Sharqqa, O‘rta Osiyo orqali Sharqiy Turkistonga borib joylashganlar.Boshqa tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, toxarlarning ilk vatani aynan Sharqiy Turkiston bo‘lib, ular bu yerning tub joy aholisi bo‘lgan va mil. av. so‘nggi asrlarda O‘rta Osiyo va Baqtriyaga ko‘chib o‘tishgan. Bir qancha tadqiqotchilar qadimiy Xitoy yilnomalaridagi yuechji va yunon-rim manbalaridagi toxarlarni bitta xalq deb, hisoblashadi va ular dastlab hozirgi Xitoydagi Gansu (Kengsuv) viloyatida yashaganliklarini ta’kidlaydilar. Aynan Sharqiy Turkiston hududida toxarlargamansub braxmiy xatida bitilgan ko‘plab qadimiy yozma yodgorliklar topilgan.Ushbu yozma asarlarning asosiy qismi mil. V-X asrlarda yaratilgan bo‘lib,aksariyati buddaviy asarlar va matnlarning toxarcha tarjimalari yoki qayta ishlanmalaridir. Bundan tashqari, Lobnor ko‘li atrofidan topilgan Krorayna davlatining mil. III-IV asrlarga mansub prakrit tilidagi hujjatlarida toxarcha so‘zlarning uchrashi toxar tilining ushbu davrgacha tarqalganligini ko‘rsatadi. Z.Validiy fikricha, ular asli uraloltoy xalqlariga mansub bo‘lib, keyinchalik toxar etnonimi Sharqiy Turkistonga ko‘chib kelgan hind-evropaliklarningbir guruhi uchun qo‘llanila boshlagan. Xususan, toxar etnonimining yasalishi Ural-Oltoy tillariga xosdir. Ushbu til oilasiga mansub xalqlarda -ar (er) “odam” ot yasovchi qo‘shimchasi asosida ko‘plab etnik nomlar vujudga kelgan. Jumladan, avar,majar(mojor), bulg‘ar(bulg‘or), tatar, xazar, sabar kabi. Toxar etnonimi ham xuddi shu shaklda paydo bo‘lgan, ya’ni toxar=»tox+ar». Shuningdek, Dunxuandan topilgan ilk o‘rta asrlarga taalluqli “Sak-Xo‘tan-Brahma”yozuvli “qavmlar va geografik nomlar ro‘yxati”da sharqiy turklarning besh tardush urug‘idan biri tugara etnonimini toxar bilan tenglashtiradilar. Eng muhim tarixiy muammo - Sosoniylar va Shimoliy Toxariston – ikkita tub masalani yakunlaydi: 1. Turli tarixiy davrlarda Sosoniylar davlatining bu hududdagi hududiy doirasi 2. ularning zabt etishlarining boshlanishi va keyingi xronologiyasi. Ko'pgina olimlar bu muammoni hal qilishdi, ammo ularning barchasi o'z xulosalarida faqat yozma manbalardan olingan ma'lumotlarga tayangan. Holbuki, bu muammoni to'g'ri tushunish numizmatik va epigrafik ma‘lumotlar ishtirokisiz mumkin emas batafsil tahlil qilish, sizga V-asrda Shimoliy Toxaristonda sosoniylar mavjudligining tarixiy jihatdan haqiqiy nisbiy va mutlaq davriyligini boshlanishidan oldin qayta tiklashga imkon beradi. Download 52.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling