Mavzu: Shimoliy Toxaristonning ilk o’rta asrlar arxealogik yodgorliklari. I bob


II BOB Shimoliy Toxaristondagi yodgorliklarini o’rganilishi va bugungi kundagi ilmiy ahamyati. 2.1


Download 52.64 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2023
Hajmi52.64 Kb.
#1142602
1   2   3   4   5
Bog'liq
shaxboz2

II BOB Shimoliy Toxaristondagi yodgorliklarini o’rganilishi va bugungi kundagi ilmiy ahamyati.

2.1. Bolaliktepa, Kuyovqo‘rg‘on, Yumaloqtepa. Kofirqal’a, Ajinatepa buddizm ibodatxonalari. Qurilish ishlari va me’morchilik.
Antik davrning oxirlari, ya'ni IV-V asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida muhim bosqich hisoblanadi. Aynan mana shu davrda antik dunyoning ulkan saltanatlaridan biri bo‘lgan Kushon davlati ichki va tashqi sabablarga ko‘ra bir nechta mustaqil mulklarga bo‘linib ketadi.
Xususan, mintaqaning janubida Toxariston va Marv alohida ajralib chiqadi. Ulardan shimolda, Qashqadaryo va Zarafshon daryolari vohalarida So‘g‘d, so‘ng qo‘shni Ustrushona, undan keyin Farg‘ona, O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida Choch va Xorazm mulklari shakllanadi.
Migratsiya jarayonlarida diniy munosabatlarning o‘rni doimo bo‘lakcha bo‘lgan. Ilk o‘rta asrlarning dastlabki davrida O‘rta Osiyodagi diniy qarashlar murakkab holatda edi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, bu davrda to‘rtta yirik dinlar-zardo‘shtiylik, buddaviylik, xristianlik va moniylik dindorlari (kohinlari) o‘z dinlarini targ‘ib qilishga harakat qilganlar. Shu bilan birga, biroz quyiroqda ko‘rib o‘tiladiganidek, bu davrda, xususan, Turk xoqonligi davrida mintaqada qadimgi turklarga xos e'tiqod - Tangrichilik e'tiqodi ham yoyila boshlaydi.
So‘g‘d va Toxaristonda ilk o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan dinlar orasida albatta zardushtiylik va buddaviylik yetakchilik qilgan bo‘lib, ular orasida ikkinchisi borgan sari keng yoyila borgan. Garchi hozirgi kunda arxeologik materiallarda o‘z isbotini topmagan bo‘lsa-da, ilk o‘rta asrlarda So‘g‘dda buddaviylik o‘z ta'sirini ko‘rsatganini tasdiqlaydigan yozma ma'lumotlar mavjud. Jumladan, “Tan-shu” yilnomasida Samarqand hukmdorligidagi diniy e'tiqodlar bilan bog‘liq “Buddaviylik qonuniga amal qilishadi. Zaminning yomonlik ruhiga iltijo qilishadi. Yuqori darajadagi mahoratga ega dastgohlar yasashadi. O‘n birinchi oyda childirma [chalishadi] va [raqs] tushib ilohdan sovuq [yuborishi]ni so‘rashadi, vaqtichog‘lik qilib bir-birlariga suv sepishadi»1 mazmunida ma'lumot uchrab, ushbu ma'lumotdan har ikkala dinning o‘zaro qorishgani payqaladi. Ya'ni yilnomada “Buddaviylik qonuniga amal qilishadi” deb urg‘u berilishi bilan birga uning ortidan “Zaminning yomonlik ruhiga iltijo qilishadi O‘n birinchi oyda childirma [chalishadi] va [raqs] tushib ilohdan sovuq [yuborishi]ni so‘rashadi, vaqtichog‘lik qilib bir-birlariga suv sepishadi” mazmunida ma'lumot berilishi
So‘g‘dning markaziy hoqimiyati mavqeidagi Samarqandda buddaviylik davlat darajasidagi e'tiqodga aylanganini, biroq mahalliy diniy an'analar ham unutilmaganini ko‘rsatadi. So‘g‘dning nisbatan chekka hududlarida esa zardushtiylik e'tiqodi nisbatan kuchli saqlangan bo‘lib, “Bey-shi» va «Suy-shu» yilnomalarida Sao (Ishtixon yoki Kabudon) hukmdorligidagi diniy e'tiqod bilan bog‘liq keltirilgan quyidagi ma'lumot bu fikrni tasdiqlaydi: “Ushbu hukmdorlikda Desi ruhi bor bo‘lib, G‘arbiy dengiz (Kaspiy) sharqda joylashgan o‘lkalardagi butun hukmdorliklar unga sig‘inadilar har kuni unga beshta tuya, o‘nta ot va yuzta qo‘y qurbonlik qiladilar. Qurbonlik keltiruvchilarning soni ba'zan bir necha ming kishidan oshadi va qurbon qilingan (mollar)ni yeb tugatishning iloji bo‘lmaydi”2. Ushbu diniy urf-odatlar buddaviylik an'analaridan tubdan farq qilib, aftidan bu yerda ko‘proq mintaqaning o‘troq aholisiga xos zardushtiylik va ko‘chmanchilarga
xos an'analar (ehtimol, Tangrichilik) o‘zaro qorishgan bir diniy e'tiqodi tizimi shakllangan edi.
V-VI asrlarga oid ostadon (ossuariy)lar bilan dafn etish marosimlarining izlari Buxoro vohasidan aniqlanmagan. Bunday dafn marosimlari Toxaristonda esa juda kam uchraydi. Xususan, Hisor vodiysidan topilgan astadonda so‘g‘d yozuvlari aniqlangan. So‘g‘d va Toxaristonda ba'zi hollarda astadon o‘rniga xumlarga dafn etish marosimlari ham aniqlangan. Tadqiqotchilar orasida ostadonlarga dafn etish Toxariston emas, So‘g‘d uchun xos bo‘lgan, degan fikrlar ham bor3.
Buddaviylik asosan mintaqaning janubiy hududlariga yoyilgan edi. Ilk o‘rta asrlar davrida Termizga buddaviylik markazlari Qoratepa va Fayoztepa, Qubodiyon (Kobadiyon)dagi, Amudaryo bo‘yida joylashgan Ushturmullo monastiri vayronaga aylanib, tashlab ketiladi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu holat avvalo Eron sosoniylarning bosqinchilik harakatlari, keyinroq esa, Eftaliylar olib borgan siyosat bilan bog‘lanadi4. Ammo, bu hududlarga buddaviylikning kirib
kelishi eftaliylar bilan bog‘liq holda kechmagan.


Nasroniylik (xristianlik) dini masalasiga keladigan bo‘lsak, bu din O‘rta Osiyoga ancha ilgari kirib kela boshlagan. Ayrim tadqiqotchilar bu holatni Sosoniylar Eronida nasroniylarning ta'qibga uchrab, Sharqqa ko‘chishlari bilan bog‘laydilar. O‘rta Osiyo mintaqasida nasroniylarning markazi Marv shahri edi. Xususan, Gyaur qal'ada nasroniylarning ibodatxonasi, ko‘hna Marvda esa nasroniylarning qabristoni qazishmalar orqali aniqlangan. Bu dinning Marv vohasida keng yoyilganligi haqida ko‘plab ma'lumotlar mavjud.
Bolaliktepa — termizshohlar qalʼaqasri harobasi (5—6-asrlar). Termiz shahridan 30 km shim.da. Katta va kichik tepaliklardan iborat boʻlgani uchun shunday atalgan. Buni sanʼatshunosarxeolog L.I.Albaum oʻrgangan (1953— 55). Qalʼaqasr toʻrtburchak shakldagi paxsa poydevor (30×30×6 m) ustiga xom gʻisht
(50×30×10 sm) dan qurilgan boʻlib, 16 xonadan iborat (ulardan 11 tasi 5-asrda, 5 tasi VI-asrda bunyod etilgan). 
Tashqariga qaragan xonalarning devorlari nishon tuynukli. Eng katta xona oʻrtasiga xom gʻishtdan davra tarhli otashkada (diametri 1,2 m, bal. 60 sm) ishlangan. Undagi kul qoldiqlari ichidan kuygan bugʻdoy doni va oʻrik danaklari topilgan.
Xonalardan sopol va shisha idishlar, turli musiqiy asbob boʻlaklari, naqshinkor chilim, taqinchoqlar qadalgan ipak kiyimlar parchasi, chordana qurib bola emizayotgan ayol tasviri tushirilgan shisha turunj (medalon), yogʻoch qoshiq va boshqa topilgan. Xonalardan birida devorlarida toʻy marosimi aks ettirilgan devoriy rasmlar topilgan.
Angorda mil.avv.VI-IV asrlarda axoli manzillari paydo bo’lgan. Kushon podsholigi davrida I-III asrlarda dehqonchilik manzillari paydo bo’lgan.Zartepa qal’asi Angorning markazi bo’lgan. VI-VII asrlarda qal’alar, qo’rg’onlar vujudga kelgan.O’tmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qo’nib o’tadigan qishloq hisoblangan.Angor tumani shimolda Qiziriq,g’arbda xotinrabod dashtlariga tutashgan,shimolda Xovdog’ bilan tutashgan.janubi sharqida qoraqir qirlari bor.Ular orasida Kattaqum joylashgan.Iqlimi quruq subturopik iqlim. Qishi qisqa iliq Yanvarning o’rtacha harorati 2-3 gradus hisoblanadi.Yozi issiq davomli iyulning o’rtacha harorati 31-32 gradus yiliga 120-130 mm yog’in tushadi.Vegetatsiya davri 300 kun . Tuman hududining g’arbiy qismida sherobod daryosining quyi qismi oqib o’tadi.Zang kanalidan tarmoqlaridan ariqlardan yerlari sug’oriladi.Tuprog’I asosan bo’z taqir qumloq tuproqlar keng tarqalgan.Tuproq sho’rlanishini kamaytirish uchun tuman hududi bo’ylab shimoli sharqdan janubi g’arb yo’nalishida zavur qazilgan.Qadimgi davrda bu yerlarda asosan sho’ra jing’il yantoq qiyoq qamish Burgan kabi cho’l o’simliklari o’sgan.Tuman hududining asosiy qismi o’zlashtirilganligi sababli cho’ldashta xos yavvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi.Axolisining asosiy qismi o’zbeklar shuningdek tojik turkman rus tatar yohudiy va boshqa millatlar yashaydi.bir kvadrat kilometrga 218 kishi to’g’ri keladi.Axolisining 90 foizidan ortig’ini qishloq axolisi tashkil etadi. O’zi viloyat hududida kushonlar davriga oid 130 ta yodgorlik mavjud bo’lib shundan 80 tasi qishloqlar ko’rinishidagi manzilgohlar xisoblanadi.Kushonlar davrida markazlashgan davlatning qaror topishi xo’jalikning ravnaqiga sabab bo’lgan.Bu davrda ham ziroatchilikning g’allachilik paxtachilik bog’dorchilik va polizchilik sohalari jadal rivojlanadi.Tog’ va tog’oldi hududlarida lalmikor dexqonchilik ho’jaligi ravnaq topadi.Hatto Baqtriya shishasozlari 420-yilda Xitoy poytaxtida turfa rangdagi shishalar tayorlab xitoyliklarni lol qoldirgan.Kushonlar davrida xo’jalikning ravnaqi savdo sotiqning rivojiga ham turtki bulgan.Xususan shu davrda Baqtriya savdogarlari Parfiya,Rim,Xitoy va Hindiston mamlakatlariga borib savdo qilganlar.Rimning Pompey shahri xarobalaridan Kushon tangalarining yoki Xayrobot tepedan imperator Neron tangalarining topilishi yuqoridagi fikrning isbotidir.Bu davrda Surxon vohasi savdo yo’llari o’zaro tutashgan hudud bo’lib,albatta bu holat o’lkaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga katta ijobiy ta’sir o’tkazgan.Kushonlar davrida madaniy hayot ham yuksaklikka bo’y cho’zgan.Podsho Kanishka zamonidan boshlab boxtar tili davlat tili deb e’lon qilinadi.Kushonlar davrida me’morchilik ancha yuksalib turar joy binolari ibodat honalar va saroylar qurish ancha avj oladi.
Kofirqal’a shaharchasi – Darg‘om kanalining chap qirg‘og‘ida, Afrosiyobning janubiy tomonida, Samarqand shahridan 18 kilometr janubda joylashgan. Shaharchaning umumiy maydoni 16 gektar bo‘lib, uch qismdan - ark, shahriston va rabotdan iborat edi. Ark o‘lchamlari 76x76 metr, balandligi 25 metrli kvadrat shaklida bo‘lib, tomonlari 360 metrni tashkil etgan. Rabotning esa katta qismi hozirda ekin maydoniga aylantirilganligi uchun uning aniq hajmi noma’lum.
Ushbu yodgorlikda 1991 yildan buyon dastlab Yahyo G‘ulomov nomidagi Arxeologiya institutining arxeologiya guruhi, O‘zbekiston-Italiya xalqaro qo‘shma ekspeditsiyasi, hozirda esa O‘zbekiston-Yaponiya xalqaro qo‘shma ekspeditsiyasi olimlari hamkorlikda qazishmalar olib bormoqda. Asosiy arxeologik qazishmalar shahar Arkida bajarildi. Ark uncha baland bo‘lmagan tabiiy tepalik ustida joylashgan bo‘lib, atrofi mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, to‘rt burchagida to‘rtta aylana minorasi bor. Arkning ichiga uning janubiy tomonida barpo qilingan osma ko‘prik orqali kirilgan. Arkning atrofida chuqur xandaq qazilgan va unda hamisha suv turgan. O‘n yildan ortiq vaqt mobaynida Arkning ichidagi ayvon, hashamatli zal, hukmdorga mo‘ljallangan taxtxona va boshqa inshootlar o‘rganildi. Bu yerda saqlangan madaniy qatlamlar asosan uch davrga mansub bo‘lib, birinchi davr VII-VIII asrlarga, ikkinchi davr VIII asrning ikkinchi yarmiga, uchinchi davr X-XII asrlarga oid. Arkning birinchi qurilish davri VII asr oxiri VIII asrning birinchi yarmiga mansub. Bu davrda Kofirqal’a Arki gumbazsimon yo‘lakli devor bilan o‘ralgan saroy tarzida, o‘ta mustahkam monumental inshootga aylangan. Yo‘g‘on yog‘och ustunlar daraxtdan yasalgan tagkursilar ustiga o‘rnatilgan. Qazishmalar jarayonida shu narsalar ma’lum bo‘ldiki, Arkning ichi nihoyatda boy va rang-barang yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan. Yog‘ochlarda inson shakllari bilan birga, har xil o‘simliksimon hamda nafis geometrik naqshlar ishlangan. Kofirqal’a Arkining birinchi qurilish davrini qazish paytida ko‘plab noyob osori-atiqalar qo‘lga kiritildi. Shulardan biri loydan yasalgan bullalardir (bulla – muhr, hukmdor yoki amaldor muhrining loydagi nusxasi). Bullalar o‘ta noyob arxeologik topilma bo‘lib, odatda hukmdor yoki yirik amaldorlarga aloqador yodgorliklarda uchraydi.
Masalan, teri yoki qog‘ozga yozilgan hujjat rulon shaklida o‘ralib, ma’lum joyidan teshilgan. Teshikdan ip o‘tkazilib, ipning ikki uchi pishitilgan xom loyda birlashtirilgan. So‘ng­ra loyga muhr bosilgan. Loy qurigach, hujjat kerakli manzilga jo‘natilgan. Har bir bullada muayyan xos tasvir bo‘lgan.
Qofirqal’adan topilgan bullalardagi tasvirlarni uch guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga odamlar tasviri, ikkinchi guruhga hayvonlar va qushlar tasviri, uchinchi guruhga tamg‘a yoki har xil geometrik tasvirlar tushirilgan. Odam boshi tasvirlangan bullalarda yozuv bitilgan bo‘lib, tasvir anchayin aniq ifodalangan. Ushbu bullalarni tahlil qilgan olimlarning fikricha, bu tasvirlarda hukmdor, vazir va yirik amaldorlarning asl qiyofasi aks ettirilgan.
Ajinatepa VII-VIII asrlarga oid monastr bo‘lib, kvadrat shakldagi ikki qismdan iborat. Ulardan bir bo‘lgan hovlining atrofini xonalar band etgan. Ayvon orqali dahmezlardan xonalarga kirilgan. Xonalar odatda budda xaykalchalari bilan bezatilgan. Hovli O‘rtasida stupa joylashgan.



Download 52.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling