Mavzu: Shimoliy Toxaristonning ilk o’rta asrlar arxealogik yodgorliklari. I bob
Download 52.64 Kb.
|
shaxboz2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari.
- Tadqiqot obekti
Kurs ishining maqsadi. Shimoliy Toxariston tarixi va u yerdagi yodgorliklarni tadqiq etgan oʻzbek va tojik arxeologlari, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa. mamlakatlarning olimlari olib borgan tadqiqotlar Toxariston. Oʻrta Sharqning yirik iqtisodiy va madaniy markazi boʻlganligini koʻrsatdi. Toxariston Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari, Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq bilan savdo va madaniy aloqalar oʻrnatgan. Kushonlar va ilk oʻrta asrlarda Toxariston. Markaziy Osiyoda buddaviylik, shuningdek, moniylikning rivojlanishi va tarqalishida muhim rol oʻynagan. 9—13-asrlarda Toxariston islom madaniyati va ilmining markazlaridan biri boʻlganini ko’satadi. Kurs ishiham bu yo'nalishdagi ma'lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,Shimoliy Toxariston va uyerdagi yodgorliklar haqida o’rganilmagan malumotlar ancha bo’lib kurs ishini yozishda bu yo’nalishnidagi manbalarni chuqurroq o’rganishni ko’zda tutadi. Ushbu ishning ilmiy ahamiyati o'rganilayotgan Shimoliy Toxariston ilk o’rta asrlar arxealogik yodgorliklari mavzu bo'yicha mavjud ilmiy-uslubiy bazani optimallashtirish va tizimlashtirishdan iborat. Tadqiqot ob'ekti- Shimoliy Toxaristonning ilk o’rta asrlar arxealogik yodgorliklari o’rganilishi. Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kirish, 2 ta bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalar hamda 40 betdan iborat. I BOB Shimoliy Toxaristonning ilk o’rta asrlarda ijtimoiy iqtisodi va madaniy hayoti. Toxariston o’rta sharqning iqtisodiy va madaniy markazi. Eramizning I-IV asrlarida hukmronlik qilgan Kushon imperiyasi davrida Surxondaryo vohasi iqtisodiy, madaniy jihatdan taraqqiy etadi. Ammo III asrning ikkinchi yarmida saltanatda yuz bergan kuchli to'qnashuvlar, imperiyani halokat yoqasiga olib keladi. Kushon saltanati Eron Sosoniylari qo'shinlari tomonidan mag'lubiyatga uchragach, uning yerlarida bosqinchilarga qaram viloyat tashkil etiladi. Bu yerlar asosan Baqtriya - Toxariston hududiga to'gri keladi, viloyatni asosan sosoniy shahzodalar idora qila boshlaganlar. Mamlakatimiz tarixida alohida e'tiborga ega bo'lgan Tohariston mil.avv. I ming yillikning so'nggi II-I asrlariga kelib mintaqaning Baqtriya qismida Toxariston vujudga keldi. Toxariston tarixiy manbalarda milodiy 338 yildan boshlab uchrasada, lekin tohar(yuyechjey)lar o'z hukmronligini o'rnatgan. Yuyechjeylar xunlar tazyiqidan qochib, Baqtriya hududiga kelib joylashdilar, miloddan avv. 130 yil toharlar Baqtriyaning yunonlar ta'siriga uzil-kesil chek qo'ydi. Ular Amudaryoning o'ng qirg'og'ida joylashgan hududlarni hamda Surxon vohasining qo'yi oqimidagi viloyatlarni o'z tasarruviga oldilar. Xitoy tarixchilarining manbalariga asoslanib, Toxariston shimoldan kirib kelgan toxarlar (yuyechjiylar) hamda mahalliy mavqeiga ega bo'lgan 5 ta siyosiy xonadon tomnidan boshqarilgan. Bular Xiyumi, Shuanmi, Guyshuan (Kushon), Xaytun, Gaofu xonadonlari. Ularning har biri ustidan turuvchi sardor yabg'u (jabg'u) unvoniga ega bo'lgan rahbarlar ishni boshqargan. Toxariston siyosiy-ma'muriy boshqaruvida Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Yuyechjiy aslida ko'chmanchi davlat ahli mol-holi bilan bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yuradi, urf-odatlari xunlarnikiga o'xshash bo'lgan. Toxaristonda toxarlar iqtisodiy va madaniy hayotga ko'p aralashmay mahalliy sulolalardan soliq olish hisobiga yashaganlar. Baqtriya Toxaristonda 1 millionga yaqin aholi yashab, mamlakatda sun'iy sug'orish, hunarmandchilik, quruvchilik, to'qimachilik ancha rivojlangan. Buyuk ipak yo'lining rivojlanishi natijasida janubiy Yevropa, Kichik Osiyo, Hindiston bilan bog'laydigan savdo-sotiq yo'llari rivojlandi. Toxariston bilan Xitoy o'rtasida iqtisodiy savdo aloqalari ancha taraqqiy etdi va ushbu hududda iqtisodiy-madaniy taraqqiyot ancha yuksaldi. Xitoy sayyohi Chjan Syanning taxminan mil. avv. 128 yil ma'lumotiga qaraganda yuyechjiylar Toxaristonda tinch hayot kechirishib, ular xunlarga qarshi urushga qatnashishga rozi bo'lmaydilar. Toxariston milodiy I-IV asrlarda dong taratgan Kushonlar imperiyasining tashkil topishda alohida hissa,qo'shganlar.IV asrning 60-70-yillarida Shopur II Markaziy Osiyo yerlariga shimoldan kirib kelgan xioniylar bilan kurash olib boradi va ikkinchi marotaba yengiladi. Milodiy 380 yilda xion qabilalarining harakati tufayli Shimoliy Toxaristonda xion qabilalarining mustaqil viloyati vujudga keladi. Sharqiy Toxaristonda esa eftaliylar uyushmasidan iborat birlik tashkil topadi. Mamlakatimiz tarixida alohida o'rin tutgan eftaliylar davlati ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar qatorida ajralib turgan. Eftaliylar siyosiy hukmronligi V asr va VI asrning ikkinchi yarmiga qadar mavjud bo'lgan. Eftaliylar haqida xitoy, hind, fors, arman, suriya, lotin tarixiy manbalari ma'lumot beradi. Xitoy manbalarida Eftaliylar ida, iyada, idan, idyan atamalari bilan, suriya va lotin manbalarida eptal, abdal; arman manbalarida idal, tetal, xeptal; arab va fors manabalarida haytal, yaftal, hatal; hind manbalarida huna kabi nomlar bilan qayd etilgan. Xitoy manbalarida eftaliylarni yuyechji yo uyg'ur qabilalariga tegishli ekanligi ta'kidlab o'tiladi. Vizantiyalik tarixchi Prokopiy eftaliylar xunnlardandir, tanalari esa oq, deb ma'lumot beradi. Pahlaviy yozuvida bitilgan «Bahman-Yasht»dagi manbada Erondagi podshohlik va oliy hokimiyat eroniy bo'lmagan qulvachchalarga, ya'ni xion, turk, haftal (eftal), tibetliklar qo'liga o'tdi. Shuningdek «Bahman-Yasht»da lo'nda qilib eftaliylar eroniy emas, deb yozib qo'yilgan. Xitoy manbalarida Idan (eftaliylar) sulolasi Xan sulolasi davridan ma'lum katta Yuyechji avlodidir. Daxya (Baqtriya) bu Tu xo la (toxariston) demakdir. Bu yerlik hukmdorlarning nomi Iede (Eftal, eftalan, eftalit) bo'lib, bu nom bilan davlat nomi atalgan. Eftal avlodlari mamlakatni mustahkamlash uchun bir qator muhim islohotlar o'tkazib, o'zlarini hukmron mavqelarini ancha mustahkamlab oldilar. Taxminan 457 yili Vaxshunvar (Axshunvar) boshliq Eftaliylar Chag'oniyon (Surxondaryo viloyatining Termizdan yuqori qismlari), Toxaritson, Badaxshonda o'z hokimiyatlarini o'rnatdilar. Rim tarixchisi Prokopiy (VI asr)ning yozma manbalarida «Eftaliylar davlatni qonunlar asosida boshqaradilar», deb ta'kidlaydi. Chunki davlatni ma'muriy-siyosiy jihatdan boshqarish uchun mukammal qonunchilik hamda qattiqqo'l siyosiy boshqaruv tizimi mavjud bo'lgan. Eftaliylar davrida mintaqada so'g'dcha, xorazmcha, buxorocha, karoshti (kxaroshtxi), eftaliycha yozuvlar madaniy jarayonga o'z hissasini qo'shgan. Eftaliy yozuvi haqida chinlik Syuan Szan quyidagicha ma'lumot keltiradi: «Yozuvlaridagi asosiy harflar soni yigirma beshta bo'lib, ular yordamida iboralar, so'zlar yasaydilar. Sahifaga xatni eniga tushiradilar, chapdan o'ngga qarab o'qiydilar». Eftaliylar davlatidagi xalqlar zardushtiylik, qadimiy e'tiqodlardan Siyovush, Anaxita, Mitraga, Buddoviyparastlik (asosan Shimoliy Hindistonda) kabi dinlarga e'tiqod qilgan.Sosoniylar Eroni Toxariston yerlarini yana qaytarib olish uchun harbiy harakatlar olib boradi. Xususan, Yozdigard II davrida bu harakatlar yanada kuchayadi. Arman tarixchisi Yegishe Vardanetning yozishicha, Sosoniylar shohi Xoiniylar bilan ikki yil kurash olib borib, ularni bo'ysundira olmagan. Sharqiy Toxaristondagi boy berilgan yerlarni qaytarib olish uchun Eftaliylar bilan Sosoniylar o'rtasidagi to'qnashuvlar V asrning 30-yillaridayoq sodir bo'lgan edi. Arman tarixchisi Vardanetning yozishicha, V asrning 50-yillarida Eftaliylar ittifoqining kuchayib ketishi natijasida, ular janubdagi yerlarga qarab siljiy boshlaganlar. Taxminan 457 yilda Vaxshunvar boshchiligidagi Eftaliylar Chag'oniyon, Toxariston, Badaxshonda o'z hokimiyatini,o'rnatadilar.Eftaliylar VI asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyoning bu katta qismini birlashtirgan kuchli davlat tuzadi. Qisqa vaqtga bo'lsa-da, o'z davlatining asosiy o'zagini tashkil etgan Toxariston yerlarini Sosoniylar Eroniga qaramlikdan saqlab qola oladi. 563-567 yillarda turk xoqonligining hujumi tufayli Eftaliylar mag'lubiyatga uchraydi, ammo Eftaliylar hukmronligi Chag'oniyonda saqlanib qoladi. Turk haqoni Istemi va Xusrav I Anushervon orasida tuzilgan shartnomaga ko'ra Xusrav I Anushervon 571 yili Chag'oniyonni va Eftaliylarga qaram bo'lgan boshqa joylarni oladi. Shu tariqa, Chag'oniyon deyarli yetmish yil Eftaliylar davlati tarkibida bo'ldi. Chag'oniyon Eftaliylar tarkibida ham, Sosoniylar davlatiga kirganda ham muayyan darajada mustaqil bo'lgan. Qizig'i shundaki, Xusrav Anushervon egallagan o'sha vaqtdagi barcha Baqtriya viloyatlari orasida ad-Dinovariy faqat Taxoriston va Chag’aniyonni aytadi. O'zbekiston janubining Eftaliylarga bo'ysunganligini Peruz tangalariga taqlidan yasalgan eftalit tangalarining Termiz, Xayrobodning barcha hududidan topilganligi ham tasdiqlaydi. Bir muncha keyinroq, aniqrog'i VII - VIII asrlar birinchi yarmida Chag'oniyonda Chochning turkiy hokimi va Markaziy Osiyoning boshqa viloyatlari hukmdorlari tangalariga taqlidan zarb qilingan. Bu tangalarning old tomonida hukmdor va uning rafiqasining tasviri, orqa tomonda esa yuqori va pastki uchlari ilgaksimon romb shaklidagi tamg'a bo'lgan. Sosoniylar zarb qilgan tangalarga taqlidan yaratilgan oldingi tangalar bilan Chochning turkiy hukmdorlari tangalariga taqlid qilib zarb etilgan mazkur tangalarning bir-biridan keskin farq qilishiga asoslanib, Chag'oniyonda VII asrning birinchi yarmida hukmdor sulolalar almashuvi sodir bo'lgan va oldin hukm surib kelgan Eftaliylar sulolasi o'rniga bu yerda hokimiyatga turkiy sulola kelgan, deyish mumkin. Ammo Chag'onxudotlarning eski sulolasi o'z mavqelarini saqlab qolgan holda Sosoniylarga emas, balki 589 yilda Toharistonga kirib kelgan turklarga moslashib olgan degan taxmin bor, chunki turklar bir necha marta Toharistonga bostirib kelganlar. Qoon Tun Yobg'u davrida (618--630) Tohariston uzil-kesil turklarga qaram bo'ldi. Turkiy qabilalar Toharistonga, ayniqsa, uning shimoliy qismiga ko'plab kirib borgan. Mazkur jarayonlar yuz bergan vaqtda Surxon vohasi Toxaristonning shimoli-g'arbiy qismini tashkil etgan. Xitoy manbalarida (Syuan-Szyan, Xoy-Chao tafsilotlarida, VII-U1II asrlar) Shimoli-g'arbiy Toxariston yerlarida Termiz va Chag'oniyon mulkliklari mavjudligi tilga olib o'tiladi. Termiz Amudaryoning o'ng qirg'og'idagi yerlarni va hozirgi Angor, Jarqo'rg'on tumanlarini o'z ichiga olgan. Chagoniyon esa Chag'onrud (Qizildaryo) daryosining yuqori havzasidagi yerlarni, Hisor va Bobotog' tog' oldi maydonlarini o'z tarkibiga olgan. Mulkchilikning markaziy shahri Budrachtepa o'rnida joylashgan, shuningdek, bu davrda Kuftan mulkligi ham bo'lib (bu arxeologik dalillarga ko'ra, Sherobod vohasiga to'g'ri keladi), uning poytaxti Xushvara deb atalgan. VII asr o'rtalarida Xurosonni istilo qilishni tugallagan arablar Toxariston yerlariga ham harbiy harakatlarini boshlaydilar. 651 yilda arablar bilan bo'lgan jangda chag'oniyonliklar ham ishtirok etadilar. 652 yil boshida Xuroson noibi Abdulloh ibn Amir Chagoniyonni egallashga muvaffaq bo'ladi. 676 yilda Xuroson noibi Said ibn Usmon Termizni bosib olib, shaharni talon-toroj qiladi. Arablar tomonidan olib borilgan bu harbiy harakatlar vaqtinchalik muvaffaqiyatlar bo'lib, hali ular keng miqyosdagi harakatlar uchun hozirlik ko'rmoqda edilar. 689 yilda arablarning isyonkor qaysim qabilasining rahbari Abdulloh ibn Xozimning o'g'li Muso ibn Abdulloh kichik harbiy guruh bilan Termizni qo'lga olib, Termizshohni shahardan quvib chiqaradi. Mahalliy aholi orasida katta obro'ga ega bo'lgan Sobit ibn qutba al-Xuzanning Muso ibn Abdulloh tomoniga o'tishi va uni qo'llab-quvvatlashi natijasida Muso arab xalifasi uchun soliq yig'uvchilarni Movarounnahrdan haydab chiqarishga muvaffaq bo'ladi. Bu yig'imlarning, ya'ni oliq-soliqlarning Termizda to'planishi natijasida shahar arablarning Movarounnahrdagi markaziga aylanadi. 704 yili arab lashkarboshisi Usmon ibn Mas'udning so'g'd xukmdori va Xuttalon podshosi bilan birgalikda amalga oshirgan yurishi natijasida Muso ibn Abdulloh boshliq isyonkorlar daf etilib, Termiz egallanadi. Arablar Movarounnahr yerlarini butunlay bosib olishga xalifa Abdumalik ibn Marvon (685-705) davrida kirishadilar. Ular Toxariston yerlarining mayda-mayda mulkliklarga bo'lingani va ular o'rtasida doimiy adovat mavjudligidan ustalik bilan foydalanadilar. 704 yili Chag'onxudot Tish Taliqon (Afg'oniston Taxor viloyati) shahriga oltin kalit va sovg'a-salomlar bilan tashrif buyurib qo'shni Shumon, Aharun mulkliklariga qarshi kurashlarda arablardan yordam so'ragan. Chag'oniyon hukmdorlari arablarning harbiy yurishlarida ishtirok etgan. Masalan, 706 va 709 yillarda Qugayba bin Muslimning Buxoro va Paykand yurishlari bunga misol bo'la oladi. Biroq hali arablar shu vaqtdan boshlab Chag'aniyonga mustahkam o'rnashib olishgan va islom bu joyda hukmron din bo'lib qolgan deb bo'lmaydi. Chunki viloyatda amaldagi hokimiyat bu yerda kamida yuz yildan buyon hukmronlik qilib kelgan Chag'onxudotlar qo'lida edi. Ayni paytda, arablarning Markaziy Osiyodagi boshqa viloyatlar hukmdorlari bilan olib borgan urushlarida chag'onxudotlar arablarga ko'mak ham berganlar. Chag'oniyon Toharistonda nisbatan yirik va qudratli viloyatlardan sanalgan va uning avloddan-avlodga o'tib kelgan o'z hukmron sulolasi Tohariston hukmdori bo'ladi. Chag'oniyon hududida ko'plab qishloqlar, yirik shaharlar bo'lgan, o'z pulini zarb qilib chiqargan. Bu viloyat shohlari boshqa davlatlar bilan diplomatik, diniy va sulolaviy aloqalar o'rnatganlar. Masalan, Afrosiyob saroyidagi devoriy yozuvlarda ta'kidlanishicha, V.A.Livshis o'qiganiga qaraganda, VII asrning ikkinchi yarmida Samarqandni boshqargan shoh Varxuman saroyiga Chag'oniyon hukmdori nomidan elchi kelgan. 737 yilda arab lashkarboshi Asad ibn Abdullohning Xuttalon va turk hoqoniga qarshi harbiy yurishida ham chag'onxudotlardan biri harbiy yordam bergan. Chag'oniyon hukmdori Muqanna boshchiligida ko'tarilgan qo'zg'olonga qarshi turgan. Shu sababli 775- 776 yillarda Muqanna lashkarboshilari Sarixamo va Garicha Termiz va Chag'oniyonni bir oy davomida talaganlar. Bu davrda Chagoniyon Toxaristonning yirik va qudratli mulklaridan biri bo'lgan. Chag'oniyon o'zining sulolaviy dinastiyasiga ega bo'lgan. Mulklikda ko'plab shahar va qishloklar bo'lgan, tanga zarb etilgan. Chag'oniyon shohining ko'plab davlatlar bilan diplomatik, diniy va sulolaviy aloqalar olib borganligi ba'zi manbalarda, jumladan, Afrosiyobdagi devor suratlarida ham aks etgan. VIII asrning to'rtinchi choragida abbosiylarning faol harakati tufayli Toxaristondagi barcha sulolalar tugatiladi. Termiz va Chag'oniyonda sodir bo'lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar Arab xalifaligi tarkibida bo'lgani sababli musulmon dunyosi mamlakatlari bilan uzviy bog'liq holda kechgan. 806-810 yillarda abbosiylarga qarshi ko'tarilgan Rafi ibn Lays qo'zg'olo-nini bostirishda Termiz va Chag'oniyon xalqlari ishtirok etishgan. IX asrdagi Termiz va Chagoniyonning siyosiy hayoti haqida ma'lumotlar kam saklangan. 821 yildan boshlab bu o'lkalar ham Toxiriylar davlati tarkibida bo'lgan. Buni Abdulloh ibn Tohir davrida yozilgan soliq ro'yxatida Termiz va Chag'oniyonni ham uchrashidan bilish mumkin. 820-913 yillarda yashagan Ibn Xordadbeh (asli ismi Abulqosim Ubaydulloh Xurdadbeh)ning «Kitob masolik ul-mamolik» («Yo'llar va mamlakatlar haqida kitob») nomli asarida: «Termiz daryo ?qasida, devorlarini Amuning suvi yuvib turadigan qoya ustida joylashgan», deb e'tirof etadi. Xuddi shu ma'lumot X asrda yashab ijod qilgan Abulfaraj Qudamaning «Kitob ul xiroj va san'at al-maktub» («Xiroj undirish va maktublar yozish san'ati haqida kitob») nomli asarida aynan takrorlangan. Yirik olim, qomusiy bilim egasi Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir at-Tabriy «Tarix ar-rusul val-muluk» («Payg'ambarlar va podsholar tarixi»), IX asrining ikkinchi yarim va X asrning birinchi choragida yashagan sayyoh va geograf olim Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad al-Forsiy al-Istaxriy (850-934) «Masolik ul-mamolik» («Mamlakatlarga olib boradigan yo'llar haqida») asarlarida ko'p mamlakatlar qatori Movarounnahr, xususan, Termiz viloyatining chegaralari, iqlimi, ma'muriy bo'linishi, aholisi va uning mashg'uloti, mashhur kishilari, savdo-sotiq masalalari haqida ma'lumot bergan. Ularda aytilishicha, Jayhun bo'yidagi Termiz qal'asi va shahriston shahar chekkasida joylashgan hamda mustahkam devor bilan o'rab olingan rabotdan iborat. Hukumdor saroyi qal'ada, qamoqxona (zindon) kuhandizda emas, shahristonda, ya'ni bozorning o'rtasida bo'lib, shu yerda jome' masjidi mavjud, nomozgoh (fuqarolar nomoz o'qiydigan joy) esa rabotda, ya'ni devorning ichkarisida qad ko'tarib turibdi. Shimoliy Toxaristonda ijtimoiy hayot va hunarmanchilik. Toxariston viloyatlarida V asr oxiri - VI asr boshlarida hashamatli binolari bo‘lgan alohida-alohida qo‘rg‘onlar yuzaga kelgan. Toxariston nomi qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila - yuechjilar nomidan olingan. Toxariston hukmdorlari dastlab “malikshoh”, keyinchalik “yabg‘u” nomi bilan atalgan. Toxariston aholisining asosiy qismi o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Hunarmandchilikda qurolsozlik, shishasozlik, to‘qimachilik yuksalgan. Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o‘rnatgan, o‘z chaqa-tangalari ichki savdo muomalasida yurgan.Shimoliy Toxariston shimolda Hisor tog‘laridan Amudaryogacha bo‘lgan keng hududdir, Janubiy Tojikiston va O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi.O‘rta Osiyodagi ikki daryo oralig‘idagi Transoksiana muhim rol o‘ynagan, Sosoniylar davlatining tashkil topgan 227 yildan toki qulagan 651 yilgacha bo‘lgan davrda, Sosoniylar davlatining siyosatida Shimoliy Toxariston muhim rol o‘ynagan.Bu yerda Sharqning ko’plab qudratli davlatlari –sosoniylar, eftaliylar, xiyoniylar, turklar, keyinchalik arablarning siyosiy manfaatlari toʻqnash keldi. Shimoliy Toxariston hududi uchun shiddatli kurashlar kechgan, O‘rta osiyodan Hindistonga,Hindistondan O‘rta Osiyoga o‘tadigan harbiy qo‘shinlar va savdo karvonlari,Shimoliy Toxaristonda joylashgan g‘arbiy Xisor tog‘laridan joylashgan Temir Darvoza joylashgan.Kushonlar davrida mustahkam qal‘a devorlari bilan himoyalangan, Kushonlar davlati chegarasi o‘tgan. Temir Darvozaning o‘ta muhim joyligini Syuan Szyandan tortib o‘rta asr xitoy,arab-fors, o‘rta osiyo va yevropa yozma manbalarida, turkiy run yozuvlarida keltirilgan.VII asr sayohatchisi Syuan-Szyan (taxminan 629-645 yillar) Toxaristonni yaxlit va uning tarkibiga kirgan ko'plab mulklarni tasvirlaydi, bu mulklar va alohida shaharlarning hajmini beradi. U shimoldan harakatlanib, Temir darvozalardan (Boysun tog ̳larida) o ̳tib, Tucholo—Toxaristonga yetib keldi. Unga ko'ra, Toxariston sharqdan g'arbga shimoldan janubga qaraganda 3 barobar uzunroq edi.Eng muhim tarixiy muammo -Sosoniylar va Shimoliy Toxariston –ikkita tub masalani yakunlaydi: 1. Turli tarixiy davrlarda Sosoniylar davlatining bu hududdagi hududiy doirasi 2. ularning zabt etishlarining boshlanishi va keyingi xronologiyasi. Ko'pgina olimlar bu muammoni hal qilishdi, ammo ularning barchasi o'z xulosalarida faqat yozma manbalardan olingan ma'lumotlarga tayangan.Holbuki, bu muammoni to'g'ri tushunish numizmatik va epigrafik ma‘lumotlar ishtirokisiz mumkin emas batafsil tahlil qilish,sizga V-asrda Shimoliy Toxaristonda sosoniylar mavjudligining tarixiy jihatdan haqiqiy nisbiy va mutlaq davriyligini boshlanishidan oldin qayta tiklashga imkon beradi.ShimoliyToxaristondagi qadimiy manzilgohlarni qazish natijasida topilgan numizmatik materiallar shuni ko‘rsatadiki, bu hududdagi tangalarda old tomonida Kushon shohi Vasudeva I Shiva bilan orqa tomonida buqa Nandi,Kanishka III tangalarida orqa tomonida Ordoxsho ma‘budasi tasviri tushirilgan tangalar ko‘plab uchraydiUlardan ko‘p miqdorda Shimoliy Toxariston hududidan topilgan.Stratigrafik jihatdan Kanishka III tangalari VasudevaI tangalari ustida joylashgan va shuning uchun Kanishka III Shimoliy Toxaristonni boshqargan oxirgi kushon shohi edi. Ehtimol, Kushon davlati qulaganidan keyin bir qancha vaqt oʻtgach ham bu tangalar bu yerda muomalada bo'lgan. Ammo, xuddi shu shohlar tomonidan tez orada o'sha tangalarni mis taqlidlari bilan almashtirildi. Kushonlar podshohlarining tangalari allaqachon yo’q bo’lgan, bu hududdagi ba‘zi tangalar xazinalari buni yorqin dalolat beradi. Bu jihatdan Dalverzintepa xazinasi ayniqsa dalildir, bu yerda Shopur I (241–272) draxmasi bilan bir qatorda faqat Kushonlar tangalariga taqlid qilingan: Vasudeva I - 6 nusxa. va Kanishki III -2 nusxa tangalari topilgan. Zartepadagi buddaviy stupadan 500 dan ortiq tangadan iborat katta xazinadan faqat Vasudeva I (300 nusxadan ortiq) va Kanishka III tangalarining taqlidlari bor edi. Qutlug'shaxtadan tangalar xazinasi ham xuddi shunday holat kuzatiladi. Shuning uchun ham Shimoliy Toxaristonda pul muomalasi tarixida shunday deb taxmin qilish mumkinki, Kushon podsholarining tangalarining faqat taqlidlari muomalasi bosqichi bo'lgan, ularning davomiyligi Kushon podsholigining qulashidan to bu davlat sosoniylar tasarrufiga kirishigacha bo'lgan bir necha o'n yilliklarni tashkil etgan. Tarixiy ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, kushon podsholigi qulaganidan so‘ng Shimoliy Toxariston Sosoniylarga qo‘shilgungacha bo‘lgan davrda kichik mulkliklar mavjud bo‘lgan. Bu bosqichda mayda mulkliklar mavjudligi va markazlashgan boshqaruv yo‘qligi Shimoliy Toxaristonni Sosoniylarning egallab olishiga olib keldi. Sosoniylar tomonidan Shimoliy Toxaristonni qachon bosib olinganligi haqida ko‘p narsalar aniq emas. Numizmatik ma‘lumotlar shuni guvohlik beradiki, Shopur I daxmasidagi sosoniy tangalari Dalvarzintepa va Xayrabodtepadan topilganlarga nisbatan oldinroq mavjud bo‘lgan. Eski Termizdagi Qoratepa buddist monastiridan olingan fors yozuvlari,"60" yoki "61" raqamlarini o'z ichiga olgan. Shu bilan birga, N.Sims-Vilyamsning yozishicha, Robning arxividan olingan hujjatlarga qaraganda Janubiy Toxaristonda kushon-sosoniylar davri milodiy 233-yilga to‘g‘ri keladi. Shimoliy Toxaristonda Sosoniylar davlatining uzoq muddatli va mustahkam bo‘lganligini bu davrda topilgan ko‘plab topilmalar, oltin va mis tangalar guvohlik beradi. Topilmalar va tanga xazinalari orasida, shu jumladan Surxondaryo vodiysidagi, tarixiy Chag'aniyon viloyati hududidagi Aliboytepaning ulkan xazinasi, jumladan, 1000 dan ortiq kushon -sosoniy tangalar namunalari va 100 dan ortiq Vasudeva I va Kanishka III tanglari shuningdek, Janubiy Tojikistondagi kushon-sosoniy tangalari topilmalari uchraydi. Vasrda Shimoliy Toxaristonning bir qator viloyatlarida o‘zlarining mustaqil tangalarini chiqara boshladi, bu o‘z vaqtida 150 yil hukmronlik qilgan sosoniy kushonshohlariga qarshi harakat bo‘lishi mumkin. Kushonlar sulolasi yozma manbalar asosida va tangashunoslik tadqiqotlari orqali o‘rganilgan, Kushonlar davrida chiqarilgan ilk tangalarning bir tomonida YunonBaqtriyaning so‘nggi podshosi Germey tasviri, ikkinchi tomonida esa-Kushonlar yabg‘usi Kujula Kadfiz degan so‘zlar bor. Demak,dastlab Kushon hokimlari o‘z nomlarini podsho {shoh} tushunchalari bilan bog‘lamaganlar.Ammo,Kushon davlati hududining kengayishi va siyosiy -harbiy ahamiyatining ortib borishi bilan birga tanga pullarda -shoh atamasi ko‘plab uchraydi.[2] Xulosa qilib aytganda ilk o'rta asrlar siyosiy tizimida Shimoliy Toxariston muhim o‘rin egallaganligini numizmatik va epigrafik manbalar ko‘rsatib turibdi. Ayniqsa, Shimoliy Toxaristonning muhim savdo yo‘lida joylashganligi,uning siyosiy nufuzini oshishiga sabab bo‘lgan. Poytaxti Balx shahri bo‘lgan. Toxaristonning ilk o‘rt а аsr mаhаlliy hokimliklari hаli yagоnа dаvlаtgа birlаshib mаrkаzlаshmаgаn edi. Toxariston aholisi budda diniga e’tiqod qilgan. O‘zining 25 harfli yozuviga ega bo‘lgan.Aholining asosiy qismi o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Toxaristonda ayniqsa qurolsozlik yuksalgan. Chokarlari kamon, gurzi, cho‘qmor, xanjar va shamshir bilan qurollanardi. Toxaristonda shishasozlik va to‘qimachilik ancha rivoj topganBu davrda Sug‘d, Xorazmva Toxariston aholisining alohida-alohida yozuvlari bo‘lgan. Qadimgi oromiy yozuvi asosida sug‘d va xorazm yozuvlari vujudga kelgan edi. Baxtar yozuvi asosida esa toxar yozuvi shakllangan edi. Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog‘och, sopolga va qog‘ozning bahosi nihoyatda baland bo‘lganligidan kamdan-kam hollarda qog‘ozga bitilardi. Ayrim bitiklar esa podsho saroylari va ibodatxona devorlariga hamyozilardi. Ular orasida elchilikmaktublari, xo‘jalik kirimva chiqimlari, yuridik shartnomalar, astronomik hujjat, tarixiy yodnomalar hamda diniy aqidalar bitilgan nodir qo‘lyozma topilmalar bor. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan Sug‘d yozuvlari Panjikent yaqinidagi Qal’ai Mug‘da, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etilgan. Ularda Sug‘dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodlari xususidamuhimma’lumotlar keltirilgan. Sug‘dda o‘g‘il bolalar besh yoshga to‘lgach, yozuv va hisobga o‘rgatilar, so‘ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishlarini o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga jo‘natilar edi. Sug‘d xati asosida uyg‘ur va turk yozuvlari shakllangan. Uyg‘ur yozuvidan esa o‘z navbatida keyinchalik mo‘g‘ul va manjur xatlari paydo bo‘lgan. Sug‘diylarning kattagina guruhi doimo turk xoqonlarining qarorgohida yashagan. Ularning ayrimlarisaroy a’yonlari va ma’murlari qatoridan o‘rin egallab, maslahatchi, elchi, xat va savodga o‘rgatuvchi ustoz vazifasini bajarganlar. Shuningdek, ko‘k turk xati ham qo‘llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38—40 harflardan iborat edi. U tosh va yog‘ochlarga o‘yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko‘k turk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg‘ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o‘rganilgan. Ular qabr toshlari, sopol va metall buyumlar, yog‘och hamda tanga pullarga bitilgan. Taliqon o‘rta asrlarda Toxaristonning poytaxti bo‘lsa-da, Balxdan 3 marta kichik edi. Taliqon Qunduzdan sharqda, Qunduzdaryo irmog‘i Taliqon daryosi bo‘yida joylashgan. Taliqon mustahkam istehkomli, savdo yo‘llari kesishgan yerda joylashgani uchun obod va boy shahar hisoblangan. O‘rta asrlarda uni, shuningdek, “Xuroson Taliqoni” deb ham atashgan, chunki ayni vaqtda bu nomdagi yana 2 shahar Qazvin vaReya viloyatlarida hambo‘lgan. Mahmud ibn Valining yozishicha, Maymana viloyatidagishahar ham Taliqon deb atalgan. Firdavsiyning “Shohnoma” sida Taliqon shahri Afrosiyob podsholigi davri voqealari munosabati bilan qayd etilgan. Qadimda Taliqon atrofida chegara, tosh minorasi bo‘lgan, uni sosoniylar shohi Varavran V (421 438 hukmronlik qilgan) bunyod etgan. Arablar istilosi arafasida Taliqon alohida bir mulk bo‘lib, uni Sahrak yoki Suhrob nomli shoh idora etgan. X asrda Taliqon shahri Guzganon viloyati shohiga tobe bo‘lgan. XII asrda Taliqon manbalarda yana Xurosonning alohida viloyati tarzida qayd etilgan va unga bir qancha shahar va qishloqlar qaragan. Taliqon qal’asi o‘rta asrlarda Mansurko‘h yoki Nusratko‘h deb nomlangan. U juda mustahkam bo‘lib, XIII asrda Chingizxon qo‘shinlari uni kuch bilan egallay olmay, 7 oy qamal qilib olishga majbur bo‘lishgan. Amir Temur va temuriylar davrida Taliqon dastlab Pirmuhammad ibn Jahongir mulki,so‘ngra Shohruh davrida uning o‘g‘liIbrohimSultonga tegishli bo‘lgan. XVI asr oxirida Taliqonni temuriy Sulton Mahmud Mirzo va Xisravshohning noiblari idora etishgan. 1503-1504-yillarda Toxariston va Badaxshonning katta qismini Shayboniyxon qo‘shinlari bosib olganda bu viloyatlar Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonga in’om etilgan. Shayboniyxon o‘limidan so‘ng (1510) Toxariston vaBadaxshonning katta qismi yana temuriylar (Mirzaxon o‘g‘li Sulaymonshoh) tasarrufida bo‘lgan.Biroq uning nabirasi va vorisi Shohruh Mirzo davrida TaliqonBadaxshon shohlaridan Shoh Imod qo‘liga o‘tgan. XIII asr boshida Toxariston mo‘g‘ullar istilosi natijasida vayron qilingan. O‘zbek va tojik arxeologlari, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning olimlari olib borgan tadqiqotlarToxariston O‘rta Sharqning yirik iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lganligini ko‘rsatdi. Toxariston O‘rta Osiyoning boshqa viloyatlari, Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq bilan savdomadaniy aloqalar o‘rnatgan. Kushonlar va ilk o‘rta asrlarda Toxariston O‘rta Osiyoda buddaviylik, shuningdek, moniylikning rivojlanishi va tarqalishida muhim rol o‘ynagan. IX-XIII asrlarda Toxariston islommadaniyati va ilminingmarkazlaridan biri bo‘lgan. Bilamizki, Termiz qadim-qadimdan savdo markazi edi, zero bu yerda hunarmandchilikning turli sohalari taraqqiy etdi, shahar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar qo'shni davlatlarga chiqarilgan. Bu davrda Termiz o'zining topografik qiyofasi, aholisining kasb-kori, ichki va tashqi aloqalari bilan o'rta asr sharqining hunarmandchilik va gavjum savdo markaziga aylanadi. Hunarmandchilikning rivoj topib, uning turli-tuman tarmoqlari bo'yicha ixtisoslashishning kuchayishi, shaharlarning tarixiy topografiyasini ham o'zgartirib yubordi. Shahar hunarmandchilik mahallasining soni ortib, kasb-hunar bilan bog'liq bo'lgan yangi-yangi guzarlar, ko'chalar, bozor rastalari vujudga keldi. Shaharda zargaron (zargarlik), misgaron (misgarlik), suzangaron (ignasozlik), shishapazon (shisha pishiruvchilar) kabi hunarmandchilik sohalari bilan bir qatorda to'qimachilik va binokorlik yetakchi o'rinni egallay boshladi. Download 52.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling