Mavzu: Shina turlari va iyerarxiyasi. Reja: Kompyuter shinasi haqida umumiy tushuncha. Kiritish/chiqarishni shinali tashkil qilish
Portlar hususiyati bilan tanishish
Download 53.74 Kb.
|
4-amaliy ish 28-mavzu
Portlar hususiyati bilan tanishishPortlar haqida, ichki va tashqi portlar Portlar hususiyati bilan tanishish Kiritish/chiqarishni shinali tashkil qilish. Shina (bus) deganda axborot almashinishga mo’ljallangan ko’p razryadli va qandaydir standartga asoslangan interfeysni tushunish lozim. Shinaning xususiyatlari: Mantiqiy tashkil qilinganlik (razryadlar soni va mo’lajjanishi) Fizik tashkil qilinganlik (razryadlar soni, interfeysga ulanish usuli) Elektrik tashkil qilinganlik (ishlatadigan signal darajalari va b) Protokolli tashkil qilinganlik (interfeys signallarining o’zaro bog’langanligi va b) Ko’prik (bridje) – ikkita har xil interfeysni moslashtiruvchi interfeys. Shinali arxitektura hisoblash mashinalari ilk yaratilganidan buyon keng qo’llanilmoqda. Odatda shina interfeysiga ma’lumotlar liniyasi, adres liniyasi, boshqarish loiniyasi kiradi, shuningdek elektr tokiga ulanish, “yerga ulanish” kabi ulanishlar ham kiradi. Sistema shinasi deganda mashinaning turli qurilmalarini o’zaro aloqaga kirishini ta’minlovchi shina tushuniladi. Bu yerda yana lokal sistema shinasi tushunchasi ham mavjud bo’lib, u shinaning mo’ljallanishi va ishlashi sistema doirasida lokal, lekin sistemaning ichida joylashgan, masalan yadroda. Sistema shinasiga qarama-qarshi ravishda tashqi shinalar m,ashinani tashqi qurilmalar bilan bog’lashda xizmat qiladi. Odatda, bu shinalar ham standartlashgan bo’ladi, chunki turli ishlab chiqaruvchilarning turli qurilmalari mashinaga ulanishida muammo sodir bo’lmasligi kerak. Tarixan hisoblash mashinalaridagi birinchi tizim shinasi deb ISA (Industrial Standart Architecture – arxitekturaning sanoat (industrial) standarti) tipidagi shinalar aytiladi. U 16 bitli ma’lumotlar shinasi bo’lib, 8,33 Hz chastotada ishlagan. Bu shinaning turli modifikatsiyalari EISA (Extended ISA), Microchannel, VLB (VESA Local Bus – VESA lokal shinasi, bunda VESA-Video Equipment Standarts Association – videoqurilmalar bo’yicha standart assotsiatsiyasi) va boshqalar hisoblanadi. ISA shinasi u yoki bu ko’rinishda boshqa tipdagi shinalarni ishlab chiqilishiga asos bo’ldi, masalan IDE (Integrated Device Electronics – qurilmaga integrallashgan elektronika) – diskli xotira qurilmalarini ulash shinasi. IDE standarti mukammallashib EIDE ga aylandi, keyin esa ATA (AT attachment – AT ga qo’shilish), keyin ATAPI(ATA ulanish protokoli) bo’lib, turli diskli xotiralarni (masalan CR ROM, DVD ROM va b) ulashda ishlatildi. Zamonaviy diskli xotira qurilmalari ATA 33/66/100 standartida ishlashga mo’ljallangan. ATA33 standarti (yoki Ultra DMA 33) axborot almashinish tezligini 33 megabit/s ga oshiradi, bunda takt impulsining ham oldingi, ham oxirgi frontlari ishlatiladi.ATA66 standartida (yoki UltraDMA66) shina chastotasi 16 MHz gacha oshiriladi, shinangn razryadliligi 32 gacha boradi. Zamonaviy hisoblash mashinalari PCI (Peripherial Component Interconnect) shinasi bazasida qurilmoqda. PCI standartli shina nafaqat kompyuterlarda, balki sanoat mashinalari, katta EHM la va b.larda ham ishlatiladi.\ Download 53.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling