PCI shinasining alohida xususiyatlari
Universal shina hisoblanadi, ya’ni hisoblash mashinalarining hech bir arxitekturasiga bog’lanib qolgan emas
Razryadliligi 32 bit, uzatish vaqti mobaynida adres shinasi va ma’lumot shinasi bo’lib xizmat qiladi
Takt chastotasi 33 MHz (64 va 166 MHz chastotali variantlari ham mavjud)
Tezkor protokol bilan ishlaydi
Ko’priklar bilan ishlash imkoniyati mavjud va b.
Ko’priklar bilan ishlay olishi PCI bazasida iyerarxik shinali arxitekturalarni qurish imkonini beradi. Zamonaviy bosqichda shina-ko’prikli arxitektura “Shimol-Janub” uslubida, shimoliy va janubiy ko’prikalrni orasida tashkil qilinadi.
Shimoliy ko’prikning vazifasi MP, ОЗУ, videotizim va mashinaning yadro interfeysini PCI shinasi bilan bog’laydi. Shuningdek, shimoliy ko’prik SCSI (o’qilishi – skazi ) bilan bog’lanishni ham bajaradi. Janubiy ko’prik esa ISA interfeysi bo’yicha tashqi qurilmalarga ulanish kontrollerlari, EIDE, USB, FireWire, parallel va ketma-ket portlar kontrollerlari, klaviatura, PS/2 va boshqa portlarni bog’laydi. Shimoliy va janubiy ko’priklar o’zaro PCI shinasi bilan bog’langan va ularning o’rtasida tashqi PCI platalarini ulashga mo’ljallangan fizik interfeyslar joylashgan. Shimoliy ko’prikka PCI shinasi bilan ulanadigan platadagi janubiy ko’prikdan tashqari tashqi ko’priklar vam ulanishi mumkin. O’z navbatida ular ham o’zlarining ko’priklariga ega bo’lishi va ulanishlar davom etaverishi mumkin. Bu esa PCI shinali arxitektura ochiq arxitektura ekanligini bildiradi.
Platani “Shimol” va “Janub” ga bo’lishdan olinadigan natija maxsuslashtirilgan va yuqori tezlikla yadroni standart sistema shinasidan va tashqi interfeyslardan ajratib olishdir. Pentium IV larda shimoliy shinaning chastotasi 400 MHz ga teng.
1-rasm. Kopmyuter platasida shinalarning joylashuvi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. https://wikipedia.org
2. https://google.com
3. https://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |