Mavzu: Shinalar turlari va portlar


Download 464 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi464 Kb.
#1430828
1   2   3
Bog'liq
5-Amaliy ish. Mavzu Shinalar turlari va portlar

ISA SHINASI IBM PC/AT kompyuterlarida qo‘llanilgan, u 8,33 MGs chastotada ishlaydi. SHina orqali bitta sikl davomida ikki bayt uzatiladi, bu esa uning maksimal tezligi 16,7Mbayt/sekga teng degani bo‘ladi.
EISA shina ham 8,33 MGs chastotada ishlaydi va u orqali bitta sikl davomida to‘rt bayt uzatiladi. Demak uning tezligi 33,3 Mbayt/sekni tashkil qiladi.



5.1-rasm.Sinxron shinadagi o‘qish jarayoning vaqtd iagrammasi.

5.2-rasm.Asinxron shinaning ishlashi.
ISA va EISA shinalari asosan matnli axborotni ishlash uchun mo’ljallangan, avvalgi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan edi. Keyinchalik, kompyuterlarda Windows operatsion tizimlari ishlatila boshlagandan so‘ng, grafik va rangli video axborotlarni ishlash uchun ISA va EISA shinalarining tezliklari etarli bo‘lmay qoldi. Ushbu holatni tushuntirish uchun quyidagi hisoblashlami bajarib ko‘ramiz.
PCI Express shinasi.PCI Express texnologiyasining mohiyati, parallel shinalar o‘rniga, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishni amalga oshiruvchi ko‘p sonli turli xil qurilmalarni, yuqori tezlikka ega ma’lumotlarni ketma-ket tarzda uzatib beruvchi boglanishlar bilan almashtirshdan iboratdir. Bu ISA/EISA/PCI shinalarida amalga oshirilgan shinali topologiyadan ,local kompyuter tarmoqlarining topologiyasiga, ya’ni kommutatsiyalanadigan Ethernet texnologiyasi topologiyasiga o‘tishni anglatadi. PCI Express, kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalar - protsessor, asosiy xotira va ma’lumotlami kiritish chiqarish qurilmalarini bog‘lovchi, universal kommutator rolini bajaradi. PCI Express ning kofiguratsiyasi 5.3-rasmda keltirilgan. 5.4-rasmda esa PCI Expressning protokollarsteki va paketining formati keltirilgan.
USB shinasi. PCI va PCI Express shinalari yuqori tezliklarga ega tashqi qurilmalarni bog‘lash uchun ishlab chiqarilgan. Ma’lumotlami uzatish tezliklanri nisbatan past bo‘lgan qurilmalar - sichqoncha, klaviaturava printer kabi qurilmalar uchun, PCI va PCI Express shinalaridan foydalanish unchalik to‘g‘ri bo‘lmay qoldi.
1993 yili ettita kompaniyaning vakillari (Compaq, DEC, IBM, Intel, Micro-Microsoft, NEC i Nothern Telecom), past tezliklarga ega qurilmalar uchun, to‘g‘ri keladigan optimal shinani ishlab chiqish maqsadida birga to‘plandilar. Keyinchalik ularga boshqa yana ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar ham qo‘shildilar. Natijada, shaxsiy kompyuterlarda hozir juda keng qo‘llanilayotganUSB (Universal Serial Bus,rustilida - универсальнаяпоследовательнаяшина) - ma’lumotlami ketma-ket uzatuvchi universal shina ishlab chiqildi.

5.3-rasm.PCI Express tizimining standart joylashishi.


Download 464 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling