Mavzu: Sho’r tuproqlarning klassifikatsiyalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 211.15 Kb.
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi211.15 Kb.
#1556146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Sho’r tuproqlarning klassifikatsiyalari

II. Asosiy qism
2.1. Sho‘r tuproqlar klassifikatsiyasi
Sho’rlangan sug’oriladigan tuproqlardagi suvda oson eruvchi tuzlar asosan uch kation (Na+, Ca++, Mg++) va to’rt anion (Sl-, SO4, HCO3, CO3) ning kimyoviy birikishi natijasida hosil bo’lgan 12 xil tuzdan iborat. Sho’r tuproqlar tarkibidagi tuzlar asosan HCO3, CO3, Cl, SO4 anionlardan va Ca, Mg, Na, K kationlardan tashkil topadi. Ular bir-biri bilan birikib quyidagi tuzlarni hosil qiladi
Tuproq tarkibida bu tuzlarning umumiy miqdori 0,3% (tuproqning quruq ogʻirligiga nisbatan %)dan koʻp boʻlsa shoʻrlangan tuproqlar va aksincha 0,3 %dan kam boʻlsa shoʻrlanmagan tuproqlar deyiladi. Shoʻrlangan tuproqlar ikkita katta guruhga boʻlinadi: shoʻrxoksimon va shoʻrxok, shoʻrtob va shoʻrtobli. Yer usti 0-30 sm tuproq qatlamida 0,6-2,0 % gacha tuzlari boʻlgan tuproqlar shoʻrxokli tuproqlar; 2 % va undan ortiq boʻlsa shoʻrxok tuproqlar deyiladi. Tuproqning ostki 30-100 sm qatlamida 0,3-0,6 % tuz mavjud boʻlgan tuproqlar shoʻrxoksimon tuproqlar deyiladi.
Shoʻrhoksimon va shoʻrxok tuproqlar yer sharining qurgʻoqchil mintaqalarida keng tarqalgan. Shoʻrlangan tuproqlar genetik belgilari, morfologik tuzilishi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi, shoʻrlanish darajasi va shoʻrlanish tiplari boʻyicha tasniflarga boʻlinadi. Shoʻrhok tuproqlar kimyoviy tarkibi va morfologik belgilariga koʻra quyidagilarga boʻlinadi: hoʻl shoʻrxoklar.
Shoʻrlangan tuproqlar tuzli qatlamning joylashish chuqurligiga va undagi tuzlarning miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga boʻlinadi; Shoʻrlanmagan-tuzli qatlam 150-200 sm chuqurlikda boʻlib, tuz miqdori 0,3 % dan oshmaydi. Kuchsiz shoʻrxoksimon – tuzli qatlam 80-120 sm chuqurlikda boʻlib, tuzlar 0,3-0,6 % boʻladi. Shoʻrhoksimon – tuzli qatlam 30-80 sm da boʻlib, tuz miqdori 0,6-1,0% boʻladi. Shoʻrhokli — tuzli qatlam 0-30 sm da boʻlib, tarkibida tuz miqdori 0,6-2,0 % boʻladi. Shoʻrhok — tuzli qatlam yer yuzasidan boshlanib, tarkibida 2 % va undan ortiq miqdorda tuzlar mavjud boʻladi. Yerlarni melioratsiya qilishda shoʻr tuproqlarni shoʻrlanish darajalari va shoʻrlanish tiplarini oʻrganish muhim amaliy ahamiyatga ega.
Shoʻrlangan tuproqlar tarkibidagi tuzlarni anion va kationlarining oʻzaro nisbatlari boʻyicha shoʻrlanish tiplariga boʻlinadi. Shoʻrhok va shoʻrxoksimon tuproqlar tarkibida koʻproq natriy xlor va natriy sulfat tuzlari boʻladi. Bunda tuproq singdiruvchi kompleksi (TSK) tarkibida juda oz miqdorda natriy boʻladi. Shoʻrtob va shoʻrtobli tuproqlar deb tuproq singdiruvchi kompleksida koʻp miqdorda natriy boʻlgan tuproqlarga aytiladi. Tuproqdagi singigan barcha kationlar yigʻindisiga (kaltsiy, magniy, natriy, kaliy, vodorod, ammiak) singdirish sigʻimi deyiladi va 100 g tuproqdagi milliekvivalentlarda ifodalanadi.
Oʻzbekiston sharoitida shoʻrtob va shoʻrtobli tuproqlar juda kam uchraydi. Lekin ular kuchli minerallashgan sizot suvlari mavjud yerlarda uchrab turadi. I.P.Antipov-Karataev ushbu tuproqlarni quyidagi tasnifga boʻlgan: 1) shoʻrtobsiz — 5 % dan kam (tuproqdagi singigan natriyning singigan kationlar milligramm-ekvivalent yigʻindisiga nisbatan % hisobidagi miqdori), 2) oz shoʻrtobli — 5-10 %, 3) shoʻrtob -20 % dan ortiq. Shoʻrtobli tuproqlarning tarkibida 5-20 % singdirish sigʻimiga nisbatan natriy boʻlganda ularning fizik-kimyoviy xossalari yomonlashadi.
Shoʻrtob tuproqlarning fizik-kimyoviy xossalari mutlaq yomon boʻlib, bunda hech qanday ekin oʻsmaydi. Oʻzbekistonning koʻp tuman va viloyatlarida tuproqdagi sulfatlar miqdori koʻp holatlarda xloridlardan ancha yuqori, tabiiyki shoʻrlanish xlorid-sulfatli yoki sulfatli.
Buxoro viloyatining tumanlarida va Fargʻona vodiysida tuzlar tarkibini asosan sulfatlar tashkil etib, xloridlar juda kam miqdorda uchraydi, shu bois bu yerlarda tuproq shoʻrlanish tipi sulfatli. Boshqa ayrim tumanlarda sulfat-xloridli va kam holatlarda xloridli shoʻrlanish tiplari uchrab turadi. Sugʻoriladigan tuproqlarning ayrim qismlarida gidrokarbonatli chuchuk gruntsuvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan maydonlarda shoʻrlanishning oʻziga xos magniy karbonatli turi aniqlangan boʻlib, ular Samarqand, Fargʻona va Toshkent viloyatlarining qator tumanlaridagi oʻtloqi-botqoq tuproqlarida uchrab, koʻpgina maydonlarni ishgʻol qiladi. Suvda eruvchi tuzlarning yuqori harakatchanligi bois sugʻoriladigan shoʻrlangan tuproqlar maydonlari doim oʻzgaruvchan. Tabiiy va xoʻjalik omillari sharoitlariga bogʻliq ravishda ular nisbatan qisqa vaqt ichida ortishi yoki kamayishi va bir vaqtning oʻzida shoʻrlanganlik darajalari kuchayib yoki pasayishi mumkin.
Sugʻoriladigan tuproqlar shoʻrlanganlik darajasiga qarab 4 ta asosiy gruppaga -shoʻrlanmagan, oz shoʻrlangan, oʻrtacha shoʻrlangan, kuchli shoʻrlangan va shoʻrxoklarga boʻlinadi. Shoʻrlanish darajasi asosan tuproqning shoʻrlanish ximizmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Xlorid-sulfatli shoʻrlanishdagi tuproqlar uchun tuzlar miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan miqdorda boʻlishi kuzatilgan.
Sugʻoriladigan shoʻrlangan tuproqlarni melioratsiyalashga qaratilgan meliorativ tadbirlarni aniqlashda albatta u yoki bu tuproqlarning oʻziga xos xossalari-shoʻrlanganlik xarakteri, darajasi va tuzlarning tarkibi hisobga olinishi kerak. Qitʼa ichkarisida yer osti suvi oqimsiz katta hududni egallagan Oʻrta Osiyoda suvda eruvchi tuzlarning asosiy birinchi manbalari quyidagilardan iborat.
1. Togʻ jinslari va minerallarning nurash jarayonlari va bu tuzli birikmalarni yer usti va ostki suvlari yordamida grunt suvlariga pastda joylashgan tuproq gruntlarga yotqizilishi.
2. Qadimiy dengiz yotqiziqlari tuzli choʻkindi jinslardan tuzlarning koʻchish, migratsiya jarayonlari. Tuzli choʻkindi togʻ jinslardan tuproq shoʻrlanishi sugʻorishning rivojlanishi va shoʻrlanishga olib keluvchi yer osti grunt suvlarining yer yuzasiga joylashishidan paydo boʻladi. Bu suvlarning bugʻlanishidan tuproqning yuqorigi qatlami doimiy shoʻrlanib boradi. Issiq va quruq iqlim tuzlarning yer yuzasiga yaqin joylashgan va minerallashgan grunt suvlaridan kapillyarlar orqali koʻtarilishi keng tarqalgan. Har qaysi geomorfologik hududning eng baland qismi suv taqsimlagich zonasidan pastki daryo oʻzanlarigacha boʻlgan maydonlardagi tuproqlarning meliorativ holati turlicha koʻrinishga ega. Ular asosan joyning tabiiy sharoitlariga keng doirada bogʻliq:iqlim, yerning joylashish holati va uning nishabligi, litologik tuzilishi, tuproq-gruntlarning suv-fizik xossalari va ayniqsa gidrogeologik sharoitlari, yaʼni sizot suvlarining chuqurligi, harakati va boshqalar.
Yuqorida aytilgan sharoitlardan kelib chiqib sugʻoriladigan hududlar bir nechta gidrogeologik zonalarga boʻlinadi: ustki va grunt suvlarining pastki qatlamlarigacha singib ketish zonasi; grunt suvlarining yer yuzasiga sizib chiqish (buloqlar koʻrinishida) zonasi va tarqalib ketish va qayir zonalari. Birinchi zona — katta nishablik va yillik atmosfera yogʻin-sochinlari koʻp boʻladigan (500-600 mm) togʻ oldi baland yerlaridan iborat.
Bu yerlarda suvni oʻzidan yaxshi oʻtkazuvchi, mayda tosh, shagʻal, qum qatlamlari yer yuzasiga yaqin (1,5-2,0 m) joylashgan. Grunt suvlari chuchuk boʻlib, yer yuzasidan 10-30 m va undan kam past chuqurlikka joylashib, oʻzining nihoyatda yuqori tezligi (sutkasiga yuz metr atrofida) bilan farqlanadi. Tuproq qatlamlari va grunt suvlarida nishablikning kattaligi tuproq-gruntlarning suv oʻtkazuvchanligining yuqori boʻlishi va grunt suvlarining oqimining yuqori darajada taʼminlanganligi sababli bu yerlarda shoʻrlanish sodir boʻlmaydi, barcha pastki gidrogeologik zonaga oqizib yuvilib ketiladi, shu bois birinchi zona yerlari meliorativ qulay yerlar hisoblanib, shoʻrlanishga va botqoqlanishga moyil emas.
Ikkinchi gidrogeologik zona (yer osti suvlarining yer ustiga sizib chiqish zonasi) quyi, pastki chegaralaridan boshlanib, pastki uchinchi zona oraliqlaridagi nishabi nisbatan kamroq maydonlarni egallaydi. Tuproqning ustki mayda zarrachali qatlami, qalin soz va ogʻir qumoqli mexanik tartibga ega. Grunt suvlari oʻz yoʻnalishida ogʻir tarkibli qatlamlarga duch kelib va qarshiligiga uchrab siqilish sharoitida joylashadi. Bu suvlar yer yuzasiga yaqin (0,5-2,0 m) koʻtarilishi yoki sizib chiqish mumkin va oʻzining oqimini sekinligiga qaramasdan (sutkasiga 10 lab metrlar) grunt suvlarining oqimi mavjud va chuchuklik darajasini saqlab qolgan (tuzlar miqdori 0,2-0,4 g.l.) va tuproqlar deyarli shoʻrlanmaydi, botqoqlanish jarayoni yuz berishi mumkin. Zonaning quyi qismlarida, grunt suvlari harakatining susayishi va mineralizatsiyasining ortishi (1,5-2,0 g.l. va undan ortiq) tufayli tuproqlarda shoʻrlanish jarayonini kuzatish mumkin.
Meliorativ tadbirlarning kam ishlatilishi yoki uni butunlay yoʻqligi oqibatida sugʻoriladigan tuproqlar shoʻrlanishi asosan uchinchi zonada grunt suvlarining bugʻlanish zonasida sodir boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda ana shu mintaqaga mansub maydonlar yer yuzasi nishabi kichik boʻlgan 0,0001-0,001 katta tekisliklar kengliklaridan tashkil topgan.
Bu yerlarning iqlim quruq va jazirama, yillik bugʻlanish (600-1200 mm) atmosfera yogʻinlaridan (100-300 mm) bir necha barobar yuqori. Tuproq-gruntlar deyarli ogʻir mexanik tarkibli boʻlib, suv koʻtarish qobiliyati nisbatan baland. Qum-shagʻal yotqiziqlari chuqur joylashgan (10-30 mm va koʻp). Grunt suvlari shoʻrlangan (minerallashgan) va yer yuzasiga yaqin joylashgan. Ularning yer osti tabiiy oqimi juda sekin (kam) ifodalangan yoki butunlay oqimsiz.
Tabiiy sharoitning mana bunday majmuyidan kelib chiqib, shoʻrlangan grunt suvlari katta miqdorda bugʻlanishga sarflanadi. Bunday holatda suvlar doimiy bugʻlanib turadi, tuzlar esa asta-sekin toʻplanib tuproqni shoʻrlantiradi.
Havo quruq va uning harakati qancha yuqori, tuproqning suv koʻtarish qobiliyati kuchli (yuqori) grunt suvlarining joylanishi yer yuzasiga qancha yaqin va uning mineralizatsiyasi yuqori boʻlsa, tuproq shoʻrlanishi jarayoni shunchalik kuchli (jadal) kechadi.
Oʻzbekistonda shoʻrlangan va shoʻrlanishga moyil yerlar Fargʻona vodiysida, Mirzachoʻlda, Buxoro viloyatida, Amudaryo quyi qismlarida katta maydonlarni egallaydi. Toʻrtinchi zona (qayir) yerlarining meliorativ holati turlicha boʻlishi mumkin. Grunt suvlari chuchuk boʻlgan hududlarda (Chirchiq, Angren, Zarafshon, Norin, Qoradaryo boʻylarida) qayir yerlar shoʻrlanmagan, biroq ayrim joylar botqoqlashgan.
Grunt suvlari minerallashgan (yer yuzasiga nisbatan yaqin joylashgan-1,5-2,5 mgacha va oqimi sust, masalan, Sirdaryoning chap sohili) maydonlarda qayir yerlar shoʻrlangan va meliorativ tadbirlar oʻtkazishni taqozo etadi.

Download 211.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling