Mavzu: Sho’r tuproqlarning klassifikatsiyalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Sho’rxoksimon va sho’rxok yerlar hamda sho’rtob va sho’rtobli yerlar


Download 211.15 Kb.
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi211.15 Kb.
#1556146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Sho’r tuproqlarning klassifikatsiyalari

2.2.Sho’rxoksimon va sho’rxok yerlar hamda sho’rtob va sho’rtobli yerlar.
Yer qatlamlarida ko’p miqdorda suvda eriydigan tuzlari bo’lgan tuproqlarga sho’rlangan tuproqlar deyiladi.
Sho’r tuproqlar yer yuzasining quruq cho’l, yarim sahro va sahro mintaqalarida keng tarqalgan. O’zbekistonda sho’rlangan yerlar maydoni 750 ming km2 ni tashkil qiladi. Respublikamizning umumiy sug’oriladigan maydoni 4,3 mln. gektar bo’lsa, shundan 55-60 % i sho’r yerlar hisoblanadi.
Sho’rlangan yerlar ikki guruhga bo’linadi:
1)Sho’rxoksimon va sho’rxok yerlar.
2)Sho’rtob va sho’rtobli yerlar.
Tarkibida tuzlari oz bo’lgan (0,5 - 1,0%), yer usti (0-30 sm) qatlamida tuz to’planadigan tuproqlar sho’rxokli tuproqlar deyiladi.
Tarkibida tuzlar oz bo’lgan (0,3 - 0,6 %) va yerning ostki (30-100 sm) qatlamlarida tuz to’plangan tuproqlar sho’rxoksimon tuproqlar deyiladi.
Yerning ustki qatlamlarida tuzlar juda ko’p miqdorda (2-3 dan - 10-30 % gacha) bo’lgan tuproqlar sho’rxok tuproqlar deyiladi. Sho’rkoksimon va sho’rxok tuproqlar yer yuzining qurgoqchil mintaqalarida, shu jumladan O’zbekistonda keng tarqalgan.
Sho’rlangan tuproqlar genetik belgilari, morfologik tuzilishi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi, sho’rlanish darajasi va sho’rlanish tiplari bo’yicha klassifikatsiyalanadi.
Sho’rxok tuproqlarning kimyoviy tarkibi va morfologik belgilariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
Ho’l sho’rhoqlar, qatqaloqli sho’rhoqlar, mayin sho’rhoqlar, qora sho’rhoqlar.
Sho’rlangan tuproqlar tuzli qatlamning joylashish chuqurligiga va undagi tuzlarning miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1.Sho’rlanmagan - tuzli qatlam 150-200 sm chuqurlikda bo’lib, tuzlar miqdori 0,3 % dan oshmaydi.
2.Kuchsiz sho’rxoksimon - tuzli qatlam 80-120 sm chuqurlikda bo’lib, tuzlar miqdori 0,3 - 0,6 % bo’ladi.
3.Sho’rxoksimon - tuzli qatlam 30-80 sm chuqurlikda bo’lib, tuzlar miqdori 0,6 - 1,0 % bo’ladi.
4.Sho’rxokli - tuzli qatlam 5-30 sm chuqurlikdan boshlanib, tarkibida tuzlar 1 - 2 % bo’ladi.
5.Sho’rxok - tuzlar qatlam yer yuzasidan boshlanib tarkibida 2% va undan ko’p miqdorda tuzlar uchraydi.
Yerlarning melioratsiya qilishda sho’r tuproqlarni sho’rlanish darajalarini va sho’rlanish tiplarining o’rganish muhim amaliy ahamiyatga ega.
Tuproqdagi suvda eriydigan tuzlarning miqdori va sho’rlanishi darajasi laboratoriyada tuproqni kimyoviy analiz qilish yo’li (suvli so’rim analizi) bilan aniqlanadi.
Bunda tuproq eritmasining (PH) reaksiyasi, tuproqning ishqoriyligi, xlor-ioni, sulfat-ioni, kaltsiy, magniy, natriy va suvda eriydigan tuzlarning jami (quruq yoki qattiq qoldiq) aniqlanadi va shu analiz natijalari bo’yicha tuproqning sho’rlanish darajasi belgilanadi.
Jadval
Tuproqning sho’rlanish darajasi bo’yicha klassifikatsiyalash.

Sho’rlanish

Tuproqdagi tuzlarning miqdori %

Darajasi

Xlorli sho’rlanishda

Sulfatli sho’rlanishda




qattiq
qoldiq

xlor

sulfat

qattiq
qoldiq

xlor

sulfat

Kuchsiz sho’r-langan
O’rtacha sho’r-langan.
Kuchli sho’r-langan.
Sho’rxok.

0,3-0,5
0,5-1,0
1,0-2,0
>2,0

0,02-,01
0,04 -0,1
0,1-0,2
>0,2

0,1-0,2
0,3-0,4
0,4-0,6
>0,8

0,5-1,0
1,0-2,0
2,0-3,0
>2,0

<0,02
<0,04
<0,1
<0,2

0,3-0,4
0,4-0,5
0,6-0,8
>0,08

Sho’r tuproqlar tarkibidagi tuzlarni anion va kationlarning o’zaro nisbatlari bo’yicha sho’rlanish tiplariga bo’linadi.
7-jadval
Tuproqning sho’rlanish tiplari (milli - ekvivalent hisobida).

Anionlar bo’yicha

Kationlar bo’yicha

CI
SO4

SO4
CI

HCO3
CI+SO4

sho’rlanish
tipi

Na+K
Ca+Mg

CaQMg
NaQK

Mg
Ca

sho’rlanish tipi

>2
1-2
0,2-1
<0,2

<0,5
0,5-1
1-5
>5

-
-
-
-

Xloridli
Sulfat-
xloridli
Xlorid-
sulfatli
Sulfatli

>2
1-2
1-2
<1

<0,5
0,5-1
0,5-1
>1

-
>1
<1
>1

Natriyli
Magniy-
natriyli
Kaltsiy- natriyli
Kaltsiy-natriyli

Sho’rxok va sho’rxoksimon tuproqlar tarkibida ko’proq natriy xlor va natriy sulfat tuzlari bo’ladi. Ularning tuproq singdirish kompleksi tarkibida oz miqdorda natriy bo’ladi.
Sho’rxok va sho’rxoksimon tuproqlar asosan, qulay suv-fizik xossalariga ega, suv o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lib, tuzlardan osonroq yuviladi va mexanik ishlov berishga moyil bo’ladi. Shu bilan birga ularning kapillyarlik xossasi yaxshi, shu tufayli sizot suvlaridan tuzlar kapillyar naychalar bo’ylab tuproqning ustki qatlamlariga tez harakat qiladi.
Sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar deb, singdiruvchi kompleksida juda ko’p miqdorda natriy bo’lgan tuproqlarga aytiladi. Tuproqdagi singigan barcha kationlar yig’indisi (Ca, Mg, Na, K, H2, NH) singish sig’imi deyiladi va 100 g tuproqdagi milli-ekvavalentlarda ifodalanadi).
Sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar asosan yer yuzining namgarchilik yetarli miqdorda bo’ladigan, ya’ni kashtan, qo’ngir, o’rmon-cho’l va qora tuproqli mintaqalarda keng tarqalgan.
O’zbekiston sharoitida sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar juda kam uchraydi. Lekin ular kuchli minerallashgan sizot suvlari yaqin yerlarda uchrab turadi.
I.P.Antipov - Karatayevning klassifikatsiyasi bo’yicha sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Sho’rtobsiz - 5% dan kam (tuproqdagi singigan natriyning singigan kationlar milligram - ekvivalentlar yig’indisiga nisbatan % hisobidagi miqdori.
Sal sho’rtobli - 5 - 10% ; Sho’rtobli - 10 - 20% ; Sho’rtob - >20%.
Sho’rtobli tuproqlarning tarkibida 5-20% natriy bo’lganda ularning fizik-ximik xossalari yomonlashadi, sho’rtobli tuproqlarning fizik-kimyoviy xossalari mutloq yomon bo’lib, bunday yerlarda hech qanday ekin bitmaydi.

Download 211.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling