Mavzu: Sho’rlangan yerlarda qo’llaniladigan suv xo’jalik tadbirlar. Reja


Sho’rhok va sho’rhokli, sho’rtob va sho’rtobli, taqirli tuproqlar va qumliklarni o’zlashtirish


Download 285 Kb.
bet13/16
Sana17.06.2023
Hajmi285 Kb.
#1552860
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
kurs ishi Sho’rlangan yerlarda qo’llaniladigan suv xo’jalik tadbirlar.

Sho’rhok va sho’rhokli, sho’rtob va sho’rtobli, taqirli tuproqlar va qumliklarni o’zlashtirish
Sho’rhok va sho’rhoksimon yerlar o’zlashtiriladigan rayonlar. Sho’rhok va sho’rhokli tuproqlarning meliorativ holati, o’zlashtirish texnologiyalari (zovurlashtirish, tekislash, kuzgi-qishki sho’r yuvish, sholi ekib sho’rini yuvish, o’zlashtirishda qo’llaniladigan agromeliorativ tadbirlar).
O’zlashtirilgan yerlardan foydalanish yo’llari (dastlabki o’zlashtirish ekinlari, asosiy ekinlar va ularning agrotexnikasi, almashlab ekish tizimi, o’zlashtirilgan yerlarni meliorativ nazorati). Sho’rtob va sho’rtobli yerlar o’zlashtiriladigan rayonlar. Sho’rtob va sho’rtobli tuproqlarning meliorativ holati, o’zlashtirish texnologiyalari (zovurlashtirish, tekislash, kuzgi-qishki sho’r yuvish, sholi ekib sho’rini yuvish, o’zlashtirishda qo’llaniladigan ximiyaviy tadbirlar). O’zlashtirilgan yerlardan foydalanish yo’llari. Tuproqlarni o’zlashtirish va o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan taqirli va taqirsimon, gipsli, karbonatli tuproqlar, ularning meliorativ holati, o’zlashtirish texnologiyasi, o’zlashtirishning o’ziga xos usullari (chuqur yumshatish, tilmalash, mineral va organik moddalar solish, qumlash). O’zlashtirilgan yerlardan foydalanish yo’llari(dastlabki ekinlar va ularning agrotexnikasi, almashlab ekish tizimi).
Qumliklar va qumli tuproqlar tarqalgan rayonlar. Qumliklarni mustahkamlash va daraxtzorlar barpo qilish. Qumliklarni ko’chishiga qarshi qo’laniladigan agrotexnik tadbirlar. Kimyoviy va fitomelioratsiya.
Tuproqlar eroziyasi, sel oqimi, ularni oldini olish va qarshi kurash tadbirlari
Suv va shamol eroziyasi. Tarqalish rayonlari, vujudga kelish sabablari. Suv va shamol eroziyasini oldini olish va ularga qarshi kurash tadbirlari(agrotexnik, o’rmon-texnik va gidrotexnik). Sug’orish natijasida yuzaga keladigan irrigasiya eroziyasi va uni oldini olish hamda unga qarshi kurash tadbirlari.
2.5.Sho‘rlаngаn yerlаrni yuvish – аsosiy аgromeliorаtiv tаdbir sifаtidа
Yerning sho’rlanishi va botqoqlanishini oldini olish va qarshi kurash tadbirlarini to’g’ri tanlash hamda ularni amalga oshirish uchun dastlab sug’oriladigan yerlarning meliorativ holati chuqur o’rganilib chiqiladi va doimo kuzatib boriladi.
Yerlar mintaqa va kichik meliorativ mintaqachalarga bo’linadi. Bu mintaqa va mintaqachalar joylarning tabiiy sharoitlariga ko’ra bir xil bo’lishi, lekin meliorativ tadbirlarni turlicha talab qilishi bilan farqlanadi.
Mintaqalar asosan, sizot suvlarining tabiiy oqimga ega bo’lishiga qarab quyidagilarga bo’linadi: 1.Sizot suvlari oqimli: 2.Sizot suvlari kuchsiz oqimli: 3.Sizot suvlari oqimsiz.
Har bir meliorativ mintaqa yerning relyefi mahalliy sizot suvlarining oqim sharoitiga qarab meliortiv mintaqachalarga bo’linadi.
Meliorativ mintaqachalar esa o’z navbatida tuproqning tuzilishi va xossalariga, sho’rlanish darajasiga, sizot suvlarining joylashish chuqurligiga qarab kichik meliortiv mintaqachalarga, ya’ni gidromodul rayonlarga bo’linadi.
Yerlarni gidromodul jihatdan rayonlashtirishning ahamiyati shundaki, har bir gidromodul rayonda yetishtiriladigan ekinlardan mo’l hosil olish uchun zarur bo’lgan sug’orish rejimi belgilanadi.
Ma’lumki, ekinlarni sug’orish sizot suvlarining rejimiga va tuproqning meliorativ holatiga ta’sir qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun gidromodul rayonlar (10-jadval) bo’yicha yerning meliorativ holatini buzilish sabablari va ularni yaxshilash tadbirlari ishlab chiqiladi.
Gidromodul rayonlar
Sug’oriladigan yerlarni meliorativ holati doimo nazorat qilib boriladi. Bunda: 1.Sizot suvlarining joylashish chuqurligi. 2.Sizot suvlarning minerallashganlik darajasi. 3.Tuproqning sho’rlanish darajasi aniqlanadi.
Sizot suv sathini nazorat qilish uchun maxsus quduqlar o’rnatiladi. Quduqlar yerning meliorativ sharoitlariga va relyefiga qarab joylashtiriladi.
Xo’jalikning sug’oriladigan maydoni va meliorativ sharoitiga qarab kuzatish quduqlari 10-25 tagacha va undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Barcha kuzatuv quduqlari xo’jalik kartasiga tushiriladi va tartib raqami ko’rsatiladi. Nazorat quduqlaridan sizot suvlari sathi har oyda 3 marta (1, 10, 20 kunlarida) o’lchanadi. Sizot suvining minerallashganlik va tuproqning sho’rlanish darajalarini aniqlash uchun bir yilda ikki marta (o’suv davrining boshida va oxirida) namunalar olinadi hamda ularni suvli so’rim tahlili qilinadi.
Sho’rlangan va botqoqlangan yerlarning meliorativ holatini o’rganishda yerdan foydalanish koeffisentlarini (EFK) aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Yerdan foydalanish koeffisentini ma’lum bir xo’jalik yeri yoki tuman, viloyat va voha uchun aniqlash mumkin.
Yerdan foydalanish koeffitsenti sug’oriladigan yer maydonining umumiy yer maydoniga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi.
YFK = Sug’oriladigan yer maydoni,ga
umumiy yer maydoni, ga
Xo’jaliklarda YFK ning pasayishining asosiy sabablari sho’rlanish va botqoqlanish bo’lishi mumkin.
Sug’oriladigan sho’rlangan yerlarni sho’r yuvish muddatlari va normalarini aniqlash uchun sho’rlanish kartogrammalarini tuzish ham katta amaliy ahamiyatga ega.
Sho’rlanish kartogrammalari quyidagi ma’lumotlar asosida tuziladi:

Download 285 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling