Mavzu: Sho’rlangan yerlarda qo’llaniladigan suv xo’jalik tadbirlar. Reja


Download 285 Kb.
bet11/16
Sana17.06.2023
Hajmi285 Kb.
#1552860
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
kurs ishi Sho’rlangan yerlarda qo’llaniladigan suv xo’jalik tadbirlar.

5.Sizot suvlari - gravitatsion suv suvtо‘sar qatlamgacha singib borib, barcha kovakliklarni nam bilan tо‘ldiradi. Natijada suvli qatlam hosil bо‘ladi. Ana shu qatlamda tо‘plangan suvlarga grunt yoki sizot suvlari deyiladi. Qiyalik relyefi sharoitda sizot suvlari nishablik bо‘ylab oqib borib, buloq yoki chashma xolda yer yuzasiga oqib chiqadi.
Sizot suvlarining sathi doimiy bо‘lmasdan mavsum davomida о‘zgarib turadi. Arag sizot suvlari vaqtincha bо‘lsa-da tuproq qatlamigacha kо‘tarilib chiqsa bunday suv tuproq grunt suvi deyiladi. Sizot suvlarining chuqurligi, kimyoviy tarkibi tuproq unumdorligi va о‘simliklar hayotida muhim rol о‘ynaydi. Sizot suvlari yaqin bо‘lganda, о‘simliklaring ildiz sistemalari qо‘shimcha ravishda suv bilan ta’minlanadi yoki tuproq botqoqlanadi va shо‘rlanadi.
6.Bug‘simon suv - suyuq va qattiq holdagi suv bilan egallanmagan yoki qisman egallangan kovakliklarda saqlanadi. Bug‘simon nam tuproqdagi tuproqdagi barcha turdagi suvlarning bug‘lanishidan hosil bо‘ladi.
Bug‘simon suv tuproqda ikki yо‘l bilan: diffuziya natijasida ya’ni suv bug‘larining tarangligi yuqori bо‘lgan joydan past joyga qarab harakatlanadi. Bug‘simon suv harakati atmosfera haroratiga bog‘liq. Kunduzi tuproq yuzasining harorati pastdagi qatlamga nisbatan yuqori bо‘lganda, suv bug‘lari yuqoridan pastga qarab, kechasi soviganda aksincha patdan yuqoriga qarab harakat qiladi.
7.Qattiq suv - (Muz). Harorat 0o dan past bо‘lganda suyuq holdagi nam qattiq holga о‘tadi, ammo yirik kovakliklarda suv 0ga yaqin nozik yо‘llarda esa ancha pastroq haroratda suv muzlaydi. Juda past haroratda mustahkam birikkan suv ham muzlaydi. Qattiq suvdan о‘simlik foydalana olmaydi.
Tuproqning suv rejimi deb  unga suvning kelib tushishi, harakatlanishi va yo’qotilishiga aytiladi. Tuproqdagi namlikning manbai yog’in, sizot va sug’orish suvlari hisoblanadi. Ushbu manbalar turli hududlarda bir xilda bo’lmaganligi sababli dehqonchilik sug’oriladigan va sug’orilmaydigan dehqonchilikka bo’linadi.
Tuproqqa kelib tushadigan atmosfera yong’inlari miqdori bilan tuproqdan parlanadigan namlik miqdori o’rtasidagi nisbatga ko’ra uch xil namlanish zonasi va shunga mos ravishda uch tipdagi suv rejimi mavjud:Kuchli namlanish zonasi. Ushbu xududda tuproqqa kelib tushadigan yog’in miqdori undan parlanadigan namlik miqdoridan bir necha barobar ko’p bo’ladi. Natijada tuproqda ortiqcha namlik to’planada Barqaror namlanish zonasi. Bunday zonada yog’in va parlanadigan namlik miqdori deyarli teng bo’ladi. Yetarli namlanmaydigan zona. Bu zonada yog’in parlanishga nisbatan bir necha barobar kam miqdorda yog’adi. Natijada tuproqda suv yetishmaslik xolatlari kuzatiladi. Kuchli namlanish zonasida dehqonchilikdagi asosiy vazifa ortiqcha suv miqdorini yo’qotishdan iborat. Buning uchun bir qator meliorativ va agrotexnikaviy tadbirlarni (zovur qazish, yerni to’g’ri haydash va h.k) amalga oshirish zarur.
Barqaror namlanish vayetarli namlanmaydigan zonalarda tuproqda yetarli darajada nam to’plash, uning foydasiz sarflanishi, quyi qatlamlarga sizib ketishining oldini olish uchun bevosita omillar orqali tasir etish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, sug’orish, ixotazorlar barpo qilish, organik o’g’itlar qo’llash, yerga ishlov berishni tabaqalashtirish, tuproqning fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash, mulchalash, almashlab ekishni to’g’ri tashkil qilish lozim.

Download 285 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling