Mavzu: Sizot suvlarining balansi va ularning maqul chuqurligi mundarija
Download 224.07 Kb.
|
Sizot suvlarining balansi va ularning maqul chuqurligi
Mavzu: Sizot suvlarining balansi va ularning maqul chuqurligi MUNDARIJA
KIRISH 0 ‘zbekiston RespubJikasi xalq xo‘jaligining eng yirik tarmog‘i bo'lgan qishloq xo'jaligi mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Respublika- miz mustaqillikka erishgandan so‘ng bu sohani rivojlantirish maqsadida mulkchilikning yangicha shakllari teng huquqli asosda ravnaq topishini ta'minlash, bozor iqtisodiyotiga o‘tish borasida islohotlami chuqurlashtirish kabi dolzarb masalalaiga alohida e'tibor berilmoqda. Yuitimizda qabul qilinayotgan qonunlar, Hukumat qaroriari qishloq xo'jaligida yer-suv resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishga, sug'oriladigan gektar mahsuldoriigini oshirishga imkon bermoqda 1998-yil 30-aprelda «Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to ‘g‘risida», «Fermer xo'jaligi to‘g‘risida», «Dehqon xo'jaligi to‘g‘risida»gi qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilingan bo'lib, Respublika Prezidentining 2003-yil 24- martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlami chuquriashtirishning eng muhim yo'nalishlari to ‘g‘risida» va 27-oktabrdagi «2004-2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmonlari talablaridan kelib chiqqan holda ulaiga tegishli qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi, yangi tartibdagi «Fermerlar xo‘jaligi to ‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bulaming barchasi dehqon va fermer xo‘jaliklarining yer-suv resurslariga bo‘lgan munosabatlarini to'laqonli shakllanishiga yo‘l ochdi.Ishlab chiqarish vositasi bo'lgan yeiga to ‘g‘ri munosabatda bo'lish maydon birligidan mahsulot yetishtirishni toboia ko'paytirishni ta'minlaydi. Fan, texnika va ilg‘or tajriba yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish qishloq xo'jaligi samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan hisobla- nadi. Bunga esa aniq bir joyning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini e'tiborga olgan holda dehqonchilik tizimini ishlab chiqish va joriy qilish asosida yerdan unumli foydalanish, ekinlami parvarishlashning takomillashtirilgan zamonaviy texnologiyalarini qo'llash kabi tadbirlar orqali erishiladi.Respublika iqtisodiyotini kelgusi rivojlantirish mamlakat tabiiy boyliklari- dan tejamli foydalanishga bog'liq bo'lib, bu yerda aholini maishiy va xalq xo‘jaligini ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan suv resurslari alohida ahamiyat kasb etadi. Sanoat va qishloq xo'jaligi taraqqiyoti sur'atlarining o'sishi, shuningdek, aholi sonining ortishi qo'shimcha suv miqdorlarini talab qilmoqda. Tabiiy holatdagi rejimi, hajmi va sifati kabi ko'rsatkichlari bo'yicha suv manbalarining talabga yetarlicha javob bera olmasiigi ushbu muammo yechimini murakkablashuviga olib kelmoqda. Sug'oriladigan dehqonchilik Markaziy Osiyoning qurg‘oqchil min- taqasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtiruvchi asosiy yo'nalishlardan biri hisoblanadi.Respublikamizning umumiy maydoni 447,4 ming km3 bo‘lib, qishloq xo'jaligiga mo‘ljallangan yerlar 22614 ming gektarni tashkil etadi. So'nggi asr davomida sug'oriladigan yer maydoni 2,36 marotaba ko‘paydi: 1809,5 ming gektardan (1914-y.) 4276,1 ming gektarga yetkazildi. Lalmikor dehqonchilik maydoni 743 ming gektami tashkil etadi. Respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining asosiy qismi — 97 foizi sug'oriladigan yerlardan olinmoqda. Bunday yerlarda ekinlar hosil- dorligi lalmi yerlardagiga qaraganda bir necha (hatto 10 va undan ortiq) marta yuqoridir: to‘g‘ri foydalanilganda yetishtiriladigan mahsulot miqdori bo'yicha I ga sug'oriladigan yer 6 - 7 ga lalmikor yerga, 50 ga baland tog‘ va 100 ga cho‘1 yaylovjariga teng.Aholi sonining o'sish sur'atlarini sug'oriladigan yeriami kengaytirish sur'atlaridan ortib ketishi natijasida jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug'oriladigan haydalma yer maydoni yildan-yilga kamayib, 0,35 gektardan 0,16—0,17 gektarga tushib qoldi. Bu ko'rsatkich Rossiyada — 0,67, Qozog'jstonda — 1,54, Qirg'izistonda — 0,21 va Ukrainada 0,59 gektami tashkil etadi. Qishloq xo'jaligini suvga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyojini to'liq ta’minlash maqsadida respublikamizda qudratli suv xo'jalik majmuasi barpo etilgan: umumiy suv sarfi 2500 m 3/sek . bo'lgan 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 17,8 km3 (foydali hajmi 14,6 km3) bo'lgan 52 ta suv omborlari, 32,4 ming km xo'jaliklararo kanallar (shundan 9,4 ming km. ga beton to'shama yotqizilgan), 176,4 ming km xo‘jatik (shu jumladan 133,6 ming km tuproq o'zanli, 37 ming km beton to'shamali, 25 ming km beton novli, 3,7 ming km yopiq quvurli) sug‘orish tarmoqlari, 31 ming km xo‘jaliklararo va 106,3 ming km (67,1 ming km ochiq va 39,2 ming km yopiq) xo'jalik kollektor-zovur tarmoqlari ishlatilib kelinmoqda. 3 mingta sug'orish quduqlari, 4800 dan ortiq vertikal zovur quduqlari, 24,6 mingdan ortiq kuzatuv quduqlari faoliyat ko'rsatmoqda. Ekin maydon- larining 2,3 mln. gektari (53 foizi) nasos stansiyalari yordamida sug'oriladi.O'zbekiston suv xo'jaligi kompleks tavsifga ega. Hozirgi kunda res- publikamizning suvga bo'lgan umumiy ehtiyoji yiliga 56-60 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Uning 92 foizi qishloq xo'jaligi, 5,5 foizi maishiy-xo'jalik va 1,5 foizi sanoat ehtiyojlariga, 0,8 foizi baliqchilikka va 0,2 foizi energetika maqsadlariga sarflanmoqda.Respublikadagi mayjud sug'orish tizimlarining yanada to‘liq takomil- lashtirilmaganligi, sug'orish dalalarida suv o'lchash ishlarini talab darajasida tartibga solinmaganligi, sug‘orishning tejamli usul va texnikalarini keng joriy etilmaganligi tufayli suv manbalaridan olinayotgan suvning 36—40 foizi behuda isrof bo'lib ketmoqda. Sug'orish tizimlarining foydali ish koeffitsienti 1960-yil 0,40 ni tashkil etgan ho‘lsa, respublika suv xo‘jaligida amalgaoshirilgan qator tadbirlar evaziga bu ko'rsatkich hozirga kelib 0,60—0,64 ga yetkazildi Respublika bo'yicha har gektar ekin maydonining ehtiyoji 8— 10 ming m3 bo'lsada, amalda 13-14 ming m3 suv sarflanmoqda (1960- yil bu ko'rsatkich 20 ming m3 ni tashkil etgan)Regionda mavjud suv resurslaridan tejab-teigab foydalanish sharoitida ham yaqin kelajakda xalq xo‘jaligini suv bilan ta'minlash masalasining yanada murakkablashuvi kutilmoqda. Bu muammoni ijobiy hal etish uchun energetika va sanoatda suvdan qayta foydalanish tizimi, suv ishlatilmaydigan va chiqitsiz texnologiyalami joriy etish, suvni behuda isrof- garchiligini kamaytirish, texnik jihatdan mukammal sug‘orish tizimlarini barpo etish, mavjud sug'orish tizimlarini qayta qurish va jihozlash, sug‘orish texnikasini takomillashtirish, ekinlarni sug'orish rejimini tabaqalashtirish, sho‘rlanishga va botqoqlanishga moyil bo'lgan yerlaming barchasida kollektor-zovur tarmoqlari barpo etish, sug‘orish tarmoqlarini filtratsiyaga qarshi to'shamalar bilan ta'minlash, ekinlaming parvarishi bo‘yicha jadal texnologiyalami qo'llash, sug‘orish tizimlaridan foydalanishni yaxshilash talab etiladi. Tabiiy landshaftlarga insoniyat ta'sirining faollashuvi, suv resurslari va atrof - muhitning tanazzuli kuchaygan hozirgi sharoitda insoniyat hayoti uchun qulay bo'lgan turg'un agroekotizimni ishlab chiqish va shakllan- tirish eng asosiy muammolardan biridir. Ko‘p ukladli qishloq xo'jaligi va tabiiy sharoitlar xususiyatlarini hisobga olgan holda agroekologik negiz- larga amal qilib dehqonchilik yuritish va sermahsul turg‘un agrar land- shaftlar yaratish zaruriy ehtiyojga aylandi.Respublika qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, ekin- lar yetishtirishga joriy etilayotgan texnologiyalar ushbu soha mutaxassislari ishiga ham qo'shimcha talablar qo'ymoqda. Qishloq xo'jaligi mutaxassisi tuproq va o'simliklarning suv rejimlari va uni boshqarish, sug'orishni tashkil etish va amalga oshirish, suvdan tejamli foydalanish, sug'orishni istiqbolli usullarini qo'llash bo'yicha zaruriy bilim va amaliy ko'nikmalami o'zida mujassam etgan ishboshi bo'Iishi lozim. Shu sabab- dan «Ekinlami sug'orisb asoslari» fanini o'rganish agronom va fermermutaxassislar tayyorlash dasturining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu fan tuproqshunoslik, agrokimyo, dehqonchilik, o ‘simlik)ar fiziologiyasi, melioratsiya, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash, tabiatni muhofaza qilish fanlari bilan uzviy aloqadadir. Download 224.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling