Mavzu: Sizot suvlarining balansi va ularning maqul chuqurligi mundarija


I – BOB. SIZOT SUVLARI HAQIDA. GIDROMODUL RAYONLAR


Download 224.07 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi224.07 Kb.
#1594639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sizot suvlarining balansi va ularning maqul chuqurligi

I – BOB. SIZOT SUVLARI HAQIDA. GIDROMODUL RAYONLAR
Sizot suvlar tuproq ostidagi birinchi suv o‘tkazmaydigan (berch) qatlam ustida joylashadi, bunda tuproqning barcha g'ovakliklari suv bilan to’lgan bo’ladi. Sizot suvlari sug'orish tarmoqlari va sug'oriladigan dalalardan sug'orish suvlarining, yomgMr va qor suvlarining filtratsiya boMishi, balandda joylashgan yerlardan tuproq ostidan oqib kelishi va juda oz miqdorda suv bug'larining konditsiyalanishi hisobiga ta'minlanadi. Quyi (etak)da joylashgan uchastkalarga va kollektor-zovur tarmoqlariga oqib chiqib ketishga, tuproq havosiga bug’lanishga, kapillyar g'ovakliklar orqali tuproqning faol qatlamiga ko'tarilishga sarflanadi.Tuproqda muallaq osilib turuvchi suvlar tuproqning namligi nisbatan kichik bo’lmagan tomonga doimiy harakat qilib turadi, lekin bu hara- kat tuproq namligi kamayishining ma’lum bir chegarasigacha ~ kapillyar bog‘lanishning uzilish namligi (KBUN)gacha davom etadi va undan keyin bunday suvlaming harakati to'xtaydi. U, odatda, tuproqning chegaraviy dala nam sig'imi (ChD NS)ning 6 0 - 7 0 foiziga teng bo’ladi. S.I. Dolgov (1957) bu chegara o‘simliklarning suv bilan ta'minlanish sharoitini yomonlashuvini bildiruvchi ko’rsatkich deb ko'rsatadi. Bu namlik o'simliklar uchun mo'tadil namlikning quyi chegarasi - kritik namlikkato'g'ri keladi.
Yuqorida qayd etilganlar negizida S.J. Dolgov tuproqning namlanish darajalarini biologik jihatdan quyidagicha baholaydi:
1) o'simliklar mutlaqo foydalana olmaydigan (mustahkam bog'langan);
2) juda kam va qiyin foydalana oladigan (SN dan «o‘lik zaxirasi»gacha bo'lgan namlik);
3) kam unumda foydalana oladigan (bo‘sh bog‘langan pardasimon suvning sirtqi qobig'i); 4) mo'tadil unumda foydalana oladigan (ICBUN dan ChDNS gacha bo'lgan namlik); 5) yuqori unumda foydalana ola- digan; 6) ortiqcha namiqqan (havo yetishmaydi).Sug'orishlar orqali tuproqni to'rtinchi darajali namiqishi - mo'tadilnamlik ko ‘tami (MNK) ta'minlanadi. U tuproqning ChDNS va KBUN chegaralarida bo'ladi, ya’ni MNK=ChDNS-KBUN. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi sharoitida ko'pincha unumli namlik ko'lami (UNK) — UNK=ChDNS-SN — hisobga olinadi (A.A. Rode bo'yicha bu - faolnamlik ko'lami).

Sizot suvlarning joylashgan chuqurligi, tuproqning mexanik tarkibi, tuproq qatlamining litologik tuzilishiga ko'ra S.N. Rijov va N.F. Bespalov sug'oriladigan yerlami quyidagi 9 ta gidromodul rayonga ajratishgan ( 1 -jadval).




Download 224.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling