Mavzu: Sizot suvlarining balansi va ularning maqul chuqurligi mundarija
Download 224.07 Kb.
|
Sizot suvlarining balansi va ularning maqul chuqurligi
2.1. TABIATDA SUVNING AYLANISHI
Suv tabiatda doimo tinimsiz harakatda. Bu harakat jarayonida u goh bug‘, goh suyuq, goh qattiq (muz va h.k.) holatda bo‘ladi. Bu uch holat uzluksiz o‘zaro bog‘liq holda bir-birlari bilan almashinib turadi. Bu almashinish sababi eng avvalo Quyosh issiqligining (harakatining) fasllar oshaYer sathi hududlariga (tog‘, tog‘ oldi, tekislik) va dunyo okeani yuzasiga turlicha darajada ta’sir etishidir. Suvning asosiy makonlari bo‘lib, Yer sferalari: atmosfera, litosfera, gidrosfera va biosfera hisoblanadi. Suv okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar sathidan bug‘lanib, yana suyuq (yomg‘ir) yoki qattiq (qor, jala) yog‘in holatda Yer hududlariga tushadi. Bu tushgan yog‘inning bir qismi daryolar orqali okeanlarga qarab yo‘l olsa, ikkinchi qismi qayta bug‘lanib atmosferaga ko‘tariladi va yog‘in bo‘lib yerga tushadi. Uchinchi qismi esa yer qobig‘ini tashkil etuvchi (litosferani) tog‘ jinslari qatlamlariga shimilib, sizilib o‘tib yer osti suv oqimini vujudga keltiradi. Yer osti suv oqimi o‘z harakati jarayonida daryo oqimlariga qo‘shilishi va bug‘lanib yana atmosferaga ko‘tarilishi mumkin. Demak, gidrosferadagi, atmosferadagi, hamda yer qobig‘i qatlamlaridagi mavjud suvlar doimo harakatda bo‘lib, bug‘, yog‘in, yer usti yoki yer osti oqimlari holatida aylanib yuradi (12.1-rasm). Suvni bunday okean-dengiz, atmosfera va quruqlikdagi doimiy ravishda almashinib turishiga fanda suvning tabiatdagi katta aylanishi deb ataladi. Agar dengiz sathidan bug‘langan suv yog‘inga aylanib dengizga qayta tushsa suvning tabiatdagi kichik aylanishideb yuritiladi. Vanihoyat, suvning quruqlik (materik) sathidan parga aylanib, yana yog‘inbo‘lib qayta quruqlik sathiga tushishisuvning materik ichidagi aylanishideyiladi. Suvning atmosfera, gidrosfera, biosfera, litosferalarda mavjudligi va biz yuqorida aytib o‘tganimizdek ana shu sferalar bo‘yicha uning doimiy harakati, miqdori, bir holatdan ikkinchi holatga almashinib turishi qator omillarga, jumladan, quyosh radiatsiyasi, havo harakatiga, bosimiga, yog‘in miqdoriga, bug‘lanishiga, shamolning harakat yo‘nalishiga, yer sathining geomorfologik tuzilishiga, litosferani tashkil etuvchi tog‘ jinslarining tarkibi, xossa va xususiyatlariga, o‘simliklar dunyosiga bog‘liq. Bug‘lanish qiymati millimetrda ifodalanadi. Uni aniqlash ma’lum qalinlikdagi va sathdagi suv havzalarida, ekin maydonlarida maxsus qurilmalarga o‘rnatilgan yuzasi 3000 sm2 gacha bo‘lgan bug‘lanishni aniqlaydigan asboblar (ÃÃÈ-3000) hamda tuproq yuzasida yuz beradigan bug‘lanishni o‘lchaydigan ÃÃÈ-51 bug‘latgichlar yordamida olib beriladi. Bug‘latgichlarning diametri qanchalik katta bo‘lsa, bug‘lanish qiymati shuncha kam va haqiqiy tabiiy bug‘lanish qiymatiga yaqin bo‘ladi. Yer usti suv oqimi.Bu suv oqimi daryolar oqimi bo‘lib, yerning ustki yuza qismida vujudga kelishi va oqishi bilan xarakterlidir. Daryolarning suvliligi uning havzasi maydonining kattaligiga, havo bosimiga, ana shu maydonga tushadigan yog‘inning miqdoriga bog‘liq. Ma’lumki, balandlikni dengiz yuzasiga nisbatan ortib borishi bilan havoning bosimi har 100 metrga 13,3 mb kamayib boradi. Havo bosimining balandlikka qarab bunday kamayishi o‘z navbatida yog‘inning ma’lum balandlikka qadar ortib borishiga va keyin kamayishiga ba’zan yog‘inning quruq qor holatida tushishiga sababchi bo‘ladi. Yer usti suv oqimini doimiy ravishda ta’minlab turuvchi omillardan biri — bu tog‘li hududlarning yuqori baland mintaqalaridagi mavjudmuzliklar hisoblanadi. Muzliklar Yer shari quruqlik maydonining 16 mln km 2yoki 11% qismini egallaydi. Uning hajmi 18 mln km 3 bo‘lib, Yer sharidagi hamma daryolar yillik oqimidan 500 marta oshiqligi bilan xarakterlanadi (Apollov, 1963). V. I. Lvovich keltirgan ma’lumotiga ko‘ra, yer yuzasidagi daryolarning suvi planetamizning quruq qismidagi hamma suv hajmining 36560 km3 qismini tashkil etadi, uning 3550 km3 hajmdagi miqdori har yili okeanga qaytib oqib tushadi. Qolgan qismi esa yer osti suv oqimini hosil qilishda va bug‘lanishga sarf bo‘ladi (Sedenko, 1979). Yog‘inning daryo oqimini vujudga keltirish, uni suv bilan ta’minlash darajasi suv yig‘uvchi maydonning geologik, relyef tuzilishiga, tog‘ jinslarining g‘ovakligiga bog‘liq holda yuz beradi. Yer osti suvlarining kelib chiqishi to‘g‘risida qator fikr va nazariyalar mavjud. Ulardan eng asosiylari kondensatsiya va infiltratsiya nazariyalari hisoblanadi. Kondensatsiya nazariyasiningto‘ng‘ich namoyondalaridan bo‘lib Aristotel (e.a. III asr), nemis gidrogeologi Folger (XIX asrning ikkinchi yarimi, 1878- yillar), rus tuproqshunos olimi A. F. Lebedev (1907—1919-yillar) va boshqalar hisoblanadi. Ularning fikrlarini umumlashtirib hamda suv bug‘larining yuqori bosimli hududlardan past bosimli hududlarga qarab harakat qilishini, yoz fasli mobaynida tog‘ jinslari va tuproq tarkibidagi suv bug‘larining bosimini, atmosferadagi suv bug‘lari bosimiga nisbatan past bo‘lishini va chuqurlik ortishi bilan bosimning yanada o‘zgarib borishini hisobga olinadigan bo‘lsa va bu harakat davomida haroratning o‘zgarishi, suv bug‘larining tog‘ jinslari bo‘shliqlariga kirib borishi, undagi havoning suv bug‘lari bilan o‘ta to‘yinishi hisobiga avval suv tomchilari, so‘ngra suv oqimi vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lishini ko‘ramiz. Bu jarayonni, ya’ni atmosfera bosimi o‘zgarishi, issiq havo oqimi sovuq havo oqimi bilan uchrashishi, havoning suv bug‘lari bilan to‘yinishi natijasida avval suv tomchilari, so‘ngra ma’lum hajmdagi ma’lum yo‘nalishdagi yer osti suv oqimining vujudga kelishi kondensatsiya nazariyasining asosini tashkil etadi. Suvning bu zaylda bo‘lishini ota-bobolarimiz bundan bir necha yuz yillar avval yaxshi bilishgan. Suvsiz cho‘l hududlarida quduqlar qazish, tosh uyumlaridan piramidalar qurish yo‘li bilan suv to‘plaganlar millionlab qo‘y, yuz minglab tuyalarni ana shu suv hisobiga boqqanlar. Bunda quruq tog‘ jinsi qatlamida qazilgan quduqning chet devorlarida, atmosfera havo bosimining sutka davomida keskin o‘zgarishi, hamda atmosferadagi va jinsdagi mavjud suv bug‘lari bosimining va haroratning turlicha bo‘lishi hisobiga avval suv tomchilari, keyin bu tomchilarning bir-birlari bilan qo‘shilishi natijasida suv hosil bo‘lishini ular amalda sinovdan o‘tkazishgan. Infiltratsiya nazariyasigaasosan yer sathiga tushayotgan yog‘inning (yomg‘ir, qor, jala) tog‘ jinslari g‘ovaklari, yoriqlari orqali va qatlamlari bo‘ylab sizib o‘tib suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha yetib borishi, ana shu qatlamning ustki qismida yig‘ilishi natijasida hosil bo‘ladi (15.8-rasm). Bu holda paydo bo‘lgan yer osti suvi infiltratsiyasuvi deb ataladi. Infiltratsiya suvining vujudga kelishi u yoki bu hududga tushadigan yog‘inning miqdoriga, tog‘ jinslarining g‘ovaklik darajsiga, yer sathi tuzilishiga, uning dengiz sathiga nisbatan absolut balandligiga bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Shuningdek, bu yer osti suvining paydo bo‘lishida yerni ustki qismida mavjud bo‘lgan daryo, ko‘l, kanal, suv omborlaridagi suvlar ham qatnashadi. Bu manbalardan suv sizib o‘tishi jarayonida yer ostki qatlamlarida butunlay yangi yer osti suv oqimi vujudga kelishi yoki mavjud yer osti suvlari hajm jihatdan boyishi va uning sathi ko‘tarilishi yuz berishi mumkin. XULOSA “Biz tomonimizdan olib borilgan izlanishlarga asoslanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki Sizot suvlar tuproq ostidagi birinchi suv o‘tkazmaydigan (berch) qatlam ustida joylashadi, bunda tuproqning barcha g'ovakliklari suv bilan to’lgan bo’ladi. Sizot suvlari sug'orish tarmoqlari va sug'oriladigan dalalardan sug'orish suvlarining, yomgMr va qor suvlarining filtratsiya boMishi, balandda joylashgan yerlardan tuproq ostidan oqib kelishi va juda oz miqdorda suv bug'larining konditsiyalanishi hisobiga ta'minlanadi. Quyi (etak)da joylashgan uchastkalarga va kollektor-zovur tarmoqlariga oqib chiqib ketishga, tuproq havosiga bug’lanishga, kapillyar g'ovakliklar orqali tuproqning faol qatlamiga ko'tarilishga sarflanadi.Tuproqda muallaq osilib turuvchi suvlar tuproqning namligi nisbatan kichik bo’lmagan tomonga doimiy harakat qilib turadi, lekin bu hara- kat tuproq namligi kamayishining ma’lum bir chegarasigacha ~ kapillyar bog‘lanishning uzilish namligi (KBUN)gacha davom etadi va undan keyin bunday suvlaming harakati to'xtaydi. U, odatda, tuproqning chegaraviy dala nam sig'imi (ChD NS)ning 6 0 - 7 0 foiziga teng bo’ladi. S.I. Dolgov (1957) bu chegara o‘simliklarning suv bilan ta'minlanish sharoitini yomonlashuvini bildiruvchi ko’rsatkich deb ko'rsatadi. Bu namlik o'simliklar uchun mo'tadil namlikning quyi chegarasi - kritik namlikkato'g'ri keladi.” Download 224.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling