Mavzu: Shvesiya, Daniya, Norvegiya, qirolliklari ortasidagi
1945-2021-yillarda Daniya davlati
Download 296.86 Kb. Pdf ko'rish
|
Shvesiya daniya Norvegiya kursavoy ishi
2.3. 1945-2021-yillarda Daniya davlati Daniya (Danmark), Daniya qirolligi (Konqeriqet Danmark) — Yevropaning shimoligʻarbidagi davlat, Yutlandiya ya. orolning katta qismini va unga yaqin orollar guruhi (Zelandiya, Fyun, Lollann, Falster va boshqa)ni oʻz ichiga oladi. Maydon 43043 km 2 (Grenlandiya va Farer orollaridan tashqari); Aholisi 5,59 mln. kishi (2012). Poytaxti — Kopengagen shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 amt (viloyat)ga, amtlar esa kommunalarga boʻlinadi. Kopengagen va Frederikeberg shaharlari mustaqil maʼmuriy birlikka ajratilgan boʻlsa ham, ammo amtlarga tenglashtirilmagan. Ichki muxtoriyatdan foydalanuvchi Farer orollari va Grenlandiya orol Daniya qirolligi tarkibiga kiradi. Davlat tuzumi. Daniya— konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1953 yil 5 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (qirolicha, 1972 yildan qirolicha Margrete II). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha bilan folketing (bir palatali parlament) amalga oshiradi. Folketing 179 deputatdan iborat. Ular umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni qirol (qirolicha) amalga oshiradi. U bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Tabiati. Daniya hududi keng bargli urmonlar zonasida joylashgan, yer yuzasi tekislik. Eng baland joyi Yutlandiya yarim oroldagi Ayer- Bavnexoy tepaligi (172 m). Toʻrtlamchi davrda yer ustini qoplagan muzlikning izlari saqlanib qolgan. Yutlandiya yarim orol va boshqa orollarning sohillarida qoʻltiqlar va boʻgʻozlar koʻp. Daniyada qazilma boyliklar oz. Kaolin, boʻr, neft, torf, qoʻngʻir kumir, gaz va tuz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil dengiz iqlimi, yozi salqin, bahor va kuz fasllari uzok, davom etadi. Kishi yumshoq. Fevralda oʻrtacha temperatura 0°, iyulda 15—16°. Yillik yogin 600–900 mm. Yogʻinning koʻp qismi kuzda yogʻadi, bahorda va yozda yogʻin kam boʻladi. Tez-tez tuman tushadi. Daryolari juda qisqa (eng kattasi Gudeno, 158 km). Kichik oqar koʻl koʻp. Mamlakat gʻarbining tuprogʻi podzol, sharqiniki qoʻngʻir oʻrmon tuproqlardir. Bu yerlarda dehqonchilik qilinadi. Dengiz sohillarida oʻtloqi allyuvial tuproq, karbonat jinslarda esa karbonatli qoʻngʻir tuproqlar paydo boʻlgan. Hududining 10 % ga yaqini oʻrmon bilan band. Qaragʻay, qoraqaragʻay, qoraqayin va dub oʻrmonlari bor. Bu oʻrmonlarda yovvoyi xayvonlardan ohu, asil va chipor bugʻu, elik, tiyin, tustovuq uchraydi. Sohillarda parranda koʻp. Yirik 24 qoʻriqxonalari: Xesselyo, Vorse. Aholisining 98 % danlar; olmonlar va frizlar ham bor. Aholining oʻrtacha zichligi bir km 2 ga 114 kishi. Aholining 84,9 % shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — dan tili. Dindorlarning 91 % — lyuteranlar. Yirik shaharlari: Kopengagen, Orxus, Odense, Olborg . Tarixi Daniya hududida odam qadim zamonlardan beri yashab kelgan. 5—6-asrlarda bu yerga danlar qabilasi kelib joylashgan va 8-asrda ular Daniyadagi asosiy qabilaga aylangan. Mamlakat nomi shu qabila nomidan kelib chiqqan. Daniya davlati 9—10- asrlarda shakllangan. 11-asr boshlarida Buyuk Knud 1 hukmronligi davrida Angliya va Norvegiya Daniyaga qisqa vaqt qaram boʻlib turdi. Valdemar I (115782), Knud VI (1182-1202) va Valdemar II (1202—41) qirollik qilgan davrlarda Daniya davlati birmuncha mustahkamlangan. Skandinaviya davlatlari orasida Daniya iqtisodiy taraqqiy etgan va siyosiy jihatdan kuchli boʻlgan. 1380 yil D.Norvegiya uniyasi (ittifoqi) tuzilgan. 1397 yil (Margarita davrida) barcha Skandinaviya davlatlari Kalmar uniyasiga muvofiq Daniya qirolligiga qoʻshildi. 16-asrning 2-yarmidan yirik xususiy yer egaligi rivojlana boshladi. Daniya Boltiq va Shimoliy dengiz savdo yoʻlida muhim geografik oʻrin egallagani tufayli moddiy jihatdan birmuncha fonda koʻrar edi. Boltiq dengizida oʻz hukmronligini mustahkamlash va Shvetsiyani uning tarkibida ushlab turish maqsadida Daniya bilan Shvetsiya oʻrtasida koʻp marta boʻlib oʻtgan urushlar Daniyaning magʻlubiyati bilan tugab, Boltik, dengizida Shvetsiya hukmron boʻlib oldi. 17-asrga kelib Daniyada dastlabki ixtisoslashgan qirol manufakturalari paydo boʻlib, ular davlatning oʻq-dori, qurol-aslaha va harbiy anjomga boʻlgan ehtiyojini qondirib turdi. 1660 yil Daniya davlati merosiy monarxiya deb eʼlon qilindi. Frederik III (1648— 70 yillarda idora qilgan) tomonidan eʼlon qilingan qonun (1665) Daniya absolyut monarxiyaga aylanganini yuridik jihatdan tasdiqladi. Rigsrod (yirik feodallar organi) bekor qilinib, rigsdag (tabaka vakillari majlisi) ham chaqirilmaydigan boʻldi. Mamlakatni markazlashtirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. 1751—70 yillarda hukumatga boshchilik qilgan graf Bernstorf utkazgan merkantilizm siyosati Daniyaning xoʻjalik ahvolini ogʻirlashtirdi. Napoleon urushlarida Fransiya tomonida urushda qatnashgan Daniya magʻlubiyatga uchrab, birmuncha hududidan ajraldi va xoʻjaligiga katta zarar yetdi. 1840 yil milliy liberal partiya tuzildi (1870 yil tarqatib yuborildi). 1849 yil iyun konstitutsiyasiga muvofiq Daniya ikki palatali cheklangan 25 monarxiyaga aylandi. Shu yili yirik yer egalari manfaatini himoya qiluvchi konservativ Download 296.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling