Mavzu: Shvesiya, Daniya, Norvegiya, qirolliklari ortasidagi


Download 296.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana05.05.2023
Hajmi296.86 Kb.
#1427088
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shvesiya daniya Norvegiya kursavoy ishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



II.BOB. 1945-2021-yillarda Shvesiya, Norvegiya, Daniya, davlatlari 
2.1. 1945-2021-yillarda Shvesiya davlati 
Shvetsiya (Sverige), Shvetsiya Qirolligi (Konungariket Sverige) Shimoliy 
Yevropada, Skandinaviya yarim orolning sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 450 ming 
km². Aholisi 9, 517 mln. kishi (2012). Poytaxti – Stokgolm shahri. Maʼmuriy jihatdan 
24 len (gubernya)ga boʻlynadi. Stokgolm lenga tenglashtirilgan mustaqil maʼmuriy 
birlik sifatida ajratilgan. Davlat tuzumi. Shvetsiya – konstitutsiyali monarxiya. 
Amaldagi konstitutsiyasi 1975-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi qirol 
(1973-yildan Karl XVI Gustav). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni riksdag (1 palatali 
parlament), ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Shvetsiya 
Yevropaning Atlantika boʻyi qismida, moʻʼtadil mintaqa shimolida joylashgan. 
Shimoliy va gʻarbiy qismi togʻli (Skandinaviya togʻlari, eng baland joyi 2123 m, 
Kebnekayse togʻi). Shvetsiya shimolida Norland yassitogʻligi (bal. 200–800 m), 
janubida Smoland qiri bor. Qolgan qismi pasttekislik va koʻllardan iborat. Foydali 
qazilmalardan temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux, uran rudalari, oltin, kumush, marganets, 
volfram konlari hamda mineral buloqlar bor. Iqlimi moʻʼtadil, Golfstrim iliq oqimining 
taʼsiri katta. Shimolida iqlim sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi janubida 0–5°, 
shimolida –6° dan –14° gacha, iyulniki xuddi shu joylarda 15–17° va 10–11°. Yillik 
yogʻin togʻlarda 1500–2000 mm, tekisliklarda 700–800 mm. Daryolari qisqa va 
serostona. Shvetsiya hududining 9% qoʻllar bilan band. Yirik koʻllari: Venern, Vettern, 
Yelmaren, Melaren. Hududining 57% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, aralash 
oʻrmonlar, shimolida tundra oʻsimligi oʻsadi. Tuproqlari podzol, chimli podzol, qoʻngʻir 
oʻrmon, togʻ podzol, togʻ tundra va botqoq tuproqlar. shahrida oʻrmon hayvonlari va 
suv parrandalari koʻproq uchraydi. Abisku, Muddus, Sarsk Shyoffallet milliy bogʻlari 
va koʻrixonalar bor. Aholisi. Aholisining 91% shvedlar. Shuningdek, saamlar, finlar, 
norveglar, danlar ham yashaydi. Rasmiy til – shved tili. Dindorlari – xristianlar (asosan, 
lyuterchilar). Shahar aholisi 83,1%. Yirik shaharlari: Stokgolm, Gyoteborg, Malmyo. 
Tarixi. Mil. av. 8–9ming yillikdan boshlab Shvetsiya hududida odam yashab keladi. 
Mil.ning 1-asr oʻrtalarida german qabilalari (sve, gyot va boshqalar) kelib joylashgan: 
ular hozirgi shvedlarning etnik asosini tashkil qilgan. 6–7-asrlarda shved qabilalarining 


10 
birlashish jarayoni boshlandi. 8 –11-asrlarda shvedlar vikinglar yurishlarida 
qatnashdilar. 11asr boshlarida xristianlik tarqaldi. 11-asrda birlashgan shved qirolligi 
tashkil topdi. 12– 14-asrlarda Shvetsiya Finlyandiyani bosib oldi (1809-yilgacha 
Shvetsiya tarkibida boʻlgan). 1397-yilda shahrining Daniya va Norvegiya bilan 
birlashishi natijasida Shvetsiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi. 15-asr – 16-asr boshlarida 
Daniya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik harakati avj oldi. 1521–23 yillarda dvoryan 
Gustav Erikson rahbarligida koʻtarilgan gʻalayon Daniya hukmronligiga barham berdi. 
G. Erikson 1523-yil Gustav I nomi bilan Shvetsiya qiroli etib saylandi va Vaza 
sulolasiga asos soldi. 16-asrning 30-yillarida reformatsiya harakati avj oldi va 
lyuterchilik joriy etildi. 16–19-asrlarda Shvetsiya, ayniqsa, Gustav II Adolf davrida 
Boltiq dengizida oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun urush olib bordi (1558–83 
yillardagi Livon urushi, 1618–48 yillardagi Oʻttiz yillik urush, 17-asr boshida Rus 
davlatiga qarshi urush, 17-asr 2-yarmida Polsha, Daniya, Rossiya bilan boʻlgan 
urushlar). 1700–21 yillardagi Rossiya bilan boʻlgan Shimoliy urusht Karl XII 
boshchiligidagi shved armiyasi tormor keltirildi; Shvetsiya oʻz hududining bir qismidan 
mahrum boʻldi. 19-asr boshlarida Shvetsiya antifransuz koalitsiyasi tarkibida Napoleon 
I ga qarshi urushlarda ishtirok etdi. 1809-yil shahrida demokratik islohotlar oʻtkazildi, 
konstitutsiya qabul qilindi (ayrim oʻzgarishlar bilan 1975-yilgacha amalda boʻldi). 
1814-yil Daniya bilan tuzilgan Kil shartnomasiga muvofiq, Norvegiya Shvetsiya 
tarkibiga oʻtdi (1905-yil shahridan ajralib chiqdi). Birinchi jahon urushi (1914–18) 
davrida betaraf Shvetsiya amalda Germaniyaga yon bosdi. Ikkinchi jahon urushi (1939–
45) davrida qatʼiy betaraflik eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tashqi siyosatda 
harbiysiyosiy bloklarda ishtirok etmaslik yoʻlini tutdi. 193276, 198291-yillarda va 
1994-yildan hokimiyatni Sotsial-demokratik ishchi partiyasi egallab kelmoqda. 
Shvetsiya 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 
16-yanvarda tan olgan va 1992-yil 8-aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. 
Milliy bayramlari: 30-aprel – Qirol tugʻilgan kun (1946), 6-iyun – Shvetsiya bayrogʻi 
kuni (1523, 1809).Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari. Carl 
XVI Gustaf Soʻl partiya, 1917-yil tuzilgan; Xalq partiyasiliberallar, 1895-yil tashkil 
etilgan; 
Atrofmuhitni muhofaza qilish partiyasi ("Koʻkatparvarlar") yoki 
"Milyepartiyet", 1981-yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1910-yil tuzilgan; Shvetsiya 


11 
sotsialdemokratik ishchi partiyasi, 1889-yil tashkil etilgan; Moʻʼtadil koalitsion partiya, 
1904-yil asos solingan; Xristiandemokratik partiya, 1964-yil tuzilgan. Shvetsiya kasaba 
uyushmalari markaziy birlashmasi, 1898-yil tuzilgan, 20 tarmoq kasaba uyushmalarini 
birlashtiradi. 
Xoʻjaligi va sanoati. Shvetsiya intensiv qishloq xoʻjaligiga ega yuksak darajada 
rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 30,5%, 
qishloq va oʻrmon xoʻjaliginiki 2,2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 67,3% ni tashkil 
etadi.Sanoatida 
qora 
va 
rangli 
metallurgiya, 
mashinasozlik 
(kemasozlik, 
avtomobilsozlik, aviasozlik, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va 
sellyuloza qozoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Kimyo, toʻqimachilik, oziqovqat (sut va 
goʻsht ishlab chiqarish) rivojlangan. Temir rudasi va rangli metallar qazib olinadi. 
Energetikasi gidroenergiya resurslari va chetdan keltiriladigan yonilgʻiga asoslangan. 
Yiliga oʻrtacha 142,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi, uning 1/2 qismi 
GES larga, 1/2 qismi AESlarga toʻgʻri keladi. Asosiy sanoat markazlari: Stokgolm, 
Gyoteborg, Malmyo, Vesteros, Linchyoping. Qishloq xoʻjaligi sermahsul boʻlib, 
oziqovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning 80% ni taʼminlaydi. Chorvachilik 
yetakchi tarmoq hisoblanadi va u goʻshtsut yetishtirishga ixtisoslashgan; qoramol, 
choʻchqa, shimoliy bugʻusi boqiladi. Dehqonchilikda yemxashak ekinlari, gʻalla (arpa, 
suli, bugʻdoy), qand lavlagi, kartoshka ekiladi. Boltiq va Shimoliy dengizlardan baliq 
ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi. Transporti. Transportida temir yoʻl uzunligi 
10,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 136,2 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 
2,74 mln. reg. brutto t. Yirik portlari: Gyoteborg. Stokgolm, Luleo, Malmyo. Daniya, 
Finlyandiya, Germaniya bilan temir yoʻl, paromlar orqali bogʻlangan. Shvetsiya chetga 
qogʻoz, karton, sellyuloza, yogʻoch, mashina va jihozlar, temir rudasi, kimyoviy 
mahsulotlar chiqaradi; chetdan sanoat mahsulotlari, xom ashyo, oziqovqat mollari oladi. 
Tashqi savdoda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Norvegiya bilan hamkorlik qiladi. 
Xorijiy sayyohlik rivojlangan (yiliga 6 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi – shved 
kronasi. Tibbiy xizmati. Vrachlar 6 untning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. shahrida 
aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish bepul. Stryomstad balchiqli, Rannebyu 
balneolbgikbalchiqli, Marstrand dengiz boʻyi iqlimiy va boshqalar kurortlar bor. 


12 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Mamlakatda 7 yoshdan 9 yillik 
majburiy taʼlim joriy etilgan boʻlib, u 3 bosqich (3+3+3) dan iborat. 9 yillik maktabni 
tugatganlar oʻqishni gimnaziyada davom ettiradi. shahrida ZOdan ortiq oliy oʻquv yurti 
bor. Yiriklari: Upsala universiteti, Stokgolm universiteti, Gyoteborg universiteti (1891), 
Stokgolmdagi Qirollik oliy texnika maktabi (1827), Gyoteborgdagi Politexnika 
universiteti (1829). shahridagi mashhur ilmiy muassasalar: Shvetsiya qirollik fanlar 
akademiyasi, Muhandislik akademiyasi (1919), Upsaladagi qirollik gumanitar fanlar 
jamiyati (1889), Upsaladagi qirollik tabiiy fanlar jamiyati (1710), Gyoteborgdagi 
qirollik sanʼat va fan jamiyati (1778), Stokgolmdagi tibbiyotjarrohlik instituti, 
Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasi (1786). Yirik kutubxonalari: Stokgolmdagi 
qirollik kutubxonasi, Upsala, Gyoteborg untlarining kutubxonalari, Stokgolm va 
Gyoteborg shahri kutubxonalari. Muzeylari: Milliy muzey, hozirgi zamon sanʼat muzeyi, 
ent. muzeyi, Stokgolm shahri muzeyi, Tarix muzeyi, Shimoliy muzey, Milliy dengiz 
muzeyi, Kronan qalʼasidagi harbiy muzey, arxeologiya muzeyi va boshqalar. Matbuoti, 
radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Shvetsiya bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. 
Yiriklari: "Arbetet" ("Mehnat", kundalik gazeta, 1887-yildan), "Aftonbladet" ("Kechki 
gazeta", kundalik kechki gazeta, 1830-yildan), "Vi" ("Biz", haftalik ijtimoiysiyosiy 
bezakli jurnal, 1913-yildan), "Gyotebergsposten" ("Gyoteborg pochtasi", kundalik 
gazeta, 1858-yildan), "Dagens nyuxeter" ("Kun yangiliklari", kundalik gazeta, 1864-
yildan), "Kvellsposten" ("Kechki pochta", kundalik kechki gazeta, 1948-yildan), 
"Metallarbetaren" ("Metallurg", haftalik jurnal, 1888-yildan), "Svenska dagbladet" 
("Shvetsiya haftalik gazetasi", kundalik gazeta, 1884-yildan), "Syudsvenska dagbladet 
snellposten" ("Janubiy Shvetsiya haftalik gazetasi", kundalik gazeta, 1848-yildan), 
"Ekspressen" ("Ekspress", kundalik kechki gazeta, 1944-yildan). Shvetsiya telegraf 
byurosi 1921-yil tuzilgan; shahridagi gazetalarning aksiyadorlik jamiyati. Shvetsiya 
radiosi hamda Shvetsiya televideniyesi aksiyadorlik jamiyatlari sifatida 1993-yil tashkil 
etilgan. shahrida radioeshittirishlar 1924-yildan, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan olib 
boriladi. 
Adabiyoti. Shved badiiy adabiyotining dastlabki yodgorliklari 9-asrga oid boʻlib, u 
sher yoki ritmik nasr shaklidagi runik yozuvlardsr. Oʻrta asrlarda adabiy anʼanalar xalq 


13 
ogʻzaki ijodida oʻz aksini topdi. Xristianlikning tarqalishi davrida lotin tilida diniy 
adabiyot yaratildi. 14–15-asrlarda ballada, qoʻshiq, tarixiy xronikalar, 17-asrdan 
dramaturgiya rivoj topa boshladi. Bu janrlarda tarixchi va dramaturg Yu.Messenius 
asarlar yaratdi. Birinchi yirik lirik shoir L.Vivalius boʻldi. Uygʻonish davri gʻoyalari 
ensiklopedist olim va shoir G.Shernʼyelm ijodida, Yu.Runius sheʼriyatida oʻz aksini 
topdi. G. Dalperna sheʼriyatda barokko uslubining asoschisidir. 18asr adabiyoti 
maʼrifatchilik gʻoyalari taʼsirida rivojlandi; uning yorqin vakili shoir, publitsist va 
tarixchi U.Dalindir. 19-asr boshlarida romantizm adabiyotdagi yetakchi oqimga aylandi. 
Bu oqimning taniqli vakili shoir, tarixchi va faylasuf E.G.Geyer boʻldi. E.Tegner oʻz 
ijodida maʼrifatchi va romantiklar tajribasidan foydalanib, "Fritof haqida doston"ni 
yaratdi; bu asar keyinchalik milliyeposga aylandi. 19-asrning 30-yillarida 
K.Yu.L.Almkvistning realistik qissalari yuzaga keldi. 70-yillarda Yu.A.Strindberg 
tanqidiy realizm asoslarini yaratdi. 20-asr boshlarida tanqidiy realizm Ya. Syoderberg, 
Ya.Bergman, P.S.Siverts ijodida yorqin namoyon boʻldi. D.Anderson, M.Kox. Yu. 
Chelgren, I.LuYuxanson, M. Martinson proletar adabiyoti vakili sifatida maydonga 
chiqdilar. P.F. Lagerkvist oʻz asarlarida murakkab axloqiy va falsafiy muammolarga 
toʻxtalib oʻtdi. Sheʼriyatla A.Esterling, N.Ferlin realistik yoʻnalishda ijod qildilar. 30-
yillar va Ikkinchi jahon urushi yillari shahrida antifashistik adabiyot shakllandi (E. 
Yunson, V. Muberg, M.Martinson asarlari). 50–70-yillarda realistik nasr anʼanalarini 
P.A.Fogelstryom, S.Lidman, P.Rodstryom, L.Gustafson va boshqalar davom ettirdi. 
Hujjatli nasr rivojlandi (A.Lundkvist, S.Lidman, Ye.Palma va boshqalarning ayrim 
asarlari). A.Lindgrenning bolalar uchun kitoblari jahonda shuhrat qozongan. Adiblardan 
B. Setterland, L. Forshel, B. Xokanson, Yo.Sunnevi, S. Okesson, Yo. Palma mashhur. 
Meʼmorligi. 11 –12-asrlarda roman uslubida cherkovlar, 13–15-asrlarda gotika uslubida 
ibodatxonalar qurildi. 16-asrda Uygʻonish davri meʼmorligi uslubida qasrlar bunyod 
etildi. 17-asrda barokko va klassitsizm uslubida shahar saroylari, shahardan tashqarida 
bogʻli qarorgohlar qurildi (Ritsarlar uyi, 1641–71, meʼmorlar S. de la Valle, J. de la 
Valle va boshqalar; birja, 1767–76, meʼmorlar K.Yu.Krunstedt va boshqalar; ikkalasi 
ham Stokgolmda). 19-asr meʼmorligidagi klassitsizm eklektikaga oʻrin boʻshatdi. 20-asr 
boshlarida milliy romantizm belgilari paydo boʻldi (meʼmorlar F. Buberg, K. Bergsten). 
Neoklassitsizm (Stokgolmdagi shahar kutubxonasi, 1924–27, meʼmor Ye.G.Asplund), 


14 
neoromantizm (Stokgolmdagi ratusha, 1911–23, meʼmor R. Estberg) yoʻnalishlari, 
funksionalizm va organik meʼmorlik gʻoyalari uygʻunlashgan zamonaviy meʼmorlik 
maktabi (Stokgolmdagi Vellingbyu turar joylari, 1951–55, meʼmorlar S.Markelius va 
boshqalar; Eksilstundagi Freslund turar joy majmui va savdo markazi, 20-asr oʻrtalari, 
meʼmorlar Ya. Geyer, S. Yungkvist) shakllandi. Keyingi yillarda yaratilgan yirik 
inshootlar: "VennerGren" ilmiy markazi binosi (1959–61, meʼmorlar S.Lindstryom, A. 
Byuden), teleminora (1964–67, meʼmorlar X. Borgstryom, B. Lindros; ikkalasi ham 
Stokgolmda), Gyoteborg shahridagi savdo markazi (1967, meʼmorlar X. Klemming, E. 
Telaus), Stokgolmdagi madaniyat uyi (1974, meʼmor P. Gelsing). Tasviriy sanʼati. 
Boxuslendda jez davrida ishlangan qoyatosh rasmlari saqlangan (ov, jang lavhalari). 
Temir davrida (mil. av. 6-asr – mil. boshlari) tosh stelalar tayyorlangan, metall va 
yogʻochga oʻyib naqsh, tasvirlar ishlangan. Oʻrta asrlarda bezak rassomligi, 
haykaltaroshlik, miniatyura rivoj topdi. 18-asrda haykaltaroshlik (Yu.T. Sergel), 
rassomlik (N.Lafrensen, P.Xillestryom), portret sanʼati (A.Roslin, K.G.Pilo, 
G.Lundberg) yuksak darajaga koʻtarildi. 19-asrning 1-yarmida tasviriy sanʼatda 
romantizm tarqaldi. 19-asrning 2-yarmi – 20asr boshlarida A.Sorn, E.Yusefson portret 
va maishiy kartinalarda realizmni rivojlantirdilar. 20-asr haykaltaroshligida K.Milles, 
B.Yurt, B.Marklundning monumentalbezak asarlari, rassomlikda S.Derkert, E.Yulli, 
A.Amelin asarlari ajralib turadi. Rassomlar I.Gryunevald, V.Nilson, S.Xalstryom 
kartinalari maishiy mavzuga bagʻishlangan. F. fan Shans, K.Du, L. Lindebergning 
grafik asarlarida sanʼatkorlarning yuksak mahorati yaqqol koʻzga tashlanadi. 20-asr Sh 
tasviriy sanʼatida syurrealizmdan popart va giperrealizmgacha boʻlgan turli modernistik 
oqimlar keng tarqaldi. Xalq sanʼati anʼanalarga boy. Kulollik, metall va charmga badiiy 
ishlov berish, suyak va yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Musiqasi. Skandinaviya 
musiqa madaniyati oqimida rivojlandi. Xalq cholgʻulari – lur (choʻpon burgʻusi), 
qoʻngʻiroqcha, keyinchalik skripka, klarnet, fleyta, arfa, akkordeon. 11-asrdan 
professional cherkov musiqasi rivojlandi. Dunyoviy musiqa madaniyatini tarqatuvchilar 
– skaldlar (13-asrgacha) va sayoq musiqachilar (16-asrgacha) boʻlgan. 14–15-asrlarda 
ballada qoʻshiqlar paydo boʻldi. 16-asrda protestant xorali tarqaldi. 1526-yil 
Stokgolmda saroy kapellasi tuzildi [dastlab Dyuben oilasi boshchiligidagi nemis 
musiqachilari, 18-asrdan Yu.X.Rumen (birinchi professional kompozitorlardan biri) va 


15 
F.Uttini (birinchi shved operasi muallifi, 1773, opera truppasi asoschisi, 1773, uning 
negizida qirollik operasi tuzilgan)]. 1771-yil Stokgolmda qirollik musiqa akademiyasi 
tashkil etilgan (19-asr oxiridan konservatoriya, 1940-yildan Oliy musiqa maktabi, 1971-
yildan Davlat oliy musiqa maktabi). 18asr oxiri – 19-asr kompozitorlari oʻrtasida Yu. 
G.Nauman, F.A.Bervald, K.Stenborg mashhur boʻlgan. 19-asr boshlari romantizm 
taʼsirida milliy musiqa folkloriga qiziqish ortdi. 19-asr 2-yarmida kompozitorlar xalq 
kuylaridan foydalandilar. Shved vokal maktabi jahonda shuhrat qozondi (Ye.Lind, 
K.Nilson, E.Gulbranson va boshqalar). 20-asr 1-yarmida milliy kompozitorlik maktabi 
asoschisi V.PetersonBerger ijod qildi (musiqali dramalar, 5 simfoniya, cholgʻu 
asboblari asarlari muallifi). 20-asrning oʻrtalarida kompozitorlardan K.M.Atterberg, yil 
Nyustryom (cholgʻu asarlari), X.Rusenberg va boshqalar samarali ijod qildilar. 1950–
70-yillar kompozitorlari ijodiga avangardizm oqimi taʼsir qoʻrsatdi. Ijrochilar oʻrtasida 
dirijyorlar S.Erling, S.Vesterberg, X.Blumstedt; xonandalar N.Gedda, R.Syoderlyof, 
B.Nilson, L.Anderson; balet artistlari I.Brosse, M.Lang mashhur. shahrida 10 simfonik 
orkestr, xorlar, Stokgolm, Gyoteborg, Malmyoda opera teatrlari ishlaydi. Teatri. Shved 
professional teatri tarixi universitet va maktablarda drama teatr truppalari paydo 
boʻlganvaqt (1ba.)dan boshlanadi. 1682-yil dramaturg Urban Yernening Upsala 
universiteti qoshida tuzgan teatr truppasi shahrining birinchi professional teatri 
hisoblanadi. 1779-yildan Gyoteborgda doimiy teatr, 1788-yildan Stokgolmda Kirollik 
drama teatri ishlay boshladi. 19-asrning yetakchi aktyorlari: L.Yurtsberg, E.Xyogkvist, 
N.Almlyof, G. Dalkvist. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Yu.A.Strindber ijodi tufayli 
Shvetsiya teatri Yevropada shuhrat qozondi. Uning pyesalarini rejissor va aktyor 
Yu.Lindberg va rejissor G.Mulander sahnalashtirdilar. 1907-yil Strindberg tashabbusi 
bilan Stokgolmda Intim teatri ochildi. 20-asrning 20–30-yillarida rejissor 
P.Lindbergning faoliyati muhim oʻrin egalladi; u turli davrlarda Gyoteborgdagi 
"Lorensberg teatr", Stokgolmdagi "Teatr Ekman" va "Vasateatr"ga rahbarlik qildi. P. 
Lindberg ijodi shahrida hozirgi zamon rejissorlarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatdi 
(A.Shyoberg, I.Bergman, S.Malkvist va boshqalar). shahrining yirik teatrlari: Qirollik 
drama teatri, Gyoteborg, Xelsingborg, Malmyodagi teatrlar. 20-asrning 60–80-
yillaridagi yetakchi aktyorlar: T.Xammaren, I.Xedkvist, L. Xanson, E.Dalbek, 
G.Volgren, Ya. Kulle, S. Miliander, M. Ekstryom K. Xanning, U. Palme. Kinosi. 1897-


16 
yilda shved N.Paterson bir necha hujjatli va badiiy filmni suratga oldi. shahrida 
muntazam ravishda kino ishlab chiqarish 1907-yildan boshlandi. 1910–20-yillarda bir 
qancha filmlar yaratildi ("Tirye Vigen", 1916; "Togʻlik Eyven va uning rafiqasi", 1917; 
"Ingmar oʻgʻillari", 1918; hammasining rejissor V.Shyostrem). 20–30 yillarda kinoning 
badiiy va gʻoyaviy saviyasi pasaydi, ekranlarga oʻrtamiyona komediya va melodramalar 
chiqarildi. 40-yillarda fashizmni qoralovchi filmlar qoʻyildi ("Oʻt alanga oladi", 1943, 
rejissor G.Mulander; "Janobi oliylari", 1944, rejissor X.Ekman). Ikkinchi jahon 
urushidan keyingi yillarda rejissorlar ijodida yolgʻizlik, maʼnaviy tushqunlik yetakchi 
mavzuga aylandi. Bu I.Bergman ijodida oʻz ifodasini topdi ("Masxarabozlar oqshomi", 
1953; "Koʻzgudagidek", "Daxldor" va "Sukut" trilogiyasi, 1961–63; "Kuzgi sonata", 
1980; "Fanni va Aleksandr", 1982). A.Shyobergning filmlari esa inson ichki dunyosi 
taxliliga bagʻishlangan ("Oddiygina ona", 1949; "Fryoken Yuliya", 1951; "Soʻnggisi 
oʻyindan chiqadi", 1956). 60–70-yillarda rejissorlar ijtimoiysiyosiy muammolar 
koʻtarilgan filmlarni yaratdilar ("Odalen31", 1969; "Jo Xill", 1971; ikkalasining rejissor 
B.Viderberg; "Mana sening hayoting", 1967; "Muhojirlar", 1970; "Yangi yer", 1972; 
hammasining rejissor Ya.Troell). Shu bilan birga 60–80-yillarda ayrim rejissorlar oʻz 
ijodlarida ochiq naturalizm, qoʻpol erotikadan ham foydalandilar (V. Shyoman, 
T.Vikman, B.Torn). Shvetsiya kinosida hujjatli filmlar ishlab chiqarish alohida oʻrin 
tutadi (E.Leyslerning "Qonli davr" filmi, 1960; 70-yillarning boshlaridagi ish 
tashlashlar toʻgʻrisida kinoreportajlar turkumi). Shvetsiya kinosining yetakchi aktyorlari: 
B.Anderson, X.Anderson, I.Tulin, L. Ulman, G.Byornstrand, M.Syudov va boshqalar 
1963-yildan Stokgolmda Shved kino instituti, 1965-yildan uning huzurida kino maktabi 
ishlaydi. 

Download 296.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling