Mavzu: Shvesiya, Daniya, Norvegiya, qirolliklari ortasidagi


Download 296.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana05.05.2023
Hajmi296.86 Kb.
#1427088
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shvesiya daniya Norvegiya kursavoy ishi

 
 
 
 


17 
 
2.2. 1945-2021-yillarda Norvegiya davlati 
Norvegiya, Norvegiya Qirolligi (bukmolcha: Kongeriket Norge, nyunorskcha: 
Kongeriket Noreg) — Shimoliy Yevropadagi davlat. BMT aʼzosi. Skandinaviya yarim 
orolining gʻarbiy va shimoliy qismida. Maydoni 385[2] ming km2. Aholisi 5,328,212 
kishi (2019)[3]. Poytaxti Oslo shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, 
jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo shahriga boʻlinadi. Shpitsbergen arxipelagi, 
Aiyq oroli, Yan Meyen va Buve orollari ham Norvegiyaga qaraydi. Davlat tuzumi. 
Norvegiya — konstitutsiyali monarxiya. 1814-yil 17-mayda qabul qilingan Norvegiya 
Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat 
boshligʻi — qirol (1991-yil 21-yanvardan Harald V). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 
ikki palatali (yuqori palatasi lagting, quyi palatasi odelsting) parlament — storting 
amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyat qirol qoʻlida boʻlib, u Davlat kengashi (hukumat)ni 
tayinlaydi. Bosh Vazir 2013: Erna Solberg Tabiati. Norvegiya — togʻli oʻlka. 
Hududining qariyb 2/3 qismi dengiz sathidan 500 m dan baland; dengiz sohilidagina 
pasttekislik bor. Gʻarbiy qirgʻogʻida tik yon bagʻirli tor qoʻltiq (ford) koʻp. Yirik 
orollari — Lofoten, Vesterolen, Senya, Mageryo va boshqalar. Hududining katta 
qismini Skandinaviya togʻlari ishgʻol qiladi (eng baland joyi Galxyopiggen togʻi — 
2470 m). Foydali qazilmalari: temir, nikel, mis, titan, uran, molibden, kobalt va kumush 
rudalari. Shimoliy dengizning quruqlikka yaqin sayoz qismida neft va gaz konlari bor. 
Iqlimi moʻtadil, shimoliy chekkasida subarktika, sohilida okean iqlimi yanvarning 
oʻrtacha harorati shimolda —2—4 °C, janubda 2 °C. Yozi salqin, tez-tez yomgʻir 
yogʻadi. Yillik yogʻin 1000–3000 mm. Muzliklarning umumiy maydoni 3000 km2 ga 
yaqinni tashkil etadi. Yirik daryolari — Glomma, Logen (Gudbransdal), Logen 
(Numedal). Katta gidroenergiya salohiyatiga ega boʻlgan bu daryolar qor, yomgʻir va 
muzliklardan toʻyinadi. Eng katta koʻli — Myosa. Asosiy tuprogʻi — yupqa tundra 
tuprogʻi, janubda togʻ podzol tuprogʻi uchraydi. Mamlakat hududining 27 % oʻrmon. 
Yovvoyi hayvonlardan tulki, silovsin, rosomaxa, suvsar, los, bugʻu, quyon, tiyin, 
lemming va boshqalar bor. Dengiz sohilida gala-gala qushlar, dengizlarda turli baliq va 
tyulen koʻp. Aholisi. Aholisining 97 % norveglar. Saamlar kvenlar shvedlar danlar 
nemislar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — norveg tili. Rasmiy din — 


18 
lyuteranlik. Shahar aholisi 50 %. Yirik shaharlari — Oslo Bergen Tronxeym va 
boshqalar. Tarixi. Norvegiya hududida odam muzlik davridan keyingi asrlardan beri 
yashaydi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida saam va german qabilalari 
yashagan. Norveglarning hayoti azaldan dengiz bilan bogʻliq: mamlakatning nomi ham 
„norveg“ — „shimoliy yoʻl“, „dengiz yoʻli“ maʼnosini bildiradi. 872-yil birinchi norveg 
qiroli taxtga oʻtirdi. 8—11-asrlarda mohir dengizchi boʻlgan norveg vikinglari 
Islandiyaga, Grenlandiya sohillari va Shimoliy Atlantikadagi orollarga yetib borib, 
ularni mustamlakaga aylantirdilar. 11-asrda xristianlik joriy etildi, markazlashgan 
monarxiya qaror topdi. 14-asr oʻrtalarida tarqalgan vabo mamlakat xoʻjaligini, ijtimoiy 
va siyosiy xayotni izdan chiqardi, asta-sekin mustaqillik barbod boʻlishiga olib bordi. 
1319-yil Shvetsiya, 1380-yil Daniya bilan ittifoq tuzdi. 1397-yil Kalmar ittifoqiga koʻra, 
Norvegiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi, 1537-yil Daniyaning viloyatiga aylandi. 1805—
14 yillardagi Angliya-daniya urushi va hosilsizlik Norvegiyani halokat yoqasiga keltirib 
qoʻydi, oʻn minglab kishi ochlikdan oʻldi. 1814-yil Kil sulh shartnomasiga koʻra, 
Norvegiya shvedlar mulki boʻlib qoldi. Bundan norozi boʻlgan norveg xalqi mustaqillik 
uchun kurash boshladi. Oʻsha yil 17-mayda birinchi parlament (taʼsis majlisi) chaqirilib, 
konstitutsiya qabul qilindi va qirol saylandi. Shvetsiya-Norvegiya ittifoqi 1905-yilgacha 
amal qildi, Norvegiya ichki mustakillikdan foydalandi. 1905-yil 7-iyunda storting 
Shvetsiya-Norvegiya ittifoqini bekor qildi. Birinchi jahon urushida Norvegiya betaraflik 
eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilanoq Norvegiya betaraf ekanini 
bildirgan boʻlsa ham, 1940-yilda gitlerchilar Germaniyasi unga bostirib kirdi, 
Norvegiya hukumati Londonga koʻchdi. 1942-yil fashistlar Norvegiyada V. Kvisling 
boshchiligida sotqin hukumat tuzdi. Mamlakatda Qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 
1945-yil 8-mayda Norvegiya ozodlikka erishdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakat 
iqtisodiyotini qayta tiklash va rivojlantirishga kirishildi. 1945-yildan BMT aʼzosi. 
Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 10-iyunda 
oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17-may Konstitutsiya kuni (1814). Madhiya: Civil: 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Norvegiya ishchi partiyasi, 1887-yil asos 
solingan; Markaz partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1973-yil 
tuzilgan; Venstre, liberal partiya, 1884-yil asos solingan; Sotsialistik soʻl partiya, 1975-
yil tashkil etilgan; Xristian xalq, partiyasi, 1933-yil tuzilgan. Xeyre, konservativ partiya, 


19 
1884-yil asos solingan. Norvegiya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1899-yil 
tashkil etilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba 
uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi. Iqtisodiyoti. Norvegiya — rivojlangan 
indoʻstrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,6 %, qishloq 
xoʻjaligining ulushi 2,9 %. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlash, tashki savdoning roli 
katta. Sanoati. Sanoatning yetakchi tarmoqlari: elektr metallurgiya, elektr kimyo, 
sellyuloza-qogʻoz, baliq sanoati, asosan tashki bozor uchun ishlaydi. Ichki bozorga 
xizmat qiladigan tarmoqlar orasida oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birga 
mashinasozlik va metallsozlik durust taraqqiy etgan. Konchilikda temir va titan rudasi, 
kumir, neft va gaz qazib olish katta urin tutadi. Elektr energiyaning 99 % GESlarda 
hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 122 mlrd. kVt-soat). Qora va rangli metallurgiya, 
kemasozlik, elektrotexnika, radiotexnika va yogʻochsozlik sanoati koʻproq rivojlangan. 
Axrli jon boshiga elektr energiyasi, sellyulozaqogʻoz mahsulotlari, ferroqotishma, 
alyuminiy ishlab chiqarish va kemasozlikda Norvegiya dunyoda oldingi oʻrinlarda 
turadi. Qishloq xoʻjaligi. Mamlakatning tabiiy sharoiti qishloq xoʻjaligi uchun juda 
noqulay. Togʻ-tosh koʻpligidan Norvegiya hududining 3 % ga yaqini haydaladi. Qishloq 
xoʻjaligi, asosan, goʻsht sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Dehqonchiligida yem-
xashak ekinlari, bir oz miqdorda gʻalla (suli va arpa), kartoshka ekiladi. Chorvachilikda 
yilqi, qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-
ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Moʻyna hayvonotchiligi, baliqchilik 
rivojlangan, oʻrmonlarda koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi. Transporti. Ichki yuklar 
va tashqi savdo mahsulotlarining aksariyati dengiz kemalarida tashiladi. Dengiz savdo 
flotining tonnaji 38,3 mln. tonna dedveyt. Yirik portlari: Oslo, Bergen, Stavanger. 
Temir yoʻl uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari 89,7 ming km. Asosiy 
aeroportlari — Gardermoen (Oslo), Sulla (Stavanger) va Budyo. Eksport va import. 
Chetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qogʻoz va kimyo sanoati mahsulotlari, 
qora va rangli metallar, baliq mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina, mineral xom 
ashyo, avtomobillar oladi. Tashqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk Britaniya, 
Shvetsiya, Germaniya, Niderlandlar. Pul birligi — krona. Tibbiy xizmati. Norvegiyada 
sogʻliqni saqlash yuqori darajada tashkil etilgan. Tibbiy xizmat qiymatining 80 % 
ijtimoiy sugʻurta hisobidan qoplanadi. Vrachlar universitetlarning tibbiyot fakultetlarida 


20 
tayyorlanadi. Sankt — Olafs — Kille, Sanneford, Larvik, Xanke balneologik kurortlari, 
gʻarbiy sohilida Bergen dengiz boʻyi iqlimiy shifoxonasi bor. Maorifi, ilmiy va 
madaniy-maʼrifiy muassasalari. Dastlabki maktablar 12-asr boshlarida ochilgan. 1848-
yil 7 yoshdan 13—14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etildi, 
1968-yil 16 yoshgacha yetkazildi. Hozir taʼlim tizimi maktabgacha tarbiya muassasalari, 
6 yillik kichik va 3 yillik yuqori majburiy maktablar, oʻrta umumiy taʼlim maktabi — 
gimnaziyalar, hunar-texnikalar oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini oʻz ichiga oladi. Oslo, 
Bergen, Tronxeym, Tromsyodagi universitetlar, 10 ta institut oliy taʼlim beradi. 
Mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlarni Fan va texnika davlat qoʻmitasi hamda ilmiy 
tadqiqotlar maslahat kengashi muvofiklashtiradi. Norvegiya fan va adabiyot 
akademiyasi (1857), 300 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituti, sanoat va savdo firmalarining 
300 laboratoriya, 40 ga yaqin ilmiy jamiyat va boshqalar bor. Bundan tashqari, Oslo 
universitetida 90, Tronxeym universitetida 50 ilmiy tadqiqot institut va laboratoriya ish 
olib boradi. Universitetlar huzurida yirik kutubxonalar va Oslo shahri kutubxonasi, 
Norvegiya xalq muzeyi (1894), universitet milliy osori atiqalar muzeyi, Milliy galereya, 
Amaliy sanʼat muzeyi, Zool. muzeyi va boshqalar bor. Norveg vikinglarining kemalari, 
T.Xeyerdalning „Kon-Tiki“ soli muzeyda saqlanayotir. Matbuoti, radioeshittirishi va 
telekoʻrsatuvi. Eng yirik gazeta va jurnallari: „Adresseavisen“ („Manzilli gazeta“, 
kundalik gazeta, 1767-yildan), „Arbeyderbladet“ („Ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta, 
1884-yildan), „Bergene arbeyderblad“ („Bergen ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta
1927-yildan), „Verdene gang“ („Harakatdagi dunyo“, kundalik gazeta, 1945-yildan), 
„Vort 
land“ 
(„Bizning 
mamlakat“, 
kundalik 
gazeta, 
1945-yildan), 
„Dagbladet“ („Kundalik gazeta“, 1969-yildan), „Morgenbladet“ („Tonggi gazeta“, 
kundalik gazeta, 1819-yildan), „Nashunen“ („Millat“, kundalik gazeta, 1896-yildan), 
„Norges indoʻstri“ („Norvegiya sanoati“, 2 haftada chiqadigan jurnali, 1920-yildan), 
„Fremover“ („Olgʻa“, kundalik gazeta, 1903-yildan), „Harstad tidende“ („Harstad 
gazetasi“, kundalik gazeta, 1887-yildan), „Aktuelt perspektiv“ („Dolzarb istiqbol“, 
jurnal, 1963-yildan), „Fri fagbevegelse“ („Erkin kasaba harakati“, 2 haftada chiqadigan 
jurnal, 1906-yildan) va boshqa Norvegiya telegraf byurosi (NTB) — norveg 
gazetalarining aksiyadorlik jamiyati, 1867-yilda tuzilgan. Norvegiya davlat 
radioeshittirish mahkamasi (1933-yilda asos solingan) mamlakatdagi radioeshitirish va 


21 
telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi Adabiyoti. Qadimgi norveg adabiyoti yodgorliklari 
deyarli saqlanib qolmagan. Ogʻzaki xalq afsonalari va qahramonlik qoʻshiqlari yozma 
adabiyotning ilk manbalari boʻlgan. „Tushdagi sharpa“ dostoni va „Qirol 
koʻzgusi“ aytishuvi (dialogi) 13-asrga oid adabiy namunalardir. 14—15-asrlarda ballada 
paydo boʻldi. Daniya hukmronligi davrida adabiyot tushkunlikka uchradi, dan tili koʻp 
vaqt Norvegiyaning adabiy tili boʻlib turdi. 18-asrda milliy tuygʻu kuchayishi bilan 
norveg adabiyoti yuksala bordi, dramaturgiya va lirika rivoj topdi. Norveg va dan 
madaniyatlarining atoqli namoyandalari — Skandinaviya teatrining ijodkori — 
L.Xolberg va shoir K.Tullin shu davrda faoliyat koʻrsatdi. 1772-yil Kopengagenda 
norveg adabiyotini tiklash maqsadida „Norveg jamiyati“ tuzildi. Shu yili Yu.N.Brun 
birinchi milliy drama va Norvegiya madhiyasini yaratdi, K.Fasting, K. Friman milliy 
vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlarini yozdi. 19-asr 1-yarmida tarix va folklorga qiziqish 
kuchaydi, P.K.Asbyornsen va Y.E.Mu norveg xalq ertaklarini yigʻib nashr etdilar, xalq 
qoʻshiklari va balladalarini yozib olishga kirishildi. Dramaturgiya va lirika rivojlandi. 
50-yillarning 2-yarmida realizm xususiyatlari paydo boʻldi (B.M.Byornsonning 
„Badjaxl Segurd“ dramatik trilogiyasi, Ya.K.Kolletning „Amtmann qizlari“ romani va 
boshqalar). 70—90-yillarda tanqidiy realizm ustunlikka erishib, norveg adabiyotini 
jahon darajasiga koʻtardi. (G.Ibsen, B.M.Byornson, Yu.Li, A.Xyellann ijodi). 20-asr 
boshlarida Yu.Boyer, U.Duun, S.Unset kabi yozuvchilar adabiyotga kirib keldilar. 
S.Xyol, A.Omre, A.Sandemuse, T.Vesos, Yu.Borgen inson ruxiyatini teran aks ettirdilar. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida Norvegiya yozuvchilari fashizmga qarshi kurashda 
qatnashdilar, 300 ga yaqin yashirin gazeta chiqarib turildi. Urushdan keyin yaratilgan 
koʻpgina asarlar Qarshilik koʻrsatish harakatiga bagʻishlandi. 70—90-yillarda ijod 
qilgan shoirlar R.Yakobsen, Ya.Bryuxeym, A.Andersen atrof dunyo chigalliklarini 
tasvirladilar. G.Lyunde, E.Xovardsxolm va boshqa jamiyat illatlarini tanqid qildilar. 
Meʼmorligi. Oʻrta asrlarda Norvegiyada yogoch meʼmorligi rivoj topdi, qoʻsh sinchli 
cherkov („stavkirka“)larning oʻziga xos toifasi vujudga keldi (Urnes va Borgunnadagi 
cherkovlar). 12—16-asrlardagi gʻishtli imoratlarda roman va gotika meʼmorligining 
taʼsiri seziladi. Bergendagi 16-asr 2-yarmi va 17-asrga mansub Rozenkrans minorasida 
Uygʻonish davri, Ser-Frundagi 18-asrga oid cherkovda barokko va rokoko, 
Tronxeymdagi 19-asrga mansub qirol qarorgohida klassitsizm meʼmorligi unsurlaridan 


22 
foydalanildi. 19-asr meʼmorligida eklektizm (Byugdyo yarim orolidagi Oskarsxoll qasri, 
meʼmor Yu.Nebelong), 20-asr boshlarida funksionalizm (Oslodagi „Skansen“ restorani, 
meʼmor L.Bakker) usullari ustunlik qildi. Keyingi oʻn yilliklarda Oslodagi ratusha 
(meʼmorlar A.Arneberg va M.Poulson), „Viking“ mehmonxonasi (meʼmor K. Knutsen), 
Hukumat uyi (meʼmor E.Vikshe), Xovikaddendagi muzey (meʼmorlar I.Eykvar, 
S.Engebretsen) binolari qurilishida oʻziga xos milliy meʼmoriy shakllar paydo boʻldi. 
Mahalliy xalq meʼmorligi anʼanalariga murojaat qilinib, mehmonxona, xususiy villalar, 
hovlili koshona uylar qurila boshlandi. Tasviriy sanʼati. Neolit va jez davrlarida 
qoyalarga ishlangan rasmlar N. hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklaridir. 8-asr 
oxirida oʻrta asr sanʼati (yogʻoch, fil suyagi oʻymakorligi va hokazo) tarkib topgan. 
13—14-asrlarda gotika uslubidagi tasviriy sanʼat rivojlandi. Haqiqiy norveg sanʼati 19-
asrda yuzaga keldi. Atoqli rassom Yu.Dal goʻzal manzaralar chizdi, A.Tidemann, 
X.Gude, F.Kollett, X.Bakker xalq hayotini tasvirladilar. 20-asr 1-yarmida monumental-
bezak sanʼatining roli kuchaydi. Haykaltaroshlardan R. Lunne, G. Yanson mashhur 
boʻldi. 20-asrning 2-yarmida abstraksionizm va turli modern oqimlari vujudga keldi. 
Amaliy sanʼat (metall buyumlar, jimjimador yogʻoch anjomlar yasash, gazlama, toʻr 
toʻqish, kashtachilik, kulollik) xalq orasida keng tarqalgan. Musiqasi qadimda yuzaga 
kelgan. Oʻziga xos norveg xalq qoʻshiqlari (qahramonlik va muhabbat qoʻshiqlari, 
qissa-qoʻshiklar, choʻpon va baliqchi qoʻshiklari), raqslar (xalling, springtar va 
boshqalar), cholgʻu kuylari (lyuarslott va boshqalar) keng yoyilgan. Azaliy cholgʻu 
asboblari — buk-kexorn (echki shoxi), prillar (buqa shoxi), selye (nayning bir turi), har-
tingfele (gʻijjakning bir turi) va boshqa 16-asrda sayyor baxshi (zingmeyster)lar, mohir 
skripkachilar, organchilar boʻlgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida F.Grot, 
AFlintenberg, F.Fogel, L.M.Linneman kabi kompozitor, dirijyor va musiqa 
nazariyotchilari ijod qilgan. 1850— 60 yillarda X.Xyerulf, U.Bull, R.Nurdrok va 
boshqa milliy musiqa maktabini yaratdilar. E.Grig ijodi va ijtimoiy fa-oliyati musiqa 
madaniyati yuksalishiga katta taʼsir qildi. Kompozitor F. U. Valen zamonaviy norveg 
musiqasiga asos soldi. 20-asr oʻrtalarida X.Severud, K.Egge, E.Tveyt, L.Yensen, 
A.Yanson, L.Nilsen kabi kompozitorlar ijod qildilar. Osloda Norvegiya operasi (balet 
truppasi bilan), Oslo va Bergenda konservatoriya, Tronxeymda Oliy musiqa maktabi va 
boshqa bor. 


23 

Download 296.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling