Sifatlarning otlashuvi
Sifat turkumidagi so'zlar ba'zan ot turkumidagi so'zlarning vazifasini bajarib kelishi mumkin, Bunda sifat o'zining belgilik vazifasini yo'qotib, predmet ma'nosini ifodalash uchun xizmat qiladi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod.
Sifatlar otlashganda otning morfologik belgilariga ham (ko'plik, egalik, kelishik), sintaktik belgilariga ega bo'ladi (gapda ega, to'ldiruvchi, hol bo'lib keladi): Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga. ( Maqol ).
Sifatlar ko'pincha maqollarda otlashgan shaklda bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |