Mavzu: O‘zbek tilida sifatlarning otlashuvi reja: kirish I. Asosiy qism


Download 27.09 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi27.09 Kb.
#1470052
  1   2   3   4   5
Bog'liq
sifat


MAVZU: O‘ZBEK TILIDA SIFATLARNING OTLASHUVI
REJA:
KIRISH
I. ASOSIY QISM
1.1. Sifatning otlashuvi (substantivatsiya) haqida umumiy tushuncha
1.2. So‘z turkumlarida biridan ikkinchisiga ko‘chish hodisasining mavjudligi
1.3. Sifatning otlashish yo‘llari
1.4. Otga ko‘chgan sifatlar va otlashgan sifatlar o‘rtasidagi farqlar
1.5. Otlashgan sifatlarning ma’no xususiyatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Til jamiyatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Jamiyat a’zolari tilning yashashi, rivojlanishi uchun mas’uldirlar. Shu munosabat bilan, o‘tgan asrning 70-80-yillaridagi o‘zbek tilining ahvolini eslash o‘rinlidir. Bu davrda o‘zbek tilining faoliyat ko‘rsatish doirasi juda torayib, uning butunlay yo‘qolib ketish xavfi paydo bo‘ldi. Ana shunda jamiyatimizning ilg‘or vakillari ona tilimizni himoya qilib, uning taqdiri uchun qayg‘urib, amaliy harakatlarni boshlashdi va buning natijasida 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi qonun qabul qilindi. Aytish mumkinki, bu qonunning qabul qilinishi istiqlol tomon qo‘yilgan ilk qadamlardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” 1.
Eng avvalo, ”davlat tili” tushunchasiga izoh berib o‘tish lozim. Bu degani til boshqa davlat ramzlari qatorida qonun asosida davlat himoyasiga olingani, til bilan bog‘liq masalalar davlat darajasida hal qilinadi, deganidir.
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda ko‘p narsalarni bilishi kerak. U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganadi. Eshitib, o‘qib o‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay, har bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday yashagan va bugungi moddiy-ma’naviy taraqqiyotga erishmagan bo‘lardi. Tilning birligi, m a’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko‘pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi.
Undan tashqari, til tufayli bilim avloddan-avlodga og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. Til ilm olishda zamon va makon g‘ovini o‘rtadan ko‘taradi. U tufayli eng qadimgi ma’lumotlaiga ega bo‘lamiz va hatto kelgusiga oid ma’lumotlami ham olamiz.
Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o‘rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o‘zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida o‘zlashtiramiz va til vositasi bilan o‘zgalarga tushuntiramiz.
Tilni o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yordamida biz mavjudotni o ‘rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o‘rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tug‘diradi.
Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash, Oʻzbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻzbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
a) 2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlansish;

  • mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish;

  • taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yana-da takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;

  • davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;

  • davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash;

  • davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

  • mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini oʻrganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilgan.



Download 27.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling