Mavzu: O‘zbek tilida sifatlarning otlashuvi reja: kirish I. Asosiy qism


Download 27.09 Kb.
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi27.09 Kb.
#1470052
1   2   3   4   5
Bog'liq
sifat

I. ASOSIY QISM
1.1. Sifatning otlashuvi (substantivatsiya) haqida umumiy tushuncha
Otlashuv, substantivatsiya — transpozitsiyaning bir turi, boshqa turkumga oid soʻzlarning otga koʻchishi. Sifat, son, ravish, sifatdosh, hara-kat nomi otlashadi, kelishik, egalik va koʻplik affikslarini qabul qilib, ot bajargan sintaktik vazifani ba-jaradi. Otlashgan soʻz predmetning bel-gisini yoki boshqa xususiyatlarini emas, balki uning oʻzini bildiradi va ot javob beradigan soʻroklarning biriga javob boʻlib keladi.
Sifat va sifatdoshlar koʻproq ot xususiyatiga ega. Sifat quyidagi hollarda otlashadi:
a) predmet-aniklan-mish tushib qolganda: Koʻr tutganini qoʻymas, kar eshitganini (kar odam, koʻr odam);
b) kishi yoki hayvonlarning tabiiy holatini (nuqson, kamchiliklarini) bildiruvchi sifatlar aniqlanmishsiz ot tarzida qoʻllanganda: pakana, choʻloq, maymoq, malla, kal, semiz. Sifatdoshlar otlashganda, otlarga xos sintaktik vazifalarni ba-jaradi: Bilmaganni soʻrab oʻrgangan olim, orlanib soʻramagan oʻziga zolim (maqol). Son abstrakt maʼnoda qoʻllan-sa, u koʻpincha otga yaqin vazifani bajaradi: Oʻnning yarmi besh. Bilagi zoʻr birni yiqar, bilimi zoʻr mingni yiqar (maqol).
Harakat nomi harakatning bajarilishi va u bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼnolarni bildirmaydi, balki hara-katholatning nomini bildiradi. Shusababli O.larga xos grammatik koʻrsat-kichlarni qabul qiladi va gapda O.larga xos vazifalarni bajaradi: oʻtirishga, koʻrishim, yeyishi, yotishda, ketuvini. Otlashgan soʻzlar emotsional — ekspressiv yoki koʻchma maʼno ifodala-shi mumkin: zahar (odam), tilla (bola), shakar (qiz) kabi.
Sifat bog‘lanib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi va otning so‘rog‘i, lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalari, gapdagi vazifasi sifatga yuklanadi va sifat otlashadi: Yaxshiga yondash yomondan qoch. Baxilning qo‘lida oy bo‘lsa, osmon yorishmas. Achchiqni achchiq kesadi.
Ba’zi sifatlar shaxs otlari sifatida ot turkumiga ko‘chishi mumkin: erkak, ayol, go‘dak, yosh, chol, kampir, kasal, bemor.
Son. Predmetning son-sanog‘ini, miqdorini bildirib, qancha? nechta? nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlar son deyiladi: uchta bola, yigirma besh nafar talaba.
Son gapda asosan otga bog‘lanadi. Son o‘zidan oldin belgi bildiruvchi so‘z (aniqlovchi) bilan qo‘llana olmaydi. Sonning gapdagi asosiy vazifasi aniqlovchi va kesimdir: Men beshinchi uyda yashayman. O‘nta kitob keltirdik – aniqlovchi; Kelgan odamlar ikkita. Guruhimizda talabalar o‘ttizta – kesim.
Sonlar otlashish xususiyatiga ega: Birni kessang, o‘nni ek. Sonlar otlashganda yoki mavhum miqdorni anglatganda turlovchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanadi: Ikkini ikkiga qo‘shsa to‘rt bo‘ladi.Birni birov beradi, ko‘pni mehnat.

Download 27.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling