Mavzu: O‘zbek tilida sifatlarning otlashuvi reja: kirish I. Asosiy qism
Download 27.09 Kb.
|
sifat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdor sonlar
- 3. Chama son
Sonlarning ma’no turlari. Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning miqdori yoki tartibini bildiradi. Shunga ko‘ra sonlar ikki guruhga: miqdor sonlar va tartib sonlarga bo‘linadi.
Tartib sonlar narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlardir, ular - (inchi) qo‘shimchasi bilan yasaladi: yigirmanchi yanvar, o‘ninchi uy, beshinchi eshik. Tartib sonlar miqdor ifodalamaydi, narsalarning joylashish tartibini bildiradi. O‘lchov ma’noli –inchi qo‘shimchasi yordamida yasalgan sonlar tartib son sanalmaydi: Xonada yuzinchi chiroq yonib turibdi. Oyog‘imga o‘ttiz sakkizinchi , enimga qirq sakkizinchi kiyaman. Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko‘ra sanoq, dona, chama, taqsim, jamlovchi, kasr sonlarga bo‘linadi. 1. Sanoq son son-sanoqni bildiruvchi sonlardir. Sanoq sonlar yozuvda ko‘pincha arab raqami bilan yoziladi. Masalan: Bolalar davrani ikki aylandi. Yetti o‘lchab bir kes. 2. Dona son – miqdorni donalab ifodalaydigan sonlardir. Ular –ta qo‘shimchasi bilan yasaladi: 10 nafar o‘qituvchi, 20 bosh qoramol, 100 tup ko‘chat, 10 ta bola. Donalab sanalayotgan narsalarning turini ta’kidlash uchun –ta qo‘shimchasi o‘rnida bosh (hayBonlar), nafar (shaxslar), tup (o‘simlik), litr(suyuqliklar), gramm (og‘irlik) kabi so‘zlar ham ishlatiladi. Masalan: ikki tup tok, besh nafar o‘quvchi, uch litr sut, uch tonna bug‘doy. 3. Chama son – narsalarning miqdorini taxminlab, chamalab ko‘rsatadigan sonlardir. Ular taxminiy miqdorni bildiradi va sonlarga –tacha, larcha, lab qo‘shimchalarini qo‘shish bilan yasaladi: o‘nlab, yuzlab, minglab; o‘nlarcha, yuzlarcha, minglarcha. –larcha, -lab qo‘shimchalari yordamida ba’zi sonlardan - o‘nlik, yuzlik, minglik kabi sonlardan chama sonlar hosil qilinadi. Bundan tashqari juft sonlar orqali ham chama son yasaladi: ikki-uch kun, besh-oltita bola, o‘n besh-yigirma bog‘ beda. Download 27.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling