Mavzu: O‘zbek tilida sifatlarning otlashuvi reja: kirish I. Asosiy qism


Download 27.09 Kb.
bet5/5
Sana09.06.2023
Hajmi27.09 Kb.
#1470052
1   2   3   4   5
Bog'liq
sifat

Otlashuv, substantivatsiya — transpozitsiyaning bir turi, boshqa turkumga oid soʻzlarning otga koʻchishi. Sifat, son, ravish, sifatdosh, hara-kat nomi otlashadi, kelishik, egalik va koʻplik affikslarini qabul qilib, ot bajargan sintaktik vazifani ba-jaradi. Otlashgan soʻz predmetning bel-gisini yoki boshqa xususiyatlarini emas, balki uning oʻzini bildiradi va ot javob beradigan soʻroklarning biriga javob boʻlib keladi.
Sifat va sifatdoshlar koʻproq ot xususiyatiga ega. Sifat quyidagi hollarda otlashadi: a) predmet-aniklan-mish tushib qolganda: Koʻr tutganini qoʻymas, kar eshitganini (kar odam, koʻr odam); b) kishi yoki hayvonlarning tabiiy holatini (nuqson, kamchiliklarini) bildiruvchi sifatlar aniqlanmishsiz ot tarzida qoʻllanganda: pakana, choʻloq, maymoq, malla, kal, semiz. Sifatdoshlar otlashganda, otlarga xos sintaktik vazifalarni ba-jaradi: Bilmaganni soʻrab oʻrgangan olim, orlanib soʻramagan oʻziga zolim (maqol). Son abstrakt maʼnoda qoʻllan-sa, u koʻpincha otga yaqin vazifani bajaradi: Oʻnning yarmi besh. Bilagi zoʻr birni yiqar, bilimi zoʻr mingni yiqar (maqol).
Harakat nomi harakatning bajarilishi va u bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼnolarni bildirmaydi, balki hara-katholatning nomini bildiradi. Shusababli O.larga xos grammatik koʻrsat-kichlarni qabul qiladi va gapda O.larga xos vazifalarni bajaradi: oʻtirishga, koʻrishim, yeyishi, yotishda, ketuvini. Otlashgan soʻzlar emotsional — ekspressiv yoki koʻchma maʼno ifodala-shi mumkin: zahar (odam), tilla (bola), shakar (qiz) kabi.
Sifat turkumidagi so‘zlar ba’zan ot turkumidagi so‘zlarning ma’nosini ifodalab, uning vazifasini bajarib kelishi mumkin. Bunda sifat o‘zining leksik va grammatik ma’nosini yo‘qotib, predmetlik ma’nosini ifodalaydi. Gapda sifat bog‘lanib kelayotgan otning tushib qolishi natijasida sifat uning predmetlik ma’nosini ham, morfologik belgisini ham, sintaktik vazifasini ham o‘z ustiga oladi. Misol: Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi gapida yaxshi, yomon sifatlari tushib qolgan, kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan, bosh kelishikdagi, ega vazivasidagi ot (odam) vazifasini bajargan. Odam oti gapda tushib qolgani tufayli yaxshi, yomon sifatlari otlashishgan. Bu hodisa gap tarkibida yuz bergan. Bunga nutqning ixchamlikka intilishi sabab bo‘ladi. Sifatlarga oid so‘zlarning hammasi ham otlashavermaydi. Asosan belgi-xususiyat bildiruvchi sifatlar, kishilarning laqabini bildiruvchi (tajang, maymoq, cho‘tir, daroz) sifatlar, hayvonlarning tusini bildiruvchi (saman, to‘riq, bo‘z, qashqa) sifatlari otlashadi.
Otlashgan sifatlar aniqlovchilik vazifasidan chiqib, otga xos ega, kesim, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, undalma vazifasini bajaradi. Misol: Aqlsizlar gap bermaydi otasiga. (A.Po‘lat) Mard bo‘lgandan keyin yomonni ham yaxshilik bilan engar ekan. (P.Kodirov) Yaxshining so‘zi qaymoq, yomonning so‘zi to‘qmoq. (Maqol) Yaxshilar, uni eslang!
Sifat bogianib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning ma’nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat otlashib, egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘ladi va ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi.
1. Sinfimizda a’lochi o‘quvchilar soni tobora ortib bormoqda.
2.Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega boiadilar.
3. Oramizda bilimdon o‘quvchilar ko‘p.
4. Dangasa odamning bahonasi ko‘p.
Otlashgan so‘zlarni tagiga chizing:
1. Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan — dog‘.
2. Ilg‘orlaiga mukofotlar topshirildi. Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari
bo‘lsa, olovdan uzoq- roq o‘tirishar edi.
3. Dono, aqllilar hech qachon yo‘ldan adashmaydi.
4. Endi senlar o‘qib, oq- qorani taninglar, — deydi Xoliyor amaki. —
Hozir dunyo ilmli odamlarniki
5. Bilimli biladi bilim hurmatin, Bilimsiz ne bilgay bilim qiymatin.
6. Yomon-u yaxshini xulqidin anglag‘il, Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil.
7. To‘g‘ri o‘zadi, egri to‘zadi.
8 To‘g‘rining gapi sariyog‘, egrining gapi to‘mtog.
9.Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lsang, Yomondan burun o‘lasan. Yaxshi bilan sirdosh bo‘lsang, Yaxshilik bilan unasan.
10. Dono — durdan a’lo.
11. Baxilning qo lida oy bo‘lsa, olamni yoritmas.
12. Kattaga katta bo‘l, kichikka — kichik.
13. Hunarli o‘lmas, hunarsiz kun ko‘rmas.
14. Achchiqni achchiq kesar

1.4. Otga ko‘chgan sifatlar va otlashgan sifatlar o‘rtasidagi farqlar

1.5. Otlashgan sifatlarning ma’no xususiyatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2001-yil, 6-bet.



Download 27.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling