Mavzu: Sifat-so'z turkumi
Sifatlarning tuzilishiga ko'ra turlari
Download 76.5 Kb.
|
Sifat haqida ma\'lumot Sifatlarning ma\'no turlari
Sifatlarning tuzilishiga ko'ra turlari.
Sifatlar tuzilishiga ko'ra uch turli bo'ladi: sodda, qo'shma, juft sifatlar. 1. Sodda sifatlar. Sodda sifatlar shakli bir o'zakli, yoki biri negizli yakka so'zlardan tashkil topadi. Bunda ular: a) yakka o'zakdan iborat bo'ladi: oq, qora, yaxshi, yomon, zo'r, katta, keng, tor kabi; b) Biror qo'shimcha yordamida yasalgan yasama sifatidan iborat bo'ladi: bolali, ommaviy, uyatchan, suvsiz kabi. 2. Qo'shma sifatlar: ikki undan ortiq o'zaklarning birikuvidan hosil bo'lgan sifatlar qo'shma sifat ataladi. Qo'shma sifatlar bir bosh urg'u bilan aytilib, bir belgi xususiyatni ifodalash uchun xizmat qiladi. Och sariq, ko'p bolali, qalam qosh kabi. Qo'shma sifatlar tarkibi jihatdan quyidagicha qismlardan iborat bo'ladi: 1) sifat- sifat: to'q-ko'k, och-pushti, ola-qoshqa, erka-arzanda, ijtimoiy-siyosiy kabi. 2)sifat- ot; ochiq ko'ngil, och ko'z, yalang oyoq, yolg'iz oyoq, xushfe'l, sofdil, qora qosh; 3)sifat-ot-sifat yasovchi qo'shimcha: ko'k ko'zli, o'tkir zexnli, qizil bayroqli kabi. 4)ot-ot: qo'yko'z, sheryurak, toshbag'ir, echkisoqol, bodomqovoq kabi; 5)ot-ot-sifat yasovchi qo'shimcha: temir irodali, it fe'lli kabi; 6) ot-sifatdosh: tinchliksevar, erksevar, ko'zilg'amas, ishyoqmas kabi; 7) ravish- fe'l: ertapishar, kechpishar, tezoqar kabi; 8) son-ot-sifat yasovchi qo'shimcha: to'rtbolali, ikki g'ildirakli, uch elementli, ming tishli kabi; 9) ot-qo'shimcha- bor, yo'q (so'zlari): bahosi yo'q, tengi yo'q, aqli bor, (yigit) kabi. 2.Juft sifatlar. Predmetning bir umumiy belgisini ifodalaydi, odatda ikki sodda sifatdan teng bog'lanish yo'li bilan tuziladi. Bunday sifatlar quyidagi yo'llar bilan hosil qilinadi. Ma'nodosh ikki sinonimik sifatdan: qing'ir-qiyshiq, pishiq-puxta kabi. Bunday juft sifatlarning ba'zilarida xozirgi zamon tilida ikkinchi komponent mustaqil ma'noga ega bo'lmaydi. Ikir-chikir, eski-tuski, ola-bula, kabi. Qaram-qarshi ma'noli so'zlar antonimik sifatlar juftlashadi: oq-qora, katta-kichik, past-baland, uzoq-yaqin, yaxshi-yomon kabi. Juft sifatlarning qismlarning har bir mustaqil urg'u bilan aytiladi. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling