Mavzu: Sifat-so'z turkumi
Download 76.5 Kb.
|
Sifat haqida ma\'lumot Sifatlarning ma\'no turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifatlarning yasalishi.
Sifatlarning otlashuvi
Sifat turkumidagi so'zlar ba'zan ot turkumidagi so'zlarning vazifasini bajarib kelishi mumkin, Bunda sifat o'zining belgilik vazifasini yo'qotib, predmet ma'nosini ifodalash uchun xizmat qiladi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod. Sifatlar otlashganda otning morfologik belgilariga ham (ko'plik, egalik, kelishik), sintaktik belgilariga ega bo'ladi (gapda ega, to'ldiruvchi, hol bo'lib keladi): Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga. ( Maqol ). Sifatlar ko'pincha maqollarda otlashgan shaklda bo'ladi. Sifatlarning yasalishi. Sifatlar ikki xil usul bilan yasaladi: 1)morfologik usul bilan; 2) sintaktik usul bilan. Morfologik usul bilan sifat yasalishi. Bunda sifat yasovchi qo'shimchalaar yordami bilan turli so'z turkumlaridan sifat yasaladi: -li: a) kuchli, mevali, minishli; b) urganchli, sibirli, tog'li. Bu qo'shimcha yana so'z birikmalarga va juft so'zlarga (ba'zan ikkinchi komponentga) qo'shilib, sifat yasaydi: qizil yuzli, oq soqolli, yer-suvli, bola-chaqali. -ki, -qi, -aki, -i: qishloqi, pistaki, tutaki, vaysaqi, yuzaki. Ba'zan-ki yasovchisi-li qo'shimchasi bilan almashinib qo'llanishi mumkin: shunchaki-shunchalik, qishloqi-qishloqlik. - gi(-ki,-qi): yozgi, bulturgi, tushgi, kuzgi, qishki. -ba: bahavo, badavlat, bog'lar, kolxozlar badavlat. -ser: serxosil, sergap, serxarakat, sertashvish, serquyosh. -ma: qaynatma (sho'rva), ag'darma (etik), bo'yama (soch), yasama (tish). -chil: epchil, izchil, dardchil. -chan: ishchan, ko'ngilchan, unituvchan. Bu qo'shimcha- chang shaklida ham uchraydi. Bunday holda ma'noda farq bo'ladi, ya'ni-chan qo'shimchasidan ortiqlik, aktivlik ma'nosini -chang qo'shimchasida «ega emas», ba'zan esa «faqat o'shangagina ega» degan ma'nolarni o'taydi: ko'ylakchang, maxsichang, ishtonchang kabi. -qoq, -qoq: botqoq, urishqoq, tirishqoq, burishqoq. Rus tili oraliq kirgan sovet-internasional so'zlar tarkibida sifat yasovchi -on, -(a)n, -in, -iv qo'shimchalari bo'lib, ular tubandagi ma'nolarni anglatadi.-on qo'shimchasi xoslik, aloqadorlik, ma'nolarini bildiradi: revolyusiya-revolyusion, evolyusiya-evolyusion, intonasiya-intanasion, reviziya-revizion kabi. -a (l) qo'shimchasi ma'lum holatga ega ekanlikni anglatadi. Forma-formal, gorizon-gorizontal, norma-normal kabi. -ik qo'shimchasi egalik, xoslik ma'nosini bildiradi: grammatik, sintaktik, kommunistik, sosialistik, pedagogik kabi. 2.Sintaktik usul bilan sifat yasalishi. Bu usulda ikki va undan ortiq so'zlarni turli yo'llar bilan o'zaro biriktirib, predmetning belgi-xususiyatini ifodalash uchun xizmat qiladigan sifatlar yasaladi. Bunday sifatlar tarkibli ya'ni, qo'shma va juft bo'ladi. Bu haqda quyida («sifatlarning tuzilishiga ko'ra turlari» bo'limida) ma'lumot beriladi. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling