Mavzu. Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi
MAVZU: So`z gaplar ularning oziga xos xususiyatlari
Download 97.06 Kb.
|
Mavzu. Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi
MAVZU: So`z gaplar ularning oziga xos xususiyatlari.
Gap — muayyan til qonuniyatiga koʻra grammatik va intonatsiyaviy shakllangan nutq birligi. Fikr shakllanishi va ifodalanishining asosiy vositasi. Gap soʻz, soʻz birikmalariga qarama-qarshi qoʻyiladigan sintaktik kategoriyadir. Predikativlik, modallik, xabar intonatsiyasi, marom-ohang, tugallanganlik, soʻzlar tartibi Gapning muhim xususiyatlaridandir. Kommunikativlik — Gapning bosh vazifasi. Gaplar quyidagi nuqtai nazardan tasnif qilinadi: a) tarkibidagi predikativ birlikning miqdoriga koʻra.Bunda sodda gap, qoʻshma gap farqlanadi; b) kommunikativ vazifasiga koʻra. Bunda Gaplar 3 tur ga boʻlinadi: darak gap, soʻrok gap va undov gap; v) estetik vazifasiga koʻra emotsional (soʻzlovchining turli emotsiyasini, emotsional munosabatlarni ifodalovchi) gap hamda intellektual (hech qanday emotsiyalarsiz faqat fikrning oʻzini ifodalaydigan, kommunikativ vazifani bajaradigan) gaplar mavjud. Gap boʻlaklari Gapni tashkil etuvchi qismlar hisoblanadi. Oʻzbek, umuman turkiy tillar uchun til birliklarining nutqda grammatik xususiyatlar asosida birikuvidan tashkil topgan sintaktik butunlikdan iborat Gaplar xosdir. So‘z–gaplar tasnifi. So‘z-gaplar o‘z ichida bir necha ma’noviy guruhga ajraladi: 1.Modallar. 2.Undovlar. 3.Tasdiq /inkor so‘zlar. 4.Taklif/ishora so‘zlar. 5. Taqlid so‘zlar. So‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati ─ qat’iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma’nolarni ifodalab keladigan so‘zlar modal so‘zlardir. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so‘zlar misol bo‘ladi va bular formal tilshunosligimizda batafsil o‘rganilgan. Kishilarning his-tuyg‘ularini, haydash, to‘xtatish kabi xitoblarni, buyruqlarni ifodalaydigan so‘z-gaplarning ko‘rinishi undov so‘zlardir. His-tuyg‘u undovlariga oh , voy, eh , barakalla, rah mat, ofarin kabi so‘zlar, buyruq -xitob undovlariga pisht, beh -beh , pish-pish, chuh kabi xitob so‘zlar kiradi. So‘z-gaplarning uchinchi ma’noviy guruhi bo‘lgan tasdiq /inkor so‘zlar ko‘pincha modallar tarkibida o‘rganilgan. Taklif/ishora so‘zlarga qo‘llanishi tana a’zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ma, mang, qani, marhamat so‘zlari kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi. Download 97.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling